Tayanch tushunchalar:
Faoliyat – kishining madaniy ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasi.
Tushuntirish – ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi sanaladi.
Tushuncha – bu narsa va hodisalarning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi fikr – tafakkur shakli.
Nazorat uchun savollar:
1. Bolalar faoliyatining qanday turlari mavjud?
2. Mashg‘ulot jadvali tuzishda qanday talablarga rioya qilinadi?
3. Bolalarni mustaqil faoliyatga tarif bering?
4. Kechki saylning mazmun va mohiyatini yoriting?
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatddan tarbiyalashda mashg’ulotlarni ro’lini izoxlang.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sayr jarayoni mazmuni nimalardan iborat va qachon tashkil etiladi?
a) Ertalabki mashg‘ulotdan keyin, kechki soatda uyqudan so‘ng
b) ertalabki qabuldan so‘ng
v) nonushtadan so‘ng
g) tushlikdan so‘ng
2. Bolalarni mustaqil faoliyatiga nimalar kiradi?
a) didaktik va harakatli o‘yinlar, rasm chizish, loydan narsa yasash, rasmlar tomosha qilish, musiqa tinglash
b) sayrni kuzatish
v) ekskursiyani o‘tkazish
g) kattalar mehnati
3. Bolalarni mustaqil faoliyati qachon tashkil etiladi?
a) ertalabki nonushtadan keyin, ertalab qabul vaqtida, sayrda
b) kunning ikkinchi yarmida
v) sayr o‘tgan paytda
g) mashg‘ulotlar vaqtida
4. Kunning ikkinchi yarmida qanday vazifalar rejalashtiriladi?
a) Guruhdagi va sayrdagi ishlar rejalashtiriladi, o‘yinlar rejalashtiriladi (stol bosma o‘yinlari, didaktik o‘yinlar).
b) Ko‘ngil ochishlar
v) Harakatli sport musobaqalari
g) Bayramlar rejalashtiriladi.
5. Kunning ikkinchi yarmida uyqudan keyin o‘yinga qancha soat ajratiladi?
a) 1 soat
b) 45 daqiqa
v) 30 daqiqa
g) 50 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |