F. M. Matmurodov baholash ishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
aylanmadan chiqarishdan yo‘qotishlar yerlarni chiqarish qanday
xarakterga ega ekanligidan kelib chiqib hisoblanadi – asosan to‘liq qiymat bo‘yicha (shartli abadiy chiqarishda). Ko‘mir qazib olish bosqichida yerlarni chiqarishdan yo‘qotishlarni hisoblash istisno holatni tashkil qiladi, o‘ta past sur’atda bo‘lsa ham, ularni qayta kultivatsiyalash jarayoni real sodir bo‘ladi. Ushbu holatda yer-suvlarni aylanmadan chiqarishdan yo‘qotishlar belgilangan normativning 50% i miqdorida hisoblanadi, chunki bunda yerning unumdor qatlami kam mahsudlor yoki mahsuldor bo‘lmagan yerlar toifasiga kiritiladi; KYoTS va YAYoTS korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligiga yetkaziladigan zararlarni qiysiy baholash belgilangan quvvat birligi (ya’ni 1 Gvt quvvatga ega nominal IES va AES uchun) yoki ishlab chiqilgan energiya birligi (1Gvt-yil) hisobida zarar miqdori va uning tarkibiy qismlarini (yo‘qotishlar va boy berilgan foyda) hisoblash talab qilinadi. U holda YAYoTS obyektlari uchun foydalanishdan qishloq xo‘jaligi yerlarini chiqarish bilan shartlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi yo‘qotishi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Y ya = N с S я (10.2) Bu yerda: Y ya – YAYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish tufayli yuzaga keladigan solishtirma yo‘qotishlar, ming so‘m/GVt (ming so‘m/GVt-yil); N с – qishloq 103 xo‘jaligi yer-mulklari qiymat normativi, ming so‘m/ga; S я – YAYoTSning jami bosqichida chiqariladigan qishloq xo‘jalik yer- mulklarining solishtirma maydoni, ga/ Gvt. KYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish bilan shartlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi yo‘qotishi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Y k = N с S о + 0,5 N с S ду = N с (S о + 0,5 S ду ), (10.3) Bu yerda: Y u – KYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish tufayli yuzaga keladigan solishtirma yo‘qotishlar, ming so‘m/GVt; So – ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalardan tashqari KYoTS obyektlari uchun band qilingan qishloq xo‘jaligi yerlarining solishtirma maydoni, ga/GVt; Sdu – ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalar tomonidan band qilingan qishloq xo‘jaligi yerlarining solishtirma maydoni, ga/ GVt; 0,5 – ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalar uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga kamayuvchi koeffitsiyent. YAYoTS va KYoTS obyektlari uchun band qilingan qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni KYoTS va YAYoTS korxonalarining solishtirma yer sig‘imi va O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tuzilmasi haqida ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. KYoTS va YAYoTS korxonalarining solishtirma yer sig‘imi belgilangan quvvat birligi yoki ishlab chiqilgan energiya birligi hisobida aniqlanadi. YoER qazib chiqarish bo‘yicha korxonalar uchun solishtirma yer sig‘imi keyinchalik belgilangan quvvat birligi yoki ishlab chiqilgan energiya birligiga qayta hisoblash bilan qazib olingan YoER hisobida aniqlanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tuzilmasi haqida ma’lumotlar asosida yer fondida qishloq xo‘jaligi yerlarining ulushi aniqlanadi. 1997-yilda qishloq xo‘jaligi yerlari jami O‘zR yer fondining taxminan 13%ini tashkil qilgan. Shundan kelib chiqqan holda YAYoTS obyektlari uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni (Sya) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: S я = (S дя +S пя +S пря +S р +S от ) d, (10.4) Bu yerda: Sdya – uran qazib chiqaruvchi korxonalar tomonidan band qilingan hudud, ga/GVt; Spya – uran rudalarini qayta ishlash, boyitish va tvellar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan egallangan hudud, jumladan ishlab chiqarish havzalari, ga/gvt; Sprya – AES hududi (jumladan ishlab chiqarish havzalari va xom ashyolarni 104 saqlash joylari), ga/GVt; Sr –yoqilg‘i regeneratsiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan egallangan hudud, ga/GVt; Sot – chiqindilarni saqlash va zararsizlantirish uchun ajratilgan hudud, ga/GVt; d – umumiy yer fondida qishloq xo‘jaligi yerlarining ulushi. KYoTS obyektlari uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: S k = (S ду + S пу + S пру ) d (10.5) Bunda: S о = (S пу +S пру ) d, (10.6) Bu yerda: S k – KYoTSning jami bosqichida chiqariladigan qishloq xo‘jalik yer-mulklari, ga/GVt; Sdu – ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalar uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlari hududi, jumladan tog‘ jinslari va qattiq chiqindilarni saqlash joyi, ga/GVt; Spu – ko‘mirlarni qayta ishlash va boyitish bosqichida chiqariladigan hudud, ga/GVt; Spru – IES hududi (jumladan sovitgich havzalar va kul- toshqollar to‘kish uchun ajratilgan hudud), ga/GVt. YAYoTS va KYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlari ajratilishi bilan yuzaga keladigan zararning ikkinchi qismi – boy berilgan foyda. U yillik daromadni chiqarilgan yer-mulkda ishlab chiqarishni tiklash davriga mutanosib keluvchi koeffitsiyentga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi: F yak = D S yak K t , (10.7) Bu yerda: F yak – YAYoTS yoki KYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlari ajratilishi bilan yuzaga keladigan boy berilgan foydaning solishtirma miqdori, ming so‘m/ GVt; D – maydon birligidan yillik daromad, ming so‘m/ga; S yak – YAYoTS yoki KYoTS obyektlari uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining solishtirma maydoni, ga/GVt; Kv – ishlab chiqarishni tiklash davriga mutanosib qayta hisoblash koeffitsiyenti. Qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarishning har bir konkret holati uchun yillik daromad o‘rtacha besh yil uchun natural ifodada ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmi va yerlarni chiqarish vaqtida amalda bo‘lgan narx bo‘yicha hisoblanadi. Bizning hisob- kitobimizda yillik daromad miqdori o‘rtacha oxirgi 3-5 yil uchun (O‘zR yoki viloyatlar bo‘yicha) qiymat ifodasida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotlarining haqiqatdagi hajmi haqida davlat statistikasi ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Yo‘qotiladigan yillik daromadni qayta hisoblash koeffitsiyenti qiymati (Kt) biz tomonimizdan shartli abadiy chiqarilgan yerlar uchun ham, ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalar 105 uchun vaqtincha chiqarilgan yerlar uchun ham (ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalar uchun ajratilgan yerlarni qayta kultivatsiyalash sur’atining mavjud holatidan kelib chiqqan holda) 30 yil yoki undan ziyod vaqtda buzilgan ishlab chiqarishni tiklanish davrining mutanosib davomiyligi asosida aniqlandi. Tiklanish davri uchun K t 10 ga teng. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda YAYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish tufayli yuzaga keladigan solishtirma zararlarni hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Z chya = Y я + T я = N с S я + D S я K в = S я (N с + D K в ) (10.8) Bu yerda Z chya – YAYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish tufayli yuzaga keladigan solishtirma zarar, ming so‘m/GVt. KYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish tufayli yuzaga keladigan zarar quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Z chk =F k +Y у =N с (S о + 0,5 S д ) + D S у K в , (10.9) bunda Z chk – KYoTS obyektlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishdan chiqarish tufayli yuzaga keladigan solishtirma zarar, ming so‘m/GVt. 10.2. KYoTS va YAYoTS korxonalarining chiqindi va otqinlaridan qishloq xo‘jaligida yuzaga keladigan zararni baholash Ziroatchilik va ozuqa ishlab chiqarishda zararni baholash. KYoTS va YAYoTS korxonalarining chiqindi va otqinlari tufayli qishloq xo‘jaligiga yetkaziladigan iqtisodiy zarar qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi pasayishi bilan shartlangan va ziroatchilik va chorvachilik mahsulotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotilishi ko‘rinishida, shuningdek, uchuvchan kul, oltingugurt angidrid va radionuklidlar otqinlaridan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishining salbiy oqibatlarini tugatishga yo‘naltirilgan kompensatsion xarakterdagi xarajatlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. KYoTS va YAYoTSning jami bosqichlarida otqinlardan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan solishtirma zararning miqdori umumiy ko‘rinishda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Z o = Y m + X, (10.10) Bu yerda: Z o – KYoTS yoki YAYoTSning jami bosqichlarida otqinlardan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan solishtirma zarar, 106 ming so‘m/GVt; Y m – KYoTS va YAYoTSning jami bosqichlarida otqinlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini solishtirma yo‘qotishlari, ming so‘m/GVt; X – KYoTS va YAYoTSning jami bosqichlarida otqinlardan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishining salbiy oqibatlarini tugatish bo‘yicha solishtirma xarajatlar, ming so‘m/GVt. KYoTS va YAYoTSning n-bosqichida otqinlardan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan ziroatchilik mahsulotlarining solishtirma yo‘qotishi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: m j k i mz NiÀiÊijSij Y , (10.11) Bu yerda: Ymz – KYoTS va YAYoTSning n-bosqichida otqinlardan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan ziroatchilik mahsulotlarining solishtirma yo‘qotishi, ming so‘m/GVt; Ni –i-mahsulot sotish narxi, ming so‘m/ts; Ai – i-ekin hosildorligi, s/ga; Kij – j-omil ta’siri tufayli i- ekin hosilining kamligi koeffitsiyenti; Sij – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida j-omil tomonidan ifloslangan i-ekin ekilgan solishtirma maydon, ga/GVt; k – zararni baholash amalga oshirilayotgan ekinlar miqdori; m – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida ta’sir omillari miqdori. Kij koeffitsiyenti dala tajribalari, shuningdek, adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida j-omil tomonidan ifloslangan i-ekin maydoni (Sij) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S ij = S зj d b i , (10.12) Bu yerda: Szj – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida j-omil tomonidan ifloslangan hududning solishtirma kattaligi, ga/GVt; b – qishloq xo‘jalik yerlari tarkibida ekin maydonlarining ulushi; i –O‘zR ekin maydonlarining umumiy hajmida i-ekin egallagan ekin maydonlari ulushi. (Szj) ko‘rsatkich qiymati adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi, b va i qiymati davlat statistikasi ma’lumotlari bo‘yicha hisoblanadi. Ni va Ai ham respublika yoki viloyat bo‘yicha o‘rtacha statistik ma’lumotlar asosida aniqlanadi, bunda Ai o‘rtacha oxirgi 3-5 yil uchun olinadi. KYoTS va YAYoTS chiqindilaridan ziroatchilik mahsulotlarining umumiy yo‘qotishi (Y mzu ) KYoTS va YAYoTSning jami bosqichlaridagi yo‘qotishlarni jamlash yo‘li bilan aniqlanadi: 107 n mz mzu Y Y (10.13) KYoTS va YAYoTS korxonalarining chiqindi va otqinlari bilan ifloslangan tabiiy ozuqa yerlarida mahsuldorlik pasayishi oqibatida ozuqa ishlab chiqarishda yo‘qotishlarni hisoblash ozuqa birligida ozuqa ekinlari hosilini qayta hisoblash, keyin esa suli narxi bo‘yicha olinmagan hosilni baholash bilan amalga oshiriladi: m j mo kj NsÀkÊoÊkjS Y , (10.14) Bu yerda: Ymo – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida otqinlardan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan ozuqa ishlab chiqarishi mahsulotlarining solishtirma yo‘qotishi, ming so‘m/GVt; Ns – sulining sotish narxi, ming so‘m/ts; Ak – ozuqa yerlari mahsuldorligi, s /ga; Ko – ozuqa birligida ozuqa ekinlari hosilini qayta hisoblash koeffitsiyenti; Kkj – j-omil ta’siri tufayli olinmagan ozuqa hosili koeffitsiyenti; Skj – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida j-omil tomonidan ifloslangan ozuqa yerlarining solishtirma maydoni, ga/GVt. KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida j-omil tomonidan ifloslangan ozuqa yerlarining maydoni (Skj) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S kj = S зj d p (10.15), Bu yerda r – qishloq xo‘jalik yerlari tarkibida tabiiy ozuqa maydonlari ulushi. Kkj koeffitsiyenti dala sinovlari natijalari, shuningdek, adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Ozuqa birligida ozuqa ekinlari hosilini qayta hisoblash koeffitsiyenti (Ko) ko‘k ozuqa uchun aniqlanadi. Ns va Ak respublika yoki viloyat bo‘yicha o‘rtacha statistik ma’lumotlar asosida aniqlanadi, bunda Ak o‘rtacha oxirgi 3-5 yil uchun olinadi. Ozuqa ishlab chiqarishi mahsulotlarining umumiy yo‘qotishi KYoTS yoki YAYoTSning jami bosqichlaridagi yo‘qotishlarni jamlash yo‘li bilan aniqlanadi: n прк прко П П (10.16) KYoTS va YAYoTS korxonalarining chiqindi va otqinlari bilan qishloq xo‘jaligi yerlari ifloslanishi tufayli ziroatchilik va ozuqa ishlab chiqarishda (Y mu ) yuzaga keladigan umumiy yo‘qotishlar quyidagi formula bilan hisoblanadi: Y mu = Y mzu + Y mou (10.17) 108 KYoTS yoki YAYoTS korxonalarining chiqindi va otqinlaridan ziroatchilikda yuzaga keladigan zararlarning ikkinchi tarkibiy qismi – qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishining salbiy oqibatlarini tugatish xarajatlari (10.10-formulaga qarang). Ular KYoTS va YAYoTS korxonalarining chiqindi va otqinlari tarkibiga kiruvchi oltingugurt angidrid oksidlanishida hosil bo‘lgan sulfat kislota tushishi natijasida sho‘rlangan tuproqlarni sho‘rini qochirish (ohak bilan o‘g‘itlash) olib borilishi zarurati bilan bog‘liq. Hosil bo‘lgan sulfat kislota tushishi oqibatlarini neytrallashtirish uchun zarur ohak miqdori bo‘yicha ohak bilan o‘g‘itlash xarajatlarini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: o o N N d S X , (10.18) Bu yerda: X o – ohak sotib olish uchun solishtirma xarajatlar, ming so‘m/ GVt; S – KYoTS va YAYoTSning jami bosqichlarida ifloslangan hududga tushgan sulfat kislota (oltingugurt angidrid) miqdori, t/GVt; N – hududga tushgan 1 t sulfat kislotani neytrallash uchun tuproqqa ohak solish me’yori; No –tovar ohak qiymati, so‘m/t. Shunday qilib, oltingugurt angidrid kabi otqin komponentlari bilan qishloq xo‘jalik yerlarining ifloslanishidan zarar ikki tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi – ziroatchilik va ozuqa ishlab chiqarishi mahsulotlarining bevosita yo‘qotilishi hamda qishloq xo‘jalik yerlarini ohak bilan o‘g‘itlash xarajatlari: m o moo mzo q X Y Y Z ‘ ) ( , (10.19) Bu yerda: Z q – oltingugurt oksidlaridan qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan ziroatchilik va ozuqa ishlab chiqarishida solishtirma zarar, ming so‘m/GVt; Y mzo – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida qishloq xo‘jalik yerlari sho‘rlashishidan ziroatchilik mahsulotlarining solishtirma yo‘qotilishi, ming so‘m/GVt; Y moo – KYoTS yoki YAYoTSning n-bosqichida qishloq xo‘jalik yerlari sho‘rlashishidan ozuqa ishlab chiqarishi mahsulotlarining solishtirma yo‘qotilishi, ming so‘m/GVt. Y mzo va Y moo ko‘rsatkichlari 10.11-formula bo‘yicha hisoblanadi. KYoTS va YAYoTSning jami bosqichlarida otqin va chiqindilar tufayli qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan ziroatchilik va ozuqa ishlab chiqarishi zararining umumiy miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Z zo =Y mo +X o , (10.20) 109 Bu yerda Z zo – KYoTS (YAYoTS) ning jami bosqichlarida otqin va chiqindilar tufayli qishloq xo‘jalik yerlari ifloslanishidan ziroatchilik va ozuqa ishlab chiqarishi zarari. Chorvachilikda zararni baholash. Ozuqa maydonlari mahsuldorligi pasayishi hisobiga chorvachilik mahsulotlari olishdagi yo‘qotishlar ozuqa ishlab chiqarishi mahsulotlari solishtirma yo‘qotilishini hisoblash (14-formula) va chorvachilik mahsuloti birligiga (vazn olish, sog‘im va b.) ozuqa sarfi normativlari haqida ma’lumotlar asosida aniqlanadi: n m j ch Í j NchÀêKkjSk Y 1 , (10.21) Bu yerda: Y 1 ch – KYoTS (YAYoTS) ning jami bosqichlarida ifloslangan tabiiy ozuqa yerlarida mahsuldorlik pasayishi oqibatida chorvachilik mahsulotlarining solishtirma yo‘qotilishi, ming so‘m/GVt; N – bir birlik chorvachilik mahsulotini olish uchun ko‘k ozuqa sarfi normativi; Nch – chorvachilik mahsuloti birligini sotish narxi, ming so‘m./ts. Ozuqa sarfi normativi (N) ma’lumotnoma ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Ifloslangan yaylov ozuqasining o‘timliligi kamayishi hisobiga chorvachilik mahsuloti yo‘qotishlari qishloq xo‘jalik yerlarining uchuvchan kul bilan ifloslanganda aniqlanadi. Yo‘qotishlar hisoblanishi ushbu omil ishtirok etgan KYoTS va YAYoTS bosqichlari bo‘yicha amalga oshiriladi: 1 2 m ch Í NchÀêKnSêç Y , (10.22) Bu yerda: Y 2 ch – chorvachilik mahsulotlarining uchuvchan kul bilan ifloslangan yaylov ozuqasining o‘timliligi kamayishi hisobiga solishtirma yo‘qotishlari, ming so‘m/GVt; K o‘ – yaylov ozuqasining o‘timliligi kamayishi koeffitsiyenti; n1 – chiqindilarda uchuvchan kul ishtirok etadigan KYoTS(YAYoTS) bosqichlari soni; Skz – KYoTS (YAYoTS)ning n1-bosqichida uchuvchan kul bilan ifloslangan ozuqa yerlarining solishtirma maydoni, ga/GVt. K o‘ koeffitsiyenti, (n1) ko‘rsatkichi adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. (Skz) ko‘rsatkichi adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra (10.15) formula bo‘yicha hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari kasallanish darajasi ortishi tufayli chorvachilik mahsulotlari yo‘qotishini hayvonlarning nafas yo‘llari kasalliklari kuchayishiga olib keladigan atmosferaning oltingugurt angidrid otqinlari bilan ifloslanishida ancha ishonchli aniqlash mumkin. 110 Bunda yo‘qotishlarni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: 3 3 m ch Sñ NchChKchKt Y , (10.23) Bunda: S с = S зс d (10.24), Bu yerda: Y 3 ch – KYoTS (YAYoTS) obyektlari tomonidan oltingugurt angidrid otqini tufayli qishloq xo‘jalik hayvonlari kasallanish darajasi ortishidan chorvachilik mahsulotlarini solishtirma yo‘qotish, ming so‘m/GVt; Ch – 1 ga qishloq xo‘jalik yerlariga natural ifodada chorvachilik mahsuloti (YShM go‘shti, sut) ishlab chiqarish, s; Kch – oltingugurt angidrid ta’sirida yuqori nafas yo‘llari kasallanishi tufayli hayvonlar mahsuldorligi pasayish koeffitsiyenti; Kr – oltingugurt angidrid ta’sirida hayvonlarda yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining tarqalish koeffitsiyenti; Ss – KYoTS (YAYoTS) n 2 -bosqichida oltingugurt angidrid otqinlari bilan zararlangan qishloq xo‘jalik yerlarining solishtirma maydoni, ga/GVt; Szs – KYoTS (YAYoTS) n 2 - bosqichida oltingugurt angidrid otqinlari bilan zararlangan hududlarning solishtirma maydoni, ga/GVt; n 2 – oltingugurt angidrid otqinlari sodir bo‘layotgan KYoTS (YAYoTS) bosqichlari soni. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling