Eyler usuli Eylerning ketma-ket yaqinlashish usuli
Download 133.32 Kb.
|
12-ma\'ruza
12-Ma’ruza: Oddiy differensial tenglamalarni taqribiy yechish Reja: Eyler usuli Eylerning ketma-ket yaqinlashish usuli Eylerning takomillashgan usuli Aytaylik bizga birinchi tartibli y = f (x,y) (9.1) differentsial tenglama berilgan bo‘lib, [x,b] kesmada x=x0, y=y0 (9.2) boshlang’ich shartni qanoatlantiruvchi yechimning qiymatlarini taqribiy hisoblash masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Bu masala Koshi masalasi deyiladi. Bu masalani taqribiy yechishning bir nyecha usullari majud bo‘lib shulardan biri Shvetsariyalik, rus olimi, akademik Leonard Eyler (1707-1783) usulini ko‘ramiz. 9.1.1. Eyler usuli Berilgan [x0,b] kesmani n ta teng bo‘lakka bo‘lib bo‘linish nuqtalari orasidagi qadam h=(b-x0)/n (9.3) bo‘lganda, bu nuqtalar koordinatalari xi=xi-1+ h, i=1, 2, ….n (9.4) bo‘ladi. Boshlang’ich shartdagi x0 va y0 lardan foydalanib tenglama yechimining qiymatlarini taqriban quyidagicha hisoblaymiz. y1=y0+hf (x0,y0) y2=y1+hf (x1,y1) y3=y2+hf (x2,y2) (9.5) - - - - - - - - - - yn=yn-1+hf (x n-1,y n-1) natijada izlanayotgan yechimni qanoatlantiruvchi (x0;y0), (x1;y1), (x2;y2), ……, (xn;yn) nuqtalarni aniqlaymiz. Bu nuqtalarni tutashtiruvchi sinik chiziq Eyler chizig’i deb ataladi va u tenglama yechimining taqribiy grafigini ifodalaydi. Download 133.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling