Eykazanoidlar tibbiyotdagi ahamiyati


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1327505
1   2   3
Bog'liq
I.A (1)

I.A.KARIMOV-O’ZBEKISTON 
MUSTAQILLIK ERISHI HAQIDA,

Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati
tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom
ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan
edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin
xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy
nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. 
Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan
guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va
ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.



Ana shunday og‘ir bir sharoitda
Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz
qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan
jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga
oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani
kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. 
Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir
so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz
mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, 
yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan
hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni
Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, 
uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik
aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur
to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli
“qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash
o‘rinlidir.



Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan
Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan 
voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom 
olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh
imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga
oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu
kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning
yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, 
xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash
uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli
faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy
manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling