Tayanch iboralar
Agglyutinasiya (lot. Agglutinate - yopishtirmoq yelimlamoq) - mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir - biriga "yopishtirib" ho’shish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Mas., suv parisi obrazi.
Aksentlash (yunon. Accentys – urg’u) - narsalarning ayrim qismlarini boshqa qismlariga nisbatan haddan tashqari kichraytirish yoki kattalashtirish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati.
Giperbolizasiya (yunon. Hyperbole - kattalashtirmoq) - kattalashtirish bilan bog’liq xayol faoliyatining bir usuli.
Orzu - shaxsning o’zi uchun yoqimli bo’lgan istiqbol obrazlarni ongida yaratishdan iborat xayol turi. Orzu shaxsning ehtiyojlari, istak va intilishlari bilan bevosita bog’liq.
Tasavvur - sezgi a'zolariga qachonlardir ta'sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol hissiy obrazi.
Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Xayol haqida tushuncha.
Xayol jarayonlari.
Xayol turlari.
Xayol sifatlari.
Fantaziya.
Xayolning xususiyatlari.
Xayolning analitik - sintetik xususiyati.
Xayol shakllari to’g’risida tushuncha
Xayolning inson faoliyatidagi o’rni
Test topshiriqlari
1.Qaysi qatorda xayol turlari to’g’ri ko’rsatilgan?
A) mexanik, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tasavvurB) tasavvur, ijodiy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz
V) tasavvur, ijodiy, frenologik, emosionalG) ixtiyoriy, ixtiyorsiz, ijodiy, emosional
D) kasbiy, frenologik, emosional
2.O’tmishda bo’lib o’tgan yoki hozirda bor bo’lgan lekin bizning turmushimizda shu paytgacha uchramagan ya'ni biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to’g’risida tasavvur va obrazlar yaratishga ………….aytiladi.
A) ixtiyorsiz xayol B) ixtiyoriy xayol V) ijodiy xayol G) tasavvur xayol
D) fantastik xayol
Do'stlaringiz bilan baham: |