Tayanch tushunchalar:
Hamkorlik – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining o‘zaro muloqotiga asoslangan ijodiy faoliyat jarayoni.
Komil inson – inson aqliy takomillashuvi bosqichlaridan biri.
Komillik – insonga xos xislat, u har bir davrga mos mazmun-mohiyat kasb etadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Mustaqil O‘zbekistonda oilalarni farovonligini oshirish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2. Oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash shart-sharoitlari deganda nimani tushunasiz?
3. MTMning oila bilan ishlash shakllaridan misol keltiring.
4. Ota-onalar majlisi kim tomonidan o‘tkaziladi?
5. Ota-onalar qo‘mitasga kimlar saylanadi?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. MTMlarda xodimlarning oila bilan hamkorlikdagi ishlarining shakl va usullarini keltiring.
a) Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash (oilaga tarbiyasining borishi, ota-onalar uchun suhbatlar, maslahatlar)
b) Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil etilgan ishlar (ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, shanbaliklar, anjumanlar)
v) Ota-onalarga pedagogik bilim berish
g) Hamma javoblar to‘g‘ri
2. MTMning vazifalarini ko‘rsating.
a) Bolalarga tarbiya berish
b) Bolalarni jismoniy rivojlantirish
v) Bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlikni tarbiyalash, bolalarni tafakkurini rivojlantirish, bolalarni jismoniy, ruhiy sog‘lomligini ta’minlash.
g) Bolalarni maktabga tayyorlash
3. MTMning pedagogik jamoasi va pedagogik kengashini kim boshqaradi?
a) Uslubchi
b) Mudira
v) XTB
g) Vazirlik
4. Ota-onalar qo‘mitasining yig‘ilishi qanday muddatda o‘tkaziladi?
a) har oyda
b) ikki oyda bir marta
v) bir yilda ikki marta
g) uch oyda bir marta
5. Ochiq eshiklar kunida kimlar qatnashadi va yiliga necha marta o‘tkaziladi?
a) Vazirlikdan vakil qatnashadi – bir oyda bir marta
b) XTB uchun bir yilda bir marta
v) Ota-onalar uchun tashkil etiladi, yiliga 1-2 marta o‘tkaziladi
g) Mudiralar uchun tashkil etiladi, har oyda bir marta
Do'stlaringiz bilan baham: |