Huquqiy ta’lim berish vazifalari:
Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish;
Huquq me’yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his-tuyg‘usini uyg‘otish;
Tevarak-atrofda bo‘ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga o‘rgatish.
Huquqiy tarbiya berish vazifalari:
Ona Vatanni sevish, uni e’zozlash tuyg‘usini singdirish;
Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o‘stirish.
Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish.
Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo‘llarini ko‘rsatish.
Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, O‘zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g‘oyalar egallaydi.11
Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalik yuqori shakllanganligi ularning huquqiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Huquqiy madaniyat – davlat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so‘z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me’yorlarga rioya qilish va bo‘ysunishdir.
Huquqiy ong – huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me’yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, o‘rnatilgan qonunni qo‘llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to‘g‘risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli – huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Siyosiy;
Axloqiy;
Diniy;
Huquqiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |