F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Download 1.83 Mb.
|
UMUMIY PSIXOLOGIYA Хайдаров, Халилова(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rgazmali obrazli tafakkur
- Nazariy tafakkur
- So’z - mantiqiy tafakkur
- Tahlil
- Umumlashtirish
Tayanch iboralar
Abstraksiya (lot. Abstractio mavxumlashtirish) - narsalarnnng o’ziga xos belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, narsalarning muhim belgi va xususiyatlarini ajratib olishga qaratilgan fikrlash operasiyasi. Amaliy tafakkur - ko’pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va xatti - harakatlarning maqsadini aniqlash, reja loyihalarni ishlab chiqish bilan bogliq. Deduktsiya (lot. deductio - keltirib chiqarish) - umumiy hukmlardan yakka hukmlarga qarata borish orqali mantiqiy qulosa chiqarishdan iborat tafakkur shakli. Induktsiya - (log. inductio - keltirib chiqarish) - juz'iy yoki yakka qollardan umumiyga, ayrim dalillardan umumlashmalarga qarab boradigan, induktiv xulosa chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur shakli. Intuisiya (lot. intueri - yaxshilab, diqqat bilan qaramoq) voqelikni bilishning bevosita haqiqatga aylanishi bilan amalga oshiriladigan alohida usul bo’lib, uning yordamida muammoli vaziyatlar yechimini topish mumkin, u ijodiy faoliyat mexanizmi sifatida tushuntiriladi.. Ko’rgazmali obrazli tafakkur - tafakkur turlaridan biri, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni xarakterlab beradi. Ko’rgazmali harakat tafakkuri - tafakkur turlaridan biri, narsa va xodisalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda namoyon bo’ladi. Nazariy tafakkur - tafakkur turlaridan biri, u ob'ektlarning xususiyatlarini, qonuniyatlarini ochishga qaratilgan bo’ladi. Sintez - (yunon. sintbasis - birikish, qo’shilish) - tafakkurning yagona analitik - sintetik jarayonida yakka hodisalarni umumiylashtirishga qaratilgan fikr yuritish operasiyasi. So’z - mantiqiy tafakkur - tafakkur turlaridan, bu mantiqiy operasiyalar, omillar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi. Taqqoslash - narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi. Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli ravishda aks etadi. Tahlil - tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob'ektlar qismlarga bo’lib o’rganiladi. Tushuncha - voqelikdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli. Umumlashtirish - voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni. Xulosa chiqarish - tafakkurning mantiqiy shakllaridan, bunda bir qayta hukmlar asosida ma'lum xulosa chiqariladi. Yaqqol harakatli tafakkur - tafakkur turlaridan, u narsalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda ifodalanadi. Hukm - tafakkur - usullaridan, u narsa va hodisalar o’rtasida o’zapo biron-bir bog’lanishlarning borligini tasdiqlash yoki inkor qilinishda ifodalanadi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling