F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Mustaqil ishlash uchun tavslya etilayotgan adabiyotlar


Download 0.68 Mb.
bet76/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Mustaqil ishlash uchun tavslya etilayotgan adabiyotlar

  1. Асмолов А. Г. Психология личности: Принципы общепсихол. анализа: Учеб. для вузов по спец. «Психология». — М.: Изд-во МГУ, 1990.

  2. Берне Р. В. Развитие Я-концепции и воспитание: Пер. с англ. / Общ. ред.

В. Я. Пили-повского. — М.: Прогресс, 1986.

  1. Бодалев А. А. Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

  2. Братусь Б. С. Аномалии личности. — М.: Мысль, 1988.

  3. Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986 г

  4. Гиппенрейтер Ю.Б Введение в общую психологию: Курс лекций: Учебное пособие для вузов -М.; ЧеРо 1997

  5. Davletshin M.G Umumiy psixologiya Т-2002 у

  6. Джемс В. Психология,- М., 1991

  7. Karimova V.M. Psixologiya Т-2002 у

Ю.Кон И. С. Постоянство и изменчивость личности // Психол. журнал. — 1987,—№4.

  1. Леонард К. Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989.

  2. Маклаков А.Г Общая психология М.; “Питер” 2003

  3. Немов Р.С Психология 1-китоб М;. 1999 г

14.0бщая психология: Курс лекций/ Сост. Е.И.Рогов.-М.: Владос, 1995

  1. Psixologiya qisqacha izohli lug’at Т-1998 у

  2. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии.-СПб.: «Питер» 1999

  3. Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975 у

  4. Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 у

  5. G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob Т-2002 у

113

  1. BO’LIM. BILISH JAR AY ON LARI.

  1. BOB. DIQQAT.

Diqqat haqida tushuncha
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalaming hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’Ia aks ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalaming fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadl.

  1. B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikmi doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalaming barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.

Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplami eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo'ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quwatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
114
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim d’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxslii idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq sclish) qilinadi.
,. Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatad:.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. .Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’Iibgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan awal organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlaming rasmlari, turli jumallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish mumkin.
Diqqatning nerv-ilziologik asoslari
Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks уotadi. Bunday refleksni akademik l.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda bar bir daqiqada organizmga turli narsalaming ta'siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish manbai nisbatan uzoaroq saqlanib turadigan mustahkam qo’zg’alish bo’ladi. Ana shu nuqtai- nazardan akademik l.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya po’sti qismidagi optimal qo’zg’alish manbai tashkil qiladi", deb ta'kidlagan. Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling