F. R. Abduraxmonov
Download 1,72 Mb.
|
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2) (2)
Pedagogning ahloqiy ongi ahloqiy bilimlar, ahloqiy hissiyot, ishonch, iroda va ideallarga asoslangan holda o‘zining kasbiga xos xatti - harakatlarda ko‘zga tashlanadi. Pedagogning ahloqi bu shaxs ahloqiy madaniyatining bir bo‘lagi bo‘lib, o‘zida umu- minsoniy, milliy, kasbiy madaniyatni birlashtirib turadi.
Pedagog shaxsining ahloqiy madaniyati - bu bir butun ele- mentlar tizimi boiib, quyidagilami o‘ziga qamrab oladi:
Pedagogning ahloqiy ong tizimiga quyidagilar kiradi:
Pedagog o‘z faoliyati davomida ishlarini tashkil qilish jaray- onida ishbilarmonlik qobiliyatlaridan foydalanishi zamr boiadi. Ishbilarmonlik nima? Bu pedagogni o‘qitish jarayonida uni tashkil eta olishi va unumli darslami tashkil eta olishidir. Ishbilarmon o‘qituvchi o‘zidagi qobiliyatlami ishga solgan holda bolalarga berilayotgan darslami tashkil etish, bolalami imkoniyatlaridan to‘la foydalana olish, darslami sifatini oshirishga intilish kabi ko‘plab tomonlami o‘zida aks etdiradi.Pedagogning ishbilarmonligi bu o‘zida psixologik tomonlami qamrab oluvchi jarayon hisoblanadi. Pedagog ishbilarmon boiishi uchun eng awalo diqqatini muammoga qarata olishi, bu masalalarni tafakkurga xos boigan jarayonlardan o‘tkaza olishi, o‘z hayollarida uni rejalay olishi va hal qilish yoilarini topi- shi kerak bo‘ladi. Pedagog o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatda ularga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlami bilishi va ulardan keng foydalana olishi ham zarurdir. Ishbilarmon o‘qituvchi o‘zida ma’lum bir psixik xususiyatlami rivojlantirishi va ulardan unumli foydalana olishi zarurdir Ishbilarmonlik o‘qituvchini o‘z faoliyatini rejalay olishni, darslami o‘tishga ta’sir etuvchi omillami yaxshi bilishi, bilim va malakalami har doim rivojlantirib borishni, har doim o‘quvchilami kuzatib borishni va ulardagi psixik xususiyatlami diqqat bilan o‘rganishni talab qilib boradi. Takrorlash uchun savollar
3.6 Kasbga o‘qitishda tarbiyalash va o‘z - о‘zini tarbiyalash psixologiyasi Kasbga o‘qitishda tarbiya va uning roli Kasbiy tarbiya tarbiya tizimining bir qismini tashkil etadi. Unda “inson - kasb” munosabatlarini shakllantiriladi. Kasbiy tarbiyaning izlanish obyekti sifatida serqirra yo‘nalishlarga ega: bular ijtimoiy, falsafiy, ijtimoiy - pedagogik, ijtimoiy - psixologik, madaniy - ma’naviy o‘rganishyo‘nalishlaridir. Bozor iqtisodi munosabatlariga o‘tish davrida kasbiy tarbiyaning e’tiborga loyiq bo‘lgan ijtimoiy - iqtisodiy, madaniylashganligi, ijtimoiy - peadagogik va psixologik yo‘nalishlari ko‘zga tashlanadi. Aynan kasb mutaxassissi sifatida ijtimoiy kasbiy kompitentlik va kasbiy madaniyat uning taraqqiyotida birinchi darajali rolni o‘ynashi ko‘rinadi. Jamiyatning hozirgi taraqqiyoti, o‘zining murakkabligi va o‘zgarib borish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Bunda yosh mutaxassislami shaxsini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish, jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi, uni yangi kasbiy mahorat va madaniyat bilan ta’minlovchi insonlami tarbiyalash vazifasi yotadi. Yuksak da- rajadagi kasbga ega bo‘lgan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan shaxslami tarbiyalash bu jamiyat taraqqiyotini va ijtimoiy munosabatlarini bir xilda rivojlantirish sharoitini yaratadi. Tez o‘zgarayotgan texnologiyalar, undagi ilmiylik darajasi kasbiy moslashishni, yangi kasbiy psixologiyani, yangi darajadagi madaniyatni talab qilib bormoqda. Bozor iqtisodi sharoitida kasbni yaxshi egallash insonni ijtimoiy himoyalanganligini bir ko‘rinishi hisoblanib, uning ijtimoiy o‘zini tasdiqlashini, o‘zini shu faoli- yatga baxshida etishini va a’lo darajada ishbilarmonlikni tashkil etishga olib keladi. Hozirgi kasb sohasini egallayotgan insonni raqobatbardosh mutaxassis sifatida na faqat keng va sifatli bilimi, balki yuksak darajadagi kasbiy madaniyati, kasbiy tarbiyalangan- ligi, kasbiy kompitentligini egallash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirda yosh kasb egalarini tarbiyalashda quyidagi tarbiya yo‘nalishlari ko‘zga tashlanadi. Bular ijtimoiy, vatanparvarlik, fuqa- rolik, huquqiy-fuqarolik, badiiy-estetik, milliy va shu kabilar. Kasbning ma’naviy elementlariga: 1) ishlab chiqarish qurollari va mehnat qurollarini ishlata olish qobiliyati; 2) amaliy ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lish, ishlash davomida predmetlaming xususi- yati va mehnat qurollarini ishlata olishni egallab borish; 3) fanni egallash davomida ilmiy bilimlami egallab borish. Yoshlami kasbga tarbiyalab borishda quyidagi mehnat bilan bog‘liq tarbiya ко‘rinishlarini ajratish mumkin:
-Mehnatga amaliy tayyorgarlik - ish qobiliyatini о‘stirib borish, yetarli darajada jismoniy va aqliy о‘sib borish, bilimlarini о‘stirish, umumiy mehnat jarayonida ko‘nikma va malakalami о‘stirib borish
Kasbiy tarbiya tizimiga kiruvchi quyidagi komponentami ajratamiz:
0‘rganilayotgan hamma kasbiy tarbiyani uchta guruhga bir- lashtirish mumkin:
*guruhiy *ommaviy Yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan kasbiy tarbiyaning quyidagi metodlarini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi: 1. Shaxsni ongini shakllantirish metodi;
Kasbiy tarbiyada shuningdek sinf rahbari o‘quvchilar bilan ishlash metodlaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi:
Kasbiy tarbiyalashda o‘quvchilar bilan ishlashda quyidagi shakl- lami ham ko‘rsatish mumkin:
Kasbiy tarbiya kasb psixologiyasining asosiy masalalaridan bo‘lib u pedagogik psixologiyaning o‘rganish tarmoqlariga ham kiradi. Pedagogik psixologiya bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy tarbiya kasbga o‘qitish va unga xos bo‘lgan kasbiy tarbiyaning mexanizmlarini o‘rganadi. Kasb tushunchasi asosida mehnat faoliyatining ma’lum bir yo‘nalishi nazarda tutilib, unga xos bo‘lgan tarbiya masalalari ham uning ichiga kirib ketadi. Unda ma’lum bir tayyorgarlik ko‘rish va inson manfaatlari uchun kerakli boigan moddiy ta’minot masalalari yotadi. Yoshlarni shu kasbga tayyorlashda esa unga xos boigan kasbiy tarbiya ham o‘z o‘mini egallaydi. Kasb tanlashda insonni o‘z - o‘zini tarbiyalashi psixologik jarayon sifatida Inson ulg‘ayib borib o‘zi uchun kerakli boigan, o‘zini va bo- lalarini boqa oladigan kasbni tanlay olishi zarur boiadi. Hayotda insonga qiziqarli boigan juda ko‘p kasblar mavjrddir. Psixolog va pedagoglar inson bu kasblami egallay olishini va bunga ularda barcha imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatib beradilar. Inson xilma - xil kasblardan faqat bittasinigina egallashi, uni o‘zining manfaatlari- dan kelib chiqib tanlashi kerak boiadi. Bunday jarayon, ya’ni kasb tanlash qanday tarzda sodir boiadi. Insonni kasb tanlashi vaunga tayyorgarlik bu uzoq davom etadigan jarayondir. Kasb tanlash bu birdaniga boiadigan jarayon emas. Kasb tanlash bir qancha etaplardan tashkil topadi. Bu etaplar bir butun holda yuz beradi. Bu etaplami davomiyligi quyidagilardan tashkil topgan. -Tashqi sharoitlar;
Kasb tanlashning 8 ta tomonini E.A.Klimov ko‘rsatib beradi. Bular:
Insonni kasb tanlashi psixolog I.Konning fikricha, bolalik davri- dan boshlanadi - bu o‘yinlar tarzida, bunda bola har xil kasb bilan bog‘liq o‘yinlami, rollami o‘ynaydi. Bola bu rollami bajarishda har xil simvolik narsalardan foydalanadi. Deylik stuldan - rasta, qog‘ozdan - pul sifatida foydalanadi. Bular asosida ma’lum bir rol- lar o‘ynaladi. Kasb tanlashda inson eng muhim jarayonni boshidan kechiradi. Bu kasb tanlashda o‘z - o‘zini tarbiyalash, tayyorlash hisoblanadi. О‘zini kasb tanlashga diqqatini qaratilishi bolada shu kasbga bo‘lgan intilishlardan boshlanadi. Bu intilishlar har xil motivlar asosida sodir bo‘ladi. Inson o‘zi uchun kerakli bo‘lgan kasbni tanlashi juda ko‘plab omillar asosida shakllanib boradi. Lekin bu omillami o‘sib kelayotgan avlod o‘zida singdirishi va ongli ravishda kasbni tanlashi lozim bo‘ladi. Kasb tanlashda inson o‘z o‘zini tarbiyalab boradi, bu esa insonni o‘zini anglashi, maqsad va manfaatlarini chuqur tahlil qilgan holda amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Yoshlardagi kasb tanlash jarayoni bu psixologik jarayon bo‘lib ulami shu kasbga olib keluvchi omillarga asoslanadi. Yoshlardagi psixologik jarayonlar va xususiyatlar bir xil bo‘lmaydi. Bu ular- ning individual - psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayrim bolalar о‘zligini anglab olgan bo‘lsalar, ayrimlari boshqalaming ta’siriga tushadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, kasb tanlashda bolaga ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Boladagi tetiklikvabo‘shlik bu kasbni tanlashiga sababchi bo‘ladi. 0‘z-o‘zini tarbiyalash - bu ongli faoliyat bo‘lib insonni shaxs sifatida o‘zini to‘la-to‘kis imkoniyatlaridan foydalana olish hisoblanadi. Inson o‘zini boshqarish mexanizmlarini faollashtirish asosida amalga oshirishi kerak boigan maqsadlami, g‘oyalami, shaxsiy fikrlami aniq bilishga asoslanadi. U bevosita tarbiya bilan bogiiq holda shaxsni shakllantirish jarayonini mustahkam- laydi, balki uni yanada rivojlantiradi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash- ning zaruriy komponentlari - bu insonni shaxsiy rivojlanishini o‘zi tahlil qilishi,o‘zini o‘zi tasdiqlashi va o‘z - o‘ziga g‘oyalami singdirishi hisoblanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashning zaruriy sharti boiib eng awalo o‘zini yaxshi bilish, o‘ziga to‘g‘ri baho berish va o‘z - o‘zini anglash hisoblanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash bir qarcha obyektiv va subyektiv sabablar bilan: hammadan yaxshiroq boiish, jamiyatni fuqarolarga boigan talabi bilan, ulaming maiumoti va sifati bilan, o‘quvchilami o‘qitish va tarbiyalashdagi pedagogik ta’sirlar bilan bogiiq. Mana shular asosida o‘z - o‘zini tarbiyalash uchun ichki sharoitlar shakllanib ehtiyojlar, manfaatlar, qarashlar va ishonchlar asosida insonda hayotiy g‘oya va maqsadlar aniqlanadi. Insonni o‘z - o‘zini boshqarish mexanizmlarini faollashishi asosida, о ‘z - о ‘zini tarbiyalash shaxsiy hayot mazmunini, maqsadlarini aniq anglab olinadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashning zaruriy komponentlari - bu shaxs rivojlanishining refleksiyasi, o‘z - o‘ziga hisobat berish, o‘z - o‘zini nazorat qilish hisoblanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash usullariga quyidagilar kiradi: o‘zidan qoniqqanlik, o‘z - о‘zini muhokama qilish, o‘z - o‘zini ishontirish, o‘z - o‘ziga maqsadlami, manfaatlami singdirish, shuningdek o‘z - o‘ziga buyumq berish. 0‘smirlik davrida o‘z - о‘zini tarbiyalashda muhim rolni o‘ziga baho berish o‘ynaydi. Bunda bola o‘zining imkoniyatlariga baho beradi va o‘zini shunga tayyorlab boradi. Pedagogika o‘z-o‘zini tarbiyalash tushunchasiga insonning ichki ruhiy dunyosini qo‘yadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashda tashqi omillar - bu faqat tashqi sharoitlar, uni qo‘zg‘ovchi omillar, harakatga keltiruvchi manfaatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham filosoflar, psixologlar va pedagoglar inson ruhiyatiga uni rivojlantiruvchi, harakatga keltiruvchi kuch deb qaraydilar. Tarbiyalab borish davomida o‘smimi о‘zini o‘zi tarbiyalashga ham e’tibomi jalb qilish kerak bo‘ladi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash ma’lum bir darajada shaxsni rivojlan- ganligini ko‘rsatadi, ya’ni uni o‘z - o‘zini anglaganligi, o‘zini xatti- harakatlarini boshqalaming harakatlari bilan taqqoslashda ko‘zga tashlanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashni asoslari bo‘lib va insonni yetukligini ko‘rsatuvchi tomonlar bo‘lib kishining o‘z imkoniyat- lariga, ixtidorlariga bo‘lgan munosabatini, o‘ziga bergan bahoni to‘g‘riligi, o‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishlik hisoblanadi. 0‘z
Insonni o‘z “Men”ligini tanishi va kasb tanlashdagi uning ahamiyati Insonni dunyoga kelishi va rivojlanib borishi bu biologik va sotsial jarayonlaming natijasidir. Inson rivojlanib borishi davomida o‘zida psixologik rivojlanish etaplarini bosib o‘tadi. Shunday rivojlanish ja- rayonlaridan biri bu insonda o‘z “Men”ligini tanish hisoblanadi. Psixologiya fanida o‘ziga baho berish, о‘zini bilishni, anglashni, o‘zining “Men”ligini bilishi deb hisoblanadi. 0‘zini - o‘zi anglash bu demak o‘zini kuchiga, imkoniyatlariga, shaxsiy sifatlariga, ulami rivojlan- ganlik darajasiga yetarli darajada baho bera olish hisoblanadi. “Men” konsepsiyasi - bu o‘zi haqida o‘zida umumlashgan tasav- vurlardir. 0‘z xususiy shaxsi haqidagi ustanovkalar tizimidir. “Men” konsepsiyasi insonda bolalik davridan boshlab shakllanadi. Buni qisqacha quyidagicha ko‘rsatib o‘tamiz:
0‘ziga baho berish shaxsni ijtimoiy moslashishini sezilarli darajada belgilab beradi. U shaxsni xulq - atvorini va faoliyatini boshqa- rib turadi. 0‘z - o‘zini baholashning o‘z faoliyati jarayonida va shaxslararo o‘zaro munosabatda yuz beradi. 0‘zini hurmat qilishga va o‘zini baholashni shakllanishiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Bular ilk bolalik davrdanoq boshlanadi, ya’ni ota - onaning munosabati, tengqurlar o‘rtasidagi holat, pedagoglami munosabatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 0‘zi haqidagi odamlaming fikri taqqoslash orqali inson o‘ziga o‘zi baho bera boshlaydi. Shunisi diqqatga sazovorki inson awalo boshqalami baholashga o‘rganadi, keyin esa o‘ziniham baholaydi. 14- 15 yoshga kelib o‘smir o‘zini tahlil qilish vao‘zigaham baho berishga o‘rganadi. Psixologiyada o‘zigabaho berish о‘zini bilishning fenomeni sifatida qaraladi. 0‘zini bilish - bu insonni o‘z - o‘zini anglash bo‘lib, o‘zini “Men”ligini anglash hisoblanadi. 0‘zini anglash-bu insonni o‘z kuchiga ishonish, imkoniyatlarini baholay olish, shaxsiy sifat da- rajasini va ulami rivojlanganligini ko‘ra olish va o‘ziga hisobat berish hisoblanadi. 0‘zini hurmat qilish bu “Men”ligini baholashda muhim tu- shuncha hisoblanadi deb ko‘rsatadi ( Myers D G Social psychology HcCraw-Hill education 2002 ) Meyrs D. o‘zining kitobida. Bu yerda Meyrs D. bolani o‘zini hurmat qilishini o‘z “Men”ligini tanishidagi muhim omillardan deb biladi. Meyrs “Men konsepsiyasini ijtimoiy psixologiyada o‘rganishning ahamiyati shundaki, u bizning tafak- kurimizni va ijtimoiy xulq - atvorimizni boshqaradi” deb tushun- tiradi. Men konsepsiyasida ijtimoiy malaka ma’lum bir muhim rolni o‘ynaydi. Bunga quyidagi omillami ko‘rsatish mumkin deb yo‘nalish beradi D. U. Meyrs quyidagilami “Men” likni tashkil topishidagi omillar deb yo‘nalish beradi: Download 1,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling