F. R. Abduraxmonov
Download 1.72 Mb.
|
F. R. Abduraxmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy motivlar.
Bilish bilan bog'liq
Muvofaqiyatsi/likdan qochishga qaratilgan Bilish bilan bog‘liq motivlar - bu o‘quv faoliyati va uni bajarish jarayoni bilan bogiiqdir. Bu motivlar o‘quvchilami yangi bilimlar va o‘quv motivlari bilan, ulami o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. U bilimlarga qiziqishning chuqurligi: yangi omillami o‘rganish bilan, hodisalaming muhim jarayonlari, deduktiv xulosalar, Qonuniyat va tendensiyalar, nazariy prinsiplar, asosiy g‘oyalar va shu kabilarga asoslanadi. Ijtimoiy motivlar. Bu o‘quvchini boshqa odamlar bilan har xil ijtimoiy o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Misol uchun: jamiyatga foydali inson bo‘lish, o‘z burchini ado etish, o‘qish kerakligini tushunganligi, javobgarlik hissini sezgani, bilim olishga intilishi kibilarda boshqalar bilan muloqotda boiadi. Takrorlash uchun savollar Kasb tanlash va о‘quv faoliyati. 2.0‘quv motivlari diagnostikasi. 3.0‘quv motivlari eksperimental natijalarining tahlili. 4.0‘qishga munosabatni aniqlash natijalari va kasb tanlash. Kasb motivatsiyasi. Kasb tanlashda motivatsion maqsad , emotsiya va qiziqish. Kasbga o‘qitishni individuallashtirish va differinsiallash Individuallashtirish va differinsiallash haqida tushuncha Insonni kasbga o‘qitish va uni shu kasbni egasi qilib tarbiyalash unga ta’sir etayotgan obyektiv va uning subyektiv omillar bilan chambarchas bogiiqdir. Jamiyatimizda taiim va tarbiyaga nisbatan olib borilayotgan islohotlaming muhim tomoni ham har bir insonga uning o‘ziga xosligiga e’tibor bergan holda tarbiyalash, ulaming psixologik tomonlarini hisobga olgan holda yondoshish hisoblanadi. Har bir inson o‘zining alohidaligi va qaytarilmasligi bilan indi- vidualdir. Taiim berishda, tarbiyalashda va boshqarishda insonni eng awalo qaytarilmasligini, individualligini hisobga olish muhim hisoblanadi. Umum ta’limning asosiy g‘oyasi bu o‘qitish ko‘proq individual- lashtirilgan, funksional va effektiv bo‘lishi kerakligidir. Bu vazifani o‘qitish jarayonida o‘quvchilami qiziqishini, layoqatini va qobiliyat- larini hisobga olgan holda, ta’limni tashkil etish, ulami qobiliyat- laridan, kasbiy qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bilim olishlarini tashkil etish yotadi. Ya’ni gap bu yerda katta sinfdagi o‘quvchilami o‘qitishni individuallashtirish va differensiallashtirish ustida ketadi. Differensiatsiya so‘zi tilidan olingan bo‘lib difference - farq degan ma’noni anglatadi va quyidagicha talqin qilinadi, farq va bo‘lish, butunni bo‘laklarga, shakl va darajalarga ajratish ma’nosini beradi. Pedagogik lug‘atda esa bu tushuncha - o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli, uni har xil shakl, metodlar, temp, ma’lumot berish hajmi orqali har bir kishiga bilim olishda yaratiladigan sharoitlar deb tushuniladi. Birnda ta’lim olishni har xil ko‘rinishlariga bo‘lgan ehtiyojlami qondirish yotadi. “Individuallashtirish” pedagogik lug‘atida har xil tomondan qa- raladi: 0‘z individualligini ta’minlashga intilishda shaxsni o‘z - o‘zini yo‘naltirish jarayoni sifatida 0‘qish jarayonida o‘quvchini individual qobiliyatini har xil shakl va usullarda ko‘rsatish. Ta’limni individuallashtirishni o‘qitish yo‘llari asosida ko‘rib chiqilsa bo‘ladi. Bu didaktik jarayon va maktabni tashkil etishda. Birinchi holatda o‘quv dasturlarini, o‘quv adabiyotlarini; ikkinchi holatda o‘qitishni usullari va uchinchi holatda har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan maktab va sinflami tashkil etishda. Shuni ko‘rsatish kerakki,ta’limni yangilashning muhim to- monlaridan biri bu differensiatsiya va individualizatsiya hiso- blanadi. Ulami bir butun holda tushunish va o‘ziga xos holda yondoshish zarur bo‘ladi. Bu esa differensiatsiya va individual- lashtirishni taiimdagi roli ko‘zga tashlatadi. Ya’ni ko‘pqirrali taiim tizimi, individual o‘qitishni rivojlantirish, qobiliyatlar, o‘quvchilami bilish faolligi, ularga beriladigan o‘quv nagruzkalarini me’yorida boiishi va shukabilarda ko‘rinadi. Individual va differensial o‘qitishning nazariy asoslarini shakl- lanishida psixo - pedagogik izlanishlar muhim o‘rin egallay- di. Bu izlanishlarda eng awalo B.G.Ananevni,A.N. Leonetyevni, F.Lomovni va boshqalami ko‘rsatish mumkin boiadi. Differensial о‘qitishni motivlar asosida A. A.Badolev, A.N.Leontyev, ichki va tashqi pozitsiyaning xarakteri bo‘yicha T.N.Molkovskayani, L.I.Bojovichni va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, faoliyatni individual - shaxsi xarakteriga asosan K.M.Gurevichni, S.L.Rubinshteynni, o‘qitilayotgan o‘quv materiallarini idrok qilish imkoniyatlaridan D.N.Bogoevlenskiy, V.A.Kuritetskiy va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtda pedagogik va psixologik adabiyotlarda “Taiimni defferensial” tushunchalariga bir butun ta’rif yo‘qdir. Bu tushunchalami har xil ko‘rinishdagi talqini chet el peda- gogikasida ham uchraydi AQShda “individualizatsiya” tushun- chasiga har qanday individual xususiyatlami shakl va usullarini kiritiladi. Individual o‘qitishayrimhollarda ta’limning strategiyasi sifatida talqin qilinadi. N.E. Gronlundaning fikricha u quyidagi ko‘rinishlarda namoyon boiadi: 1) gumhdagi minimal modi- fikatsiyadan tortib to bir butun hech kimga bogiiq boimagan o‘rganishni qamrab oladi. 2) ulgurish darajasini talab qiluvchi o‘qitish, temp, o‘qitish maqsadi, o‘qitish metodlari, о‘quv mate- riallaridan foydalanish. 3) hamma predmetlar bo‘yicha o‘qitishni individuallashtirishdan foydalanish. Talabalami o‘qitish ulami individual - psixologik xususiyatlari bilan, ulardagi o‘ziga xoslik, qaytarilmaslik bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. 0‘quvchilar o‘zlaridagi qobiliyatlar, xarakter va tempera- mentlari asosida ham farqlanib turadilar. Har bir o‘quvchida psixologik jarayonlari ham farqlanadi, ularda diqqat, xotira, ta- fakkur qilish, hayol va shu kabi tomonlar o‘ziga xos holda farqlanib turadi. Diqqati, xotirasi kuchli bolalar tez o‘zlashtira ola- dilar va ulami o‘zlashtirishlari ham yaxshi bo‘ladi. Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Individuallik Psixologik farq Temperament Xarakter Intellekt Extiyoj Miinfaatlar va tjiziqjshlar Biz yuqorida o‘qitishda differensial va individual yondoshish kasb olishda ham muhim omil boia olshini, kasb oluvchidagi individual - psixologik xususiyatlar kasb tanlashda ham muhim omilligini ko‘rsatib bergan edik.Quyida esa uni metodik sharoitla- rini rasmda aks etdirdik. 0‘sib kelayotgan yoshlarni kasbga o‘rgatishda individuallashtirish va differensiallash asosida yondoshish 0‘sib kelayotgan har bir avlod o‘zining boshqa avlodlarga nisbatan farqlanishi bilan keladi. Ulami kasbga yo‘naltirish o‘ziga xos tomonlar bilan ajralib turadi. Pedagogika aynan shunday tomonlami hisobga olgan holda ularga malaka va bilimlar berib boradi. Bu esa pedagogni har doim yangi usullami qo‘llashi demakdir. Pedagogi- kani muhim vazifalaridan biri bu o‘quvchilami o‘qitish davomida unga xos bo‘lgan individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishdir. Bu jarayonni muhimligi pedagoglar faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 0‘quvchilami individual xususiyatlarini hisobga olish ulami o‘qitishdagi individual va differensial holda yondoshish- da ko‘zga tashlanadi. Bular didaktiv prinsiplami amalga oshirish- dagi individual va differensial yondoshishlarda ko‘zga tashlanadi. Hozirgi vaqtda “individuallashtirish va differensiallash”ga bir butun yondoshish yo‘qdir. Ayrimlar ulami tushuntirishda ularga xos sino- nimlarga yondoshsalar, ayrimlari shulardan bittasini olib uni keng ma’noda ishlatishga intiladilar. Ayrimlaming fikricha o‘qitishni individuallashtirish o‘qitish tempini, maqsadini, o‘qitish usulla- rini, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan darajani va shu kabilami o‘zgarib turishida ko‘radi. Bunga umumiy belgilar asosida shakllantiriladigan guruhlami tashkil etish ham kiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling