Ёзди: нуржанов нурбек текширди: амирқулов хайриддин qurilish chizmalari haqida umumiy мa’lumоtlar reja


Bino qirqimi chizmalari: binoning me`moriy va konstruktiv qirqimlari chizmalari. Bino qirqimi chizmasini bajarish tartibi


Download 447.56 Kb.
bet4/6
Sana22.11.2021
Hajmi447.56 Kb.
#176313
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
РЕФЕРАТ

Bino qirqimi chizmalari: binoning me`moriy va konstruktiv qirqimlari chizmalari. Bino qirqimi chizmasini bajarish tartibi.

Bino vertikal tekislik orqali qirqilganda bino qirqimi hosil bo’ladi. (4.16-shakl). Shunda imorat nechta qavatdan iborat ekanligi, qismlarining o‘zaro joylashishi, xonalarning, yeshik va derazalarning balandligi, tomning nishabi, poydevor, zinapoya kabilar aniqlanadi.




Binoning qirqimi arxitekturali bo‘’lsa, poydevor va chordoq ko‘rsatilmaydi. Binoning konstruktiv qirqimida poydevor, chordoq va yopmalar to‘liq ko‘rsatiladi. Binoning balandliklari belgilanadi

Binoning konstruktiv qirqimida barcha konstruktiv elementlari tasvirlanganligi uchun unday chizmalardan qurilishlarda foydalaniladi. Chunki, konstruktiv qirqimlar asosida ishchi chizmalar bajariladi. Ishchi chizmalarda qirqimlar uchun qarash yo‘nalishi, odatdagidek, plan bo‘yicha – pastdan yuqoriga va chapdan o‘ngga qarab olinadi.

Kesuvchi tekislikni, iloji boricha, binoning barcha elementlarini kesib o‘tadigan qilib olishga harakat qilinadi.

Binoning konstruktiv elementlarining holatini balandliklari bo’yicha ularning balandlik belgilari yordamida anilanadi.

Qurilish chizmalarining loyihalash elementlari chizish mashinasozlik chizmalarini chizishdan bir oz farq qiladi va asosan ikki xil chiziq qullaniladi. Qirqimga tushgan konturlar asosiy tutash chiziqlarda, qolgan konturlar, asosiy tutash chiziqlarda, qolgan konturlar, wlcham chiziqlari ingichka tutash chiziqlarda chiziladi. Qurilish chizmachiligining binolar (turar joy, maktab, korxona, kasalxona va boshqalar) chizmalarini chizishni o’rgatadigan bo’limi arxitektura – qurilish chizmachiligiga kiradi.

Har qanday binoning loyihalash elementlari funktsional vazifasiga kura asosiy ikki: ko’taruvchi va to’suvchi guruhlarga ajratiladi. Binolarga yuklanish nagruzka tushishi sababli ularni loyihalash paytida nazarda tutiladigan barcha yuklanishlar hisobga olinadi. To’suvchi konstruktsiyalar binoni atmosfera hodisalaridan saqlaydi. Ba`zi konstruktsiyalar ayni vaqtda ham ko’taruvchi, ham to’suvchi vazifalarini wtaydi.

Har bir bino quyidagi asosiy konstruktiv elementlar: poydevor, devor, ustunlar, yopmalar, zinalar, twsiqlar, tom, derazalar, eshiklar va hokazolardan tashkil topgan bwladi . Qurilishda tatbiq qilinadigan joylarga qarab, turli standartlashtirilgan temir-beton buyumlardan foydalaniladi Undagi: 1-poydevor blogi, 2,3-ertwla uchun devoriy bloklar, 4-qavatlararo beton twshama, 5-yumaloq teshikli yopma plita, 6-rigel yoki uzun balka, 7-ustun, 8-zinapoya marshi, 9-chiqib turuvchi mozaikali plita, 10-balkon plitasi.

.Qurilish chizmalari haqida tushuncha, loyihalash bosqichlari

Texnik loyihalashga umumiy arxitektura qurilish chizilmalardan boshqa bosh plan ham kiradi. Bosh planda loyihalangan imoratlardan boshqa oldin qurilib ishga tushgan imoratlar, muhandislik qurilishlar, maydonning ichidagi yo`llar, tratuarlar, daraxtzorlar, gulzorlarp solib ko`rsatilishi kerak. Chizmada ishlab chiqish korxonasining bosh plani ko`rsatilgan. Bunda tsex imoratlarning joylashgan maydorini obodanlashtirilishi, boshqarish xo`jali xonalari va temir yo`l bo`limchalari, alohida imoratlarning belgilanishlari spetsifikatsiyada ko`rsatilgan. Ish chizmasi tasdiqlangan texnik loyihaga asoslanib tuziladi. Ish chizmasi tarkibiga imoratning umumiy arxitektura qurilish chizilmalari, plan, fasad va qirqimlar, planning elementlari, bo`linmalarning plani, fasadlarning fragmentlari, poydevorlarining montaj sxemalari, to`siqlar, devor, tom, detal va uzellar konstruktiv elementlarining chizmalari, sanitariya-texnikaviy qurilmalarning chizmalari kiradi. Chizmalar davlat standartlar talablariga asoslanib bajarilishi kerak. Chizmaning bajarilishi va markalanishi. Imoratlarni qurish ishlari umumiy va maxsus qurilishlarga bo`linadi. Imoratning qurilishi bezash ishlari bilan birga umumiy qurilish ishlariga kiradi. Maxsus ishlarga imoratning suv, gaz bilan ta`minlash, isitish, ventilyatsiya, elektr, telefon aloqalari bilan ta`minlanish va obodanlashtirish kiradi. Shuning uchun qurilishda har qaysi ishning bo`lak ish chizmalari asosida alohida- alohida bajariladi. Har qaysi chizma o`zining nomi va markasi bilan belgilanadi, asosiy

yozuv yoziladi. Loyihada marka shu bo`limga tegishli bosh harflar bilan belgilanadi. Ish chizmachining bo`limlari quyidagicha ataladi va markalar bilan belgilanadi. 1.Qurilish chizmalar haqida :Qurilish chizmasi geometrik proektsion, mashina qurilish chizmasi va chizmaning boshqa bo`limlari ichida alohida o`rin tutadi. Qurilish chizmasi asosida yakka tartibda quriladigan uy-joylar, baland imoratlar, turli muhandislik imoratlar (kanallar, ko`pirlar va boshqada imoratlar) qurish mumkin. 2. Qurilishning umumiy loyihasi qurilish maydonini tekislash loyihasini tuzishdan boshlanadi. Unda er osti ishlari, ya`ni kanalizatsiyasi, issiq va suv trubalarini joylashtirish, elektr va telefon tarmoqlarining asosiy tarmoq bilan uchrashish erlarini belgilaydi. Bunday yangi tipdagi loyihada yuqorida keltirilganlardan boshqa, imoratning plani,f asodi va qirqimlari yanada ayrim elementlarning joylashish chizmalari ko`rsatiladi. Agar 1975g` yilda davlat tomonidan qurilgan uylarning uchdan bir bo`lagidan ko`prog`i yangi tipdagi proektlar asosida bajarilgan bo`lsa, hozir 60 dan ortiq shunday loyihalar asosida qurilmoqda. Bu bo`lsa loyiha va sematalrning narxini bir qancha arzonlashtirishga bo`lmalarning shu uyda yashovchi oilaga bir qancha qulay qilib rejalashtirishga imkon beradi. Arxitektura qurilish va muhandislik imoratlari loyiha va smetalarga asoslanib quriladi. Loyihada quriladigan imoratning chizmalari, tushuntirish xati va smetasi kiradi. Chizmada bajarilishi kerak bo`lgan ishlar smetada bo`lsa imoratning to`liq narxi ko`rsatiladi. Bundan boshqa, smetada ayrim ishlarning hajmi, qurilish buyumlari va ularning soni, mutaxassis ishchilar va qurilish mexanizmlar soni ko`rsatiladi. Loyiha hujjatlarini yakka loyiha tashkilotlar va institutlari tuzadi. Loyihalarni tuzishda va taxlashda turli yozuvlar bajariladi. Bundan boshqa, smetada ayrim ishlarning hajmi, qurilish mexanizmlarining soni ko`rsatiladi. Loyiha hujjatlarini yakka loyiha tashkilotlar va institutlari tuzadi. Bu yozuvlarni yozishda standartlarda ko`rsatilgan shriftlardan boshqa, turli arxitektor va promstroyproekt shriftlaridan foydalaniladi. Ensiz arxitektor shriftining eni, balandligining ¼…1/8 bo`lagiga teng bo`ladi. Harflarning qalinligi uning balandlagining 1/15… 1/20 bo`lagiga teng qilib olinadi . Imoratning baland-pastligi shartli turda nol` deb qabil qilingan yuzaning otmetkasiga asoslanib olinadi. Nol` otmetka deb imoratning poli yoki tsokoli qabul qilinadi. Shunga asoslanib pastda joylashgan bo`lagi minus (-)\, yuqorisida plyus (- ) belgisi bilan ko`rsatiladi. Agar standart prokat detallarining o`lchamlari bir proektsiyada berilsa, uzunliklarida shu ko`rinishda berilishi kerak. Bosh planlarda o`lchamlar butunlay qo`yilmaydi. Imorat fasodiga o`lchamlar faqat uning kesimiga va uzunligi bo`yicha qo`yiladi.

Planlarda bo`lsa devorning o`qlari orasidagi masofalar, hamma xonalarning ichki o`lchamlari, oyna va eshik o`rinlarining, shuningdek, devorlarning o`lchamlari, tokchalarning uzunlik va kenglik o`lchamlari qo`yiladi. Qirqimlarda asosan balandlik o`lchamlari xonalarning, eshik va oyna o`rinlarining balandligi, fundament chuqurligi, imorat qavatlari orasidagi temir beton konstruktsiyalarining qalinligi va boshqa o`lchamlar qo`yiladi.

Aholi yashaydigan binolar. Insonlarning hayotiy va ijtimoiy talablarini bajarishga xizmat qiladigan boshpana hisoblanadi. Ularga: 1) turar joy va jamoat binolari, umumiy nom bilan fuqaro binolari deb yuritiladi-jamoat binolariga umumiy yotoqxonalar, klublar, kasalxonalar, maktablar, turli ma’muriy binolar, o‘quv, teatr-tomosha, savdo binolari va x. k. kiradi; 2) sanoat binolari-bularga fabrikalar binolari, zavod va boshqa ishlab chiqarish binolari, garajlar, elektrostansiyalar, suv isitish binolari va x. k. lar kiradi; 3) qishloq xo‘jaligi binolari-qishloq xo‘jaligi binolariga uy xayvonlari va parrandalar boqiladigan binolar, qishloq xo‘jaligi mashinalarini va mahsulotlarini saqlash binolari, skladlar va x. k. lar kiradi. 4) muhandislik qurilmalari-bularga ko‘priklar, tonellar, estakadalar, qirg‘oq bo‘yi inshootlari, turli gidrotexnik va yer sirtidagi qurilmalar, metall eritish pechlari, rezervuar va x. k. lar kiradi. Qurilish chizmalari vazifasiga qarab ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: a) qurilish buyumlarining chizmalari. Bunday chizmalar bo‘yicha qurilish industryasi zavodlari va uy qurish kombinatlarida bino va inshootlarning alohida- alohida qismlari tayyorlanadi; b) qurilish-motaj chizmalari, bunday chizmalar bo‘yicha qurilish maydonida bino va inshootlar tiklanadi hamda montaj qilinadi. Bino va inshootlarni qurish ish chizmalari hamda montaj chizmalari-sxemalar bo‘yicha bajariladi. Qurilish ishlari umumqurilish va maxsus qurilishga bo‘linadi. Umumqurilishga binolarni qurish va pardozlash ishlari, maxsus qurilishga esa suv, kanalizatsiya, elektr, gaz, telefon tarmoqlarini o‘tkazish, obodonlashtirish ishlari kiradi.1 Shuningdek, bu kabi chizmalarni qurilish chizmachiligi fanida asoslanib bir necha chizmalar orqali ko‘rishimiz mumkin. Qurilish chizmalarining masshtablari. Qurilish chizmalarida tasvirlanadigan obyektlarning o‘lchamlari katta bo‘lganligi sababli, qurilish chizmachiligida mashinasozlik chizmachiligiga qaraganda ancha kichikroq masshtablar qo‘llaniladi. Turar joy va jamoat binolarining arxitektura-qurilish ish chizmalari quyidagi masshtablarda bajariladi: bino fasadlarining chizmalarida 1:50, 1:100, 1:200, kam hollarda 1:400, fasadlar qismlarini chizishda esa 1:50; planlar 1:100, 1:200, 1:400, qirqimlar esa 1:50, 1:100, 1:200; detallar va yig‘ma birliklar chizmalarini chizish uchun 1:5, 1:10, 1:20, 1:25 masshtablar. 1:1 masshtabdan faqat shablonlar chizishda foydalaniladi. Kattalashtirish masshtablaridan umuman foydalanilmaydi. Binoning fasadi. Binoning old tomondan ko‘rinishi old fasad, orqa tomondan ko‘rinishi orqa fasad, chap tomondan ko‘rinishi chap yon fasad, o‘ng tomondan ko‘rinishi esa o‘ng yon fasad deyiladi. 1-chizmada binoning old fasadi tasvirlangan. Bino fasadi, uning plani va vertikal qirqimi orqali yasaladi.





Plan. Binoning ma’lum balandlikdagi tekislik orqali fikran qirqib ko‘rsatilgan tasviri plan deyiladi (2 - chizma). Turar joy binolarida kesuvchi tekislik deraza va eshik bo‘shlig‘i orqali o‘tadi. Planda imoratning ko‘rinmaydigan qismlari tasvirlanmaydi. Shuning uchun qavatlardagi xonalar har xil bo‘lsa, hamma qavat- larning planlari alohida-alohida ko‘rsatiladi. Planda xonalarning joylashishi, deraza va eshiklarning o‘rnilari, eshiklarning ochilish yo‘nalishlari va sanitariya-texnika jihozlari ko‘rsatiladi. Xonalar va devorlarning olchamlari to‘liq ko‘rsatiladi.


Download 447.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling