Savol
|
Javob
|
F-fikringizni bayon eting
|
Psixologik maktablarning psixologiyada o’rni juda katta, negaki ular psixologiya haqidagi dastlabki tushunchalarni o’rganib, ularni fanga kiritishgan. Ayrim tushunchalar qisman to’g’ri bo’lsada, lekin keyinchalik shu fikrlarni to’ldirish uchun asos bo’lgan.
|
S-fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
Misol uchun, Vyusberg maktabi asoschilari tafakkurni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishni o’z-o’zini kuzatish metodi orqali isbotlamoqchi bo’ldilar.
Bixeviorizm maktabi asoschilari esa ongni emas, balki xulq-atvorni muhim deb chiqdilar. Ya’ni inson xulqi ong faoliyati emas, balki tashqi sharoit ya’ni situatsiya bilan belgilanadi.
Geshtalt psixologiya asoschilari esa, har bir psixik hodisalar yaxlit obrazdir deb ta’kidlagan.
Psixoanaliz maktabi asoschisi Freyd buni psixoterapiya metodi yordamida rivojlantirib o’rganib, ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani asosiy o’ringa qo’ydi.
|
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
Men psixologiyani o’rganayotganimga ko’p bo’lmadi, lekin shu 1 oy ichida o’rganganlarim asosida shularni ayta olamanki, har bir maktab ilgari surgan g’oyalarda kamchiliklar bor. Sababi Vyursberg maktabi asoschilari faqatgina o’z-o’zini kuzatish metodi orqali o’rganlar,lekin bu metod orqali o’rganilgan g’oyalarni ilgari surib bo’lmaydi, negaki har bir shaxsning boshqa bir shaxsdan ajralib turadigan psixik jarayonlari va faoliyatlari bo’ladi. Bixeviorizm asoschilari esa, xulq faqatgina tashqi ta’sir asosida rivojlanadi unga ongni ahamiyati yo’q degan, lekin mening fikrimcha ongning ahamiyati oz bo’lsada bor,negaki undagi ba’zi xulq ong ostidagi bilim va malakalar orqali namoyon bo’ladi. Geshtalt psixologiya asoschilari esa har bir psixik hodisalar yaxlit jarayon degan, bu ham to’g’ri lekin ong natijasida idrok, tafakkur rivojlanadi. Ong esa ularning kichik birligidir. Psixoanaliz asoschisi esa ongsiz psixik jarayon va motivatsiya asosiy o’ringa qo’yadi, lekin bu qarash ham birmuncha noto’g’ri, negaki inson hayotidagi ba’zi jarayonlar ong orqali ham amalga oshiriladi.
|
U- fikringizni umumlashtiring
|
Psixologik maktablar yaratgan g’oyalar hozirgi kundagi ilmiy nazariyalarga asos bo’lib xizmat qilgan. Lekin ularda bir muncha kamchiliklar bo’lib, keyinchalik ular yillar davomida to’ldirilib kelingan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |