F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Download 0.7 Mb.
bet61/230
Sana19.08.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1668238
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230
Bog'liq
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Pedagogik muloqot - bu muloqotning o’quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.
Muloqot muvaffaqiyatli bo’lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo’lishi, ya'ni sub'ekt o’zaro ta'sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o’zi uzatgan axborotni resipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo’layotganligini qayta axborot ma'lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o’qituvchi o’quvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxshi bo’lmaydi. Ayniqsa, ma'ruza o’tayotganda bu juda muhimdir.
Tayanch tushunchalar
Avtonom nutq (yunon, autos - o’zi - nomos - qonun) - bolaning o’z nutqi ko’p ma'no va noaniq so’zlar bilan xarakterlanadigan, ichki nutq, bunda turli narsalarning bir-biri bilan beqaror va uzviy bog’liqligi tufayli so’zlarning ma'nosi ham vaziyatga qarab o’zgaradi, bolalarning avtonom nutqi kattalar nutqiga o’tish davri bo’lib hisoblanadi.
Agrafiya (yunon. A - inkor yuklamasi, grapho - yozaman) nutqdagi turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi.
Afaziya (yunon. A - inkor yuklamasi, phasia - nutq) - bosh miya qobig’ining ayrim qismlarini zararlanishi natijasida nutqining izdan chiqishidan iborat psixopatologik nuqson.
Vepbal (lot, verbalis – og’zaki) - atama. Verbal nutq – og’zaki ifodalanadigan nutq.
Identifikasiya (lot. identifisage - tenglashtirmoq) - shaxsning o’zini o’zga odam bilan emosional va boshqa tomondan tenglashtirishi.
Ichki nutq - nutq faoliyatining ovoz chiqarmasdan ifoda etiladigan alohida turi.
Kommunkasiya (lot. communio - aloqa, fikr olishuv ma'lumot berish) - til va boshqa belgilar vositasida axboro berish.
Monologik nutq - bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Muloqot - ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir - biriga ta'sir etishi.
Nizo - o’zaro ta'sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama - qarshi qiziqishi.
Nutq - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan shakli.
Nutq madaniyati - muloqot jarayonida ma'lum til normalariga asoslangan holda ma'noli nutqni ifoda etish.
Pantomimika (yunon. panto - mimos - hamma narsaga taqlid qiluvchi)-inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonasiyalar bilan birga uning psixik holatini, ayniqsa, his – tuyg’ularini ifodalovchi harakatlari.
Pedagogik muloqot - o’qituvchining o’quvchi bilan muloqotda bo’lishi.
Refleksiya (lot. Reflexus - aks ettirish) - odam bilimlarining o’z - o’ziga, o’zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik holatlariga qaratilishi.
Resipient (lot. Recipientis - qabul qiluvchi kishi) - o’ziga yo’llangan xabarni qabul qilib oluvchi kishi.
Empatiya (yunon. empatheia - birgalikda dardlashmoq) - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyati.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling