F. R. Abduraxmonov
Download 1.72 Mb.
|
F. R. Abduraxmonov
Psixodiagnostika - bu insonni individual - psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini tahlil qiladigan, oTchaydigan va ba- holaydigan psixologiya fanining bir yo‘nalishi hisoblanadi. Kasbiy psixologik diagnostika esa aynan kasbga xos bo‘lgan insondagi psixologik jarayonlami va xususiyatlami o‘lchaydigan, tahlil qiladigan va baholaydigan psixologiyaning yana bir yo‘nalishi hisoblanadi. Bu lar asosan insonning amaliy hayotini o‘rganishga qaratilgan jarayon- lardir. Diagnostika so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, aniqlash de- gan ma’noni bildiradi. Psixodiagnostika - bu psixologiya fanining maxsus yo‘nalishi bo‘lib individni, gumhlami psixologik holatini, xususiyatlarini o‘rganadi va baholash uchun maxsus usullar ishlab chiqadigan sohadir.
Psixodiagnostika bu inson faoliyatini hamma qirralarini qamrab oladigan va undagi psixik tomonlami amaliy o‘rganadigan fandir. Uning sohalari ko‘p bo‘lib, shulardan biri bu kasbiy psixologiya hisoblanadi. Kasbiy psixodiagnostika insonlami kasblarga xos bo‘Igan qirralarini o‘rganadi, ulami kasbiy layoqatlarini, psixologik xususiyatlarini, mehnat jarayonida yuz beradigan psixologik jarayonlarini va shu kabilami o‘rganib boradi. Kasbiy faoliyatning psixodiagnostikasi insonni kasbiy qiziqish- larini har xil savollar orqali, maxsus psixologik testlardan foy- dalangan holda o‘rganadi. Bular shaxsni maxsus kasbiy yo‘nalishini chuqur o‘rganishga imkoniyat beradi va uning ko‘rinishlarini yuzaga chiqishiga imkoniyatlar beradi. Psixodiagnostika yordamida quyidagi tomonlami aniqlanadi: Kasbiy qobiliyatlami aniqlaydi: Boshqarish qobiliyatlarini aniqlash; Ijodiy imkoniyatni aniqlaydi; Menejerlik qobiliyatini aniqlaydi; Shaxsga xos bo‘lmagan xususiyatlami aniqlash: Yutuqqa olib boruvchi motivlami va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish; Shaxsning irodaviy xususiyatlarini aniqlash; Ishbilarmonlik qobiliyatini aniqlab olish; Hayotiy holatlami nazorat qilish darajasi. Moslashish (adaptatsiya) va irodaviy xususiyatlami baholash: Nerv - psixologik barqarorlikni baholash; Erkaklami liderlik xususiyatlarini aniqlash; Tavakkal qilishga tayyorgarlikni aniqlash; Ayollami liderlik xususiyatlarini aniqlash; Moslashish qobiliyatlarini o‘sib borish darajasiga baho berish. Insonni o‘ziga kasbni tanlashi ko‘p hollarda uning hayot yo‘lini aniqlab olishiga olib keladi.Insonlami taxminan 50 foizi o‘zi tanlagan kasbni noto‘g‘ri tanlaganidan shikoyat qiladi. Insonni ma’lum bir kasbga layoqati borligini bu kasbni tanlamasdan oldin aniqlani- shi psixodiagnostika orqali aniqlanishi mumkin.Bu insonni kasb tanlashida maqsadlarini aniqlab olinishiga olib keladi, shuningdek kishini egallab turgan mansabiga mos yoki mos emasligini ham ko‘rsatib beradi. Ma’lum bir kasbiy faoliyatni tanlashda insonni qiziqishlari, man- faatlari asosiy turtki hisoblanadi. Bunda uning bilishga bo‘lgan ehtiyoji va ma’lum bir faoliyatga intilishi yotadi. Insondagi qiziqish uni ma’lum bir aniq kasbni tanlashga sharoit yaratadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling