F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktabgacha pedagogika fani bo‘yicha izohli lug‘at


Download 1.35 Mb.
bet215/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha pedagogika fani bo‘yicha izohli lug‘at.

Yondashuv – bu pedagogic faoliyatning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan g‘oyalar, tushunchalar va usullar majmuini qo‘llashga undaydigan metodologik yo‘naltirish.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – pedagogning butun diqqat-e’tiborini bola shaxsining yaxlitligiga qaratilishi, uning nafaqat aql-zakovati, fuqarolik mas’uliyati hissi, balki emotsional, estetik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan yondashuv.

Individual yondashuv – ta’lim beruvchining guruhdagi har bir faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishini hamda mo‘ljallanayotgan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e’tiborga olishini bildiradi.

Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti – bola rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar (o‘yinlar, o‘yin predmetlari va jihozlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanis uchun mo‘ljallangan uskunalar) o‘zaro bo‘g‘liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko‘rsatkichlar.

Inklyuziv ta’lim – har bir bolaning, shu jumladan, alohida talab-ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatiga egaekanini ko‘zda tutuvchi ta’lim turi.

Model (lotincha – me’yor, namuna) – hodisa yoki jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi.

Sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish, bolalarning sog‘lig‘ini (ham ruhiy, ham jismoniy) ta’minlash imkoniyatini yaratadigan, ularni maktabga muvaffaqiyatli kirishga yordam beradigan o‘qishga qiziqish va hohish uyg‘otadigan dasturlar bo‘yicha o‘qitish, ota-onalarning ijobiy bahosi, o‘qitishda ijtimoiy natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi.

Integrallashgan rejalashtirish – bu bolalarni o‘qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir, bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik, bir butun majmua sifatida qarash lozim. Shu ma’noda turli sohalardagi ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq va bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan jarayondir.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling