F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Xayolning asosiy xususiyatlari


Download 2.12 Mb.
bet156/229
Sana31.01.2024
Hajmi2.12 Mb.
#1829454
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   229
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA Хайдаров, Халилова (3)

Xayolning asosiy xususiyatlari
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir. Xayol har doim ma'lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o’z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim bo’lib yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi.
Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Ko’proq odamning xayolida hamma vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi.
Ana shu paytdagi ehtiyojining ta'siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo’lgan tasavvurni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.
Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur hosil bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo’lmaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy asarlarni ko’rmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda kam ko’rganliklari tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar.
Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular ya'ni yozuvchilar o’z asarlaridagi haydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim tasavvurlardan vujudga keltiradilar.
Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling