F. R. Abduraxmonov


Kasb psixologiyasining obyekti - bu shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bu ta’sirning natijalarini o‘rganish hisoblanadi


Download 1.72 Mb.
bet4/52
Sana12.02.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1190979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2) (2)

Kasb psixologiyasining obyekti - bu shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bu ta’sirning natijalarini o‘rganish hisoblanadi. Inson o‘z hayoti davomida kasb tanlar ekan, bu ikki jarayon o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sirdan insonda qoniqish yoki qoniqmaslik jarayoni paydo bo‘ladi. Qoniqish insonni o‘z hayotini yaxshi qurishiga, undan o‘ziga xos foyda ko‘rishga olib keladi. Qo­niqmaslik esa insonni o‘z kasbini o‘zgartirishga va tanlagan kasbidan qoniqmaslikka olib keladi.
Kasb psixologiyasining obyekti bo‘lib shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hisoblanadi. Kasb psixologiyasi shaxsni kasb egal- lab borishini o‘rganadi. Kasb psixologiyasini o‘rganishning marka- zida shaxsni kasbiy rivojlanib borishi va kasbni tanlab olishi yotadi. Bu yerda shaxs kasbiy shakllanishning subyekti sifatida qaraladi.
Kasbni o‘rganish davomida mutaxassisni kasbiy xulqiga va har xil ijtimoiy madaniyat va ijtimoiy iqtisodiy sharoidlardagi xatti - harakati- ga e’tibor beriladi. Kasbni egallashdagi individual xususiyatlarga va shaxsni tizimiga uning ta’siri ham o‘rganiladi. Asosiy diqqat shaxsning bilimlariga asoslangan kasb yutuqlariga, motivatsion va psixologik omillariga qaratiladi. Inson va uning kasbi, kasbiy roli va kasbning du- nyo tizimidagi munosabati kabilar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi hozirgi zamon kishisi uchun kasbiy faoliyat- ning ahamiyatini, insonni kasb egasi bo‘lib borishdagi individual qir- ralarini, bolalik davridagi kasbga bo‘lgan munosabatlami о‘sib bor­ishini, kasbiy qadriyat va mehnat motivlarini, kasbiy mehnatdan qo- niqishini, shuningdek kasbni inson biografiyasiga ta’sirini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasining obyekti bo‘lgan shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro munosabat shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlar va individual - psixologik jarayonlarga va kasbga xos bo‘lgan xu­susiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuni aytish joizki, kasbga xos bo‘lgan psixologik va kasbni o‘ziga xos tomonlari ham mavjuddir. Deylik, tikuvchilik kasbi va uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, psixologik tomonlari mavjud. Bu kasb egasi materiallami yaxshi bilishi, uni sifati va tikilish usullari, estetik va dizayn bilan bog‘liq nozik tomonlarini har doim sezib turadi. Demak, tikuvchining psi- xologik xususiyati bu uning nozik ta’bligi, odamlaming ruhiyati bi­lan bogiiq didini yaxshi sezgan holda ishini bajarishi kerakligini ko‘rsatadi. Tikuvchi insonni go‘zal kiyimlar bilan bezatishga in- tiladi. Bu materialni tayyorlab beruvchi boshqa kasb egalari ham o‘zlariga xos bo‘Igan psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Al- batta, ko‘rinib turibdiki, shaxs va kasb o‘rtasidagi me’yoriy mu- nosabat amalga oshirilayotgan ishlami sifatini tashkil etadi. Kasb psixologiyasini psixologiya fanining mustaqil yo‘nalish ekanligini ko‘rsatish uchun mehnat psixologiyasini, injenerlik psixologiyasini, pedagogik va yosh davrlar psixologiyasini predmeti va obyektini farqini ko‘ramiz. Bunda kasb psixologiyasini boshqa psixologik fanlar bilan uzviy bog‘liqligi va ularni o‘rganish predmetlari kasb psixologiyasi uchun ahamiyatli ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Kasb psixologiyasi bu fanlar predmeti va o‘rganish obyektini farq- lanishi bilan birga ularni olib borayotgan tadqiqotlari yutuqlariga ham suyanadi. Kasb psixologiyasining predmetini o‘rganish orqali insonlami kasb tanlashga yo‘naltiriladi. Kasb psixologiyasi injener­lik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, yosh davrlar psixologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ulaming yutuqlaridan foydalangan holda yoshlarni kasbga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.
Kasb psixologiyasining o‘rganish predmeti shaxsga xos bo‘Igan psixologik xususiyatlardan kelib chiqib kasbga insonni qiziqishini, bu kasbni egallash balan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar va manfaatlar- ni, maqsad va intilishlarini o‘rganadi. Har bir inson o‘ziga yarasha individual ekanligini undagi psixologik xususiyatlar o‘ziga xos ja- rayon ekanligini o‘rganib boradi. Deylik ayrim yoshlar kasbni tez o'rgansa ayrimlari unchalik diqqat qilmaganligi, e’tiborsizligi tu- fayli kasbni o‘rgana olmasligini ko‘rish mumkin. Jadval: [18, 17. ]


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling