F. R. Abduraxmonov
Shaxsni tarbiyalashda pedagog va o‘quvchi muloqoti
Download 1.72 Mb.
|
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2) (2)
Shaxsni tarbiyalashda pedagog va o‘quvchi muloqoti. Shaxsni tarbiyalashda uning muhim tomonlaridan biri bu pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi sodir boiadigan muloqot hisoblanadi. Bu jarayonda pedagog o‘z vazifalarini amalga oshirib borib yosh avlodga o‘z bilim- larini va tarbiyasini berib boradi. 0‘quvchining vazifasi o‘qituvchi, ustozi berayotgan bilimlami o‘zlashtirib borish hisoblanadi. Psixologiya va boshqa fanlar tomonidan olib borilgan izlanishlar bolalami bir xil boimasligini, ulami tuzilishi, nerv - fiziologik xususiyatlari, ma’naviyati, dunyoqarashi, shu vaqtgacha orttirib kelgan bilimlari, yashash sharoitlari va shu kabilar, tarbiyalanuvchilami bir xil emas- ligini tasdiqlaydi va shunga asosan bilimlar berishni talab ham qiladi.
Pedagogik muloqot - bu pedagogning o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqarida sodir boiadigan kasbiy muloqoti hisoblanadi. U o‘ziga xos maium pedagogik vazifani bajarib, o‘quv faoli- yatidagi ijtimoiy - psixologik iqlimni yaxshilashga qaratilgan, ya’ni o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni va o‘quvchilar o‘rtasidagi mu- loqotlami shakllanishidagi ijtimoiy - psixologik iqlimni vujudga keltiradi. Muloqotning yutug‘i bu taiim va tarbiya sohasidagi mu- vaffaqiyatlami rivojlantirish va yanada yaxshi shakllantirishdir. Tarbiyalash o‘zining mohiyati jihatidan - o‘zaro muloqotga kirishish jarayonidir, ya’ni uning asosida o‘zaro muloqotga kirishish yotadi. Muloqot orqali pedagog o‘quvchilami xulq - atvorini va faoliyatini tashkil qiladi. Ulami ishlarini, o‘zlarini tutishlarini baho- laydi, yuz berayotgan jarayonlar, hodisalar haqida maiumotlar beradi, har xil xatti - harakatlardan kuyunish hissini beradi, o‘z imkoni- yatlaridan ishonchni yo‘qolishiga yoi qo‘ymaydi. Bolalar bilan suhbatlashish, kattalar bilan suhbatlashishga nis- batan anchayin qiyin o‘tadi. Bu jarayonda pedagog bolaning ichki dunyosidagi kechayotgan qarama - qarshiliklami, unga so ‘ z bilan mu- rojaat qilganda sodir boiadigan emotsional kechinmalami hisobga olishi, uning kattalar bilan boiadigan munosabatidagi yolg‘onlarga boiadigan hissini bilib turishi kerak boiadi. Bolalarda boiadigan muloqot nafaqat so‘z bilan yana har xil jestlar, mimikalar, qarashlarva hatto jim turish orqali ham sodir boiadi. Muloqot texnologiyasi - bu eng awalo o‘qituvchi shaxsini kasbiy faoliyatda o‘zini imkoniyatlarini ko‘rsatish vositasi hamdir. 0‘qituvchini o‘quvchi bilan boiadigan muloqoti har xil vazifalami bajaradi: Maiumot beruvchilik; Me’yoriy vazifasi; Bilim berish vazifasi; Kommunikativ vazifasi; Boshqarish vazifasi; Tarbiyalash vazifasi. 0‘qituvchi va o‘quvchi o'rtasidagi bo‘]adigan pedagogik muloqotga ko‘pgina pedagoglar e’tibor berib o‘z fikrlarini aytib o‘tganlar. Bular quyidagilar: A.S.Makarenko o‘qituvchini pedagoglik mahorati- ni texnikasini yaxshi egallash kerakligiga e’tibor bergan. S.T. Shatskiy ham bu sohaga e ’tibor berib о ‘qituvchi nafaqat о ‘zi talab qilayotgan ta- lablaming mohiyatiga e’tibor berishi, balki ulami shakli va toniga ham o‘z e’tiborini qaratishi kerakligini ko‘rsatgan. V.A.Suxomilinskiy ham o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotga e’tibor berib, maktabda aytilgan har bir so‘z o‘ylangan, aqlli, maqsadga muvofiq, o‘z vazniga ega boiishi - bu aniq insonga jonli tarzda qadrsizlanmagan holda qaratilgan boiishi va uning qimmati har doim oshib borishi kerak deb ko‘rsatadi. Pedagog va o‘quvchi o‘rtasida boiadigan muloqotda muhim tomonlardan biri bu muloqot qilish stili (demokrati yoki avtoritar) hisoblanadi. 0‘qish jarayonini va intizomni yaxshilash uchun avtoritar yoidan foydalaniladi. Bunda o‘qishni xohlamaydigan, qiziqishi yo‘q, darslarda faol boimaydigan o‘quvchilarga qaratiladi. Demokratlashtirish - bu shaxs va jamiyatning qiziqishlariga qaratilgan burilishdir. Bunda o‘qituvchi bo‘ysundirishdan gumanizatsi- yalashga asoslangan, erkin fikrlovchi, o‘z ehtiyoji va qiziqishlari asosida boshqarish hisoblanadi. Bunda o‘qish va o‘qishdan tashqari jarayonlardabo‘ladiganmuloqotlarda ijobiy muhit sodir bo‘ladi. Kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilarning individual - psixologik tomonlari va ularni pedagog tomonidan hisobga olinishi Kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilaming individual - psixologik tomonlarini hisobga olish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bu masalalar bilan shug‘ullanayotgan maktab psixologi har bir o‘quvchidagi individual psixologik tomonldarni hisobga olishi zarurdir. Qo‘yilganbumasalaningdolzarbligi kasbga yo‘naltirish va uni diagnostika qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ma’lum bir tavsi- yalar beriladi. Kasbga yo‘naltirish bu o‘spirinlik davrining 15-18 yoshiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda rivojlanish o‘z oxirgi stadiyalarini boshidan kechirayotgan davr bo‘ladi. Bu davrda o‘spirinning tafak- kuri emotsional xarakterga mos tushadi, uning intellektual faoliyati affektiv (ochiq emotsional) ko‘rinishda sodir bo‘ladi. 0‘smirda bu davrda o‘z - o‘zini anglash sezilarli ravishda o‘sadi. Bu o‘sish oddiygina o‘sishdan iborat bo‘lib qolmasdan, u sifat jihatidan o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi, bu hoi o‘z shaxsining ma’naviy - psixologik xususiyatlarini aniq hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtayi nazaridan anglash va baho berish ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘ladi. 0‘spirin o‘zining ustunligini va kamchiliklarini o‘smirga nisbatan yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. 0‘spirinda o‘z - o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj o‘sadi. Kasbga yo‘naltirishda o‘quvchining individual - psixologik tomonlari ulardagi sodir bo‘layotgan psixologik jarayonlar bilan psixologik holatlar bilan va xarakter, temperament, qobiliyat kabi tomonlar bilan ham bogiiq boiadi. Takrorlash uchun savollar Pedagogik faoliyat, kasbiy tarbiya va uning psixologik tomonlari. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar va majburiyatlar. Shaxsni tarbiyalashda pedagog va o‘quvchi muloqoti. Kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilaming individual - psixologik tomonlari va ulami pedagog tomonidan hisobga ol'nishi. Hozirgi zamon o‘quvchisi va kasbga yo‘naltirish masalalari. Kasbga xos masalalarni yechishda psixolog va pedagoglardagi psixologik muammolar. 3.8. Kasbiy qobiliyatlarni shakllanganligini diagnostika qilish Kasbiy faoliyat tushunchasi. Yoshlarda kasb tushunchasi va ulardagi qobiliyat imkoniyatlari Izlanuvchi yoshlar kasb - hunar va uni egallash, hayotlarini, kelajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar. Shular- dan kelib chiqib kasb - bu inson hayoti uchun zarur boigan, jamiyatdagi huquqiy normalarga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o‘ziga xos murakkab boigan jarayon deb belgilashimiz mumkin. Kasb - bu insonni maium bir ehtiyoj larini va manfaatlarini o‘zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon boiishidir. Kasbga xos boigan jarayonlar, ulami egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bogiiq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayonlami o‘rganish orqali yoshlarni o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘nalish beruvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o‘ziga xos bo‘Igan tomonlari, insonlami o‘ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo‘lib, inson bu jarayonlami kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o‘zini mhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik tomonlami ham shakllantirib boradi. Kasbiy faoliyat tushunchasi bu juda keng va rivojlanib borayotgan jarayon hisoblanadi .Har bir davming rivojlanishi va o‘ziga xos xarak- teridan kelib chiqqan holda insoniyat kasbiy amaliyoti kengayib bo- raveradi. Kasb tushunchasi, ya’ni professiya - professio - lotincha so‘z bo‘lib “ommaviy chiqish” degan ma’noni bildiradi. Kasb - bu inson mehnat faoliyatining ko‘rinishi hisoblanadi. Bunda inson bir butun nazariy va amaliy malakalami egallagan bo‘ladi. Ko'pgina kasblar o‘zining yo‘nalishlariga ega bo‘lib, bu kasb yo‘nalishlarini egallaganlami shu sohaning mutaxassislari deb yuritiladi. Deylik vrach kasbi, bu kasb o‘z navbatida shu kasbning yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassisslarga, ya’ni vrach terapevt, xirurg, okulist, nev- ropatolog va boshqalarga bo‘linadi. Ko‘rinib turibdiki, bu kasb juda ko‘plab mutaxassislarga bo‘linadi. Har bir davrda yoshlarni o‘zi tanlagan kasbi haqida mustahkam tasavvurlari bo‘ladi. Yoshlar kasb haqida jamiyatdagi talab va ehti- yojlardan kelib chiqqan holda tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Yoshlardagi kasb haqidagi tushunchalar yoshlik davrdan boshlab tadri- jiy rivojlanib borish asosida shakllanadi. Yoshlarni kasbiy yo‘nalishi o‘ziga xos yosh davrlar bilan bog‘liq holda rivojlanib boradi. Mak- tabgacha bo‘lgan davrda bolalarda syujetli - rolli o‘yinlar keng tar- qaladi, ulardan bir qismi kasbiy o‘yinlar xarakteriga ega bo‘ladi. Bolalar vrach, sotuvchi, tarbiyachi, o‘qituvchi, haydovchi, oshpaz kabi rollami o‘ynashadi.Keyinchalik bolalarda kasbga yo‘nalish bemvchi birinchi mehnat qilishga intilish, ya’ni uyni yig‘ishtirish, gullarga qarash, kiyimlarini tozalash va shu kabilar juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu kabi jarayonlar bolada mehnat qilishga qiziqishni uyg‘otadi. Bular har qanday faoliyatning asosini tashkil etuvchi ijobiy motivatsiyalami tashkil etadi va umuman kattalami mehnati haqidagi bilimlami boyitib boradi. Kasbiy rolli o‘yinlaming natijasi - bu oddiy mehnat jarayonlarini bajarish, kattalami qilayot- gan mehnatlarini kuzatish bolalarda maktabgacha bo‘lgan “kasb tanlashning” ko‘rinishi hisoblanib, bular asosida ular kasblami farq- lash, har xil mehnatlami bilishga olib boradi. Kichik maktab yoshida esa bolalar kattalarga taqlid qilib boradilar. Bu yerda kattalami, o‘qituvchilami, ota - onalami, qarin- doshlami, yaqin tanishlami bolalarda qaysi kasbga layoqati borli- giga baho berish boshlanadi. Bu yerdagi ikkinchi muhim tomon bu bolalardagi xususiyat - ya’ni motivlardagi yutuq va asosiy faoliyati ко‘rinishi bo‘lgan о‘qish jarayoni hisoblanadi. Bolalami o‘qishdagi, o‘yin faoliyatidagi va mehnatdagi faoliyatlari asosida o‘z qobiliyatlarini anglash, ulami o‘zlari xohlagan kasb haqida tasavvurlarini shakllantirishga olib keladi. Boladagi kichik maktab yoshidagi qobiliyatlami rivojlanishi ularda individual farqlanishni yaqqol ko‘rsatib qo‘yadi, bular esa qaysi kasb ularga yoqishini ko‘rsatib beruvchi spektrlami rivojlantiradi. 0‘qish va mehnat faoliyati bolalardagi qayta takrorlovchi va natijaga ega (ijodiy) ha- yolni rivojlanishiga olib keladi. Bunday qobiliyatlar asosida har xil mehnat turlarini mohiyatini tushunish shakllanadi, о‘zini shu faoli- yatda ishlashini tasavvur qiladi. Bolada ranglardagi kasbiy hayol paydo bo‘ladi, bu esa uning kelajagida qanday kasb tanlashiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 0‘smirlik yoshi - bu davrda o‘smir birinchi marotaba o‘z naf- soniyatiga asosan kasb tanlashga kirishadi. 0‘smirlik bu shaxs bo‘lib shakllanishning eng muhim, javobgarlikni his qilish bilan bog‘liq davrdir. Bu davr har xil mehnat turlariga ahloqiy muno- sabatlar o‘matiladigan davrdir. Bu davrda har xil kasbni tanlash bilan bog‘liq qadriyatlar tizimini shakllanishi bilan bog‘liq davr hisoblanadi. Kattalami tashqi ko‘rinishlariga taqlid qilish bilan o‘g‘il bolalar “haqiqiy erkaklar”ga xos bo‘Igan kasblami tanlashni xohlab qola- dilar (deylik, uchuvchi bo‘lishni, kosmonavt bo‘lishni va shu kabilar). Qizlar esa ayollarga xos bo‘lgan ishlami ko‘zlaydilar (deylik, qo‘shiqchi bo‘lishni, tikuvchi bo‘lishni, suhandon bo‘lishni va shu kabilar.). Romantik kasblarga intilish ommaviy axborot ma’lumotlari orqali ularda shakllanadi. Yoshlarni 14-15 yoshidagi kasb tanlashi bu juda qiyin va murakkab jarayondir. Bu davrda ular qaysi kasbni tanlashlari hali yet- arli aniqlanmagan bo‘ladi. Kelajakni aniq ko‘ra olmaslik ularda o‘zining “Men”ligini anglash refleksiyasini rivojlantiradi. Ular o‘zlariga Men kimman? Mening qobiliyatim qanday? Mening hayotiy ideallarim qanday? Men kim bo‘lishni xohlayman? kabi savol- lami bera boshlaydilar. Ko‘pgina kasbiy maktab o‘quvchilari uchun bunday o‘z - о‘zini tahlil qilish kasbiy o‘z - о‘zini aniqlab olish bilan bog‘liqbo‘lgan psixologik jarayonlami uyg‘otadi. Lekin aynan kasbiy o‘quv maskanlarida, litsey va kollejlarda o‘qiyotgano‘quvchilar kasbiy bilimlar olib o‘zlarini aynan kasblarini belgilab olishlari zarur bo‘Igan davrdir. Lekin amaliy otdagi statistik ma’lumotlar bu yosh- lami o‘zlari uchun ma’lum bir kasbni tanlab olganliklarini psixologik asoslab bergan emas. Ulami kelajakka psixologik intilishi, shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z kelajaklarini to‘g‘ri tanlangan kasblarsiz, bu kasblami egallamasdan turib o‘z kelajaklarini ko‘ra olmasliklarini ko‘rsatadi. Shunday qilib aytish mumkinki, bu davrda o‘smirlar uchun o‘quv kasbiy yo‘nalishni o‘zlari uchun tanlab olishi eng muhim, zaru- riy jarayondir. Bunda ular kasbga va uning yo‘nalishlariga bo‘Igan munosabatlami shakllantirib boradilar. 0‘smirlik davrining, ya’ni jis- monan yetilish va ruhan bir xillikka o‘tishi ko‘p jihatdan ulami bosiq va o‘ylab ish qilishga olib keladi. 0‘zlarini “Men”ligini tanib borib o‘zlari uchun kerak bo‘lgan kasblami tanlay oladilar. Shaxs shakllanishining har xil davrlarida kasbiy o‘z - o‘zini belgilash
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling