F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan
O‘QUV QO‘LLANMADA ISHLATILGAN
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash
O‘QUV QO‘LLANMADA ISHLATILGAN
IBORALAR VA LOTINCHA TERMINLARNING IZOHI 1. Abdominal – (soha) qorin sohasi. 2. Avitaminoz – vitaminlar yetishmovchiligi. 3. Amneziya –xotiraning yo‘qolishi. 4. Analgeziya – og‘riq qoldirishi. 5. Anoreksiya – ishtahaning buzilishi. 6. Anemiya – kamqonlik. 7. Anomaliya – normadan tashqari (tabiiy emas). 8. Antibiotik – mikroblarga qarshi kurashuvchi dori vositasi. 9. Artrit – bo‘g‘im yallig‘lanishi. 10. Adaptatsiya – moslashish, ko‘nikish. 11. Akkupunktura – igna sanchish bilan davolash usuli. 12. Allergiya – organizmning yot moddaga (oqsil, dori-darmon, yoki kimyoviy modda va h.k.) noadekvat reaksiyasi. 13. Apatiya – befarqlik, atrofga loqaydlik (insonning ruhiy holati). 14. Assimmetriya –nosimmetrik. 15. Arteriya – yurakdan qon olib ketuvchi tomirlar. 16. Afagiya – yuta olmaslik, yutina olmaslik. 17. Bulimiya – ochko‘zlik (ovqatga nisbatan), yeyishdan o‘zini to‘xtata olmaslik. 18. Bronxlar – (anatom) nafas yo‘li – traxeyalarga bo‘linib, chap va o‘ng bronxlarga ajratiladi. 19. Bronxial astma– nafas qisishi bilan kechuvchi infeksiyali-allergik kasallik. 20. Vena – yurakka qon olib keluvchi tomirlar. 21. Vertebra – umurtqa pog‘onasi. 22. Virus – to‘liq bo‘lmagan parazit hujayra, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi. 83 23. Gaster – oshqozon. 24. Gipertoniya–qon bosimining doimiy oshib ketishi. 25. Gidroterapiya – suv bilan davolash. 26. Gidromassaj – suv yordamida massaj qilish usuli. 27. Dezinfeksiya – mikroblarga qarshi kurashish, zararsizlantiruvchi chora. 28. Deformatsiya – tabiiy shaklning yo‘qolishi, shakl (formasi)ning o‘zgarishi 29. Dispepsiya – hazm qilishning buzilishi. 30. Dilatatsiya – bo‘shashish. 31. Disfunksiya – faoliyat buzilishi. 32. Degidrotatsiya – suvsizlanib qolish. 33. Enterit – ingichka ichak yallig‘lanishi kasalligi. 34. Ezofagit – qizilo‘ngach shilliq pardasining yallig‘lanishi. 35. Kolit –yo‘g‘on ichak shilliq pardasining yallig‘lanish kasalligi. 36. Kolpit – ayollarda qin shilliq pardasining yallig‘lanish kasalligi. 37. Mastit – ayollarda sut bezi to‘qimasining yallig‘lanishi 38. Miozit – (mio-mushak) mushak to‘qimasining yallig‘lanishi. 39. Ortoped – suyaklar kasalliklarini davolovchi shifokor. 40. Osteit – suyak to‘qimasining yallig‘lanishi. 41. Osteomiyelit – suyak iligining yallig‘lanishi. 42. Osteoxondroz – suyak va tog‘aу to‘qimasining parchalanishi bi lan kechuvchi kasallik. 43. Osteoporoz – suyaklarning mo‘rt va sinuvchan bo‘lib qolishi. 44. Patologiya – (pato – noto‘g‘ri, yomon) xastalik, kasallik. 45. Periferik – markazdan uzoqroqdagi, chetroqdagi. 46. Sistema – tizim. 47. Simptom – kasallik belgisi, alomati. 48. Sindrom – patologik simptomlar (belgilar yig‘indisi). 49. Terapiya – xastalikni davolash. 50. Terapevt – kattalar shifokori.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling