1. Isitgichning butunligi tekshiriladi.
2. Uning 3/4 qismi issiq suv bilan to‘ldiriladi.
3. Havo chiqarib yuboriladi.
23
4. Isitgich og‘zi tiqin bilan mahkamlanadi.
5. Isitgichning og‘zini pastga qaratib, qopqoqning zichligi
tekshiriladi.
6. Isitgich sochiqqa o‘ralib, bemorning kerakli joyiga qo‘yiladi.
7. Isitgich 20 daqiqa davomida qo‘yiladi.
Og‘ir yotgan bemorlar issiqlik ta’sirini hamma vaqt ham sezaver-
masliklari sababli isitgichdan kuyib qolishlari mumkin. Terida
qizarish (pigmentatsiya) hosil bo‘lmasligi uchun unga vazelin yoki
yog‘ surtish lozim. Hushsiz holatdagi, teri sezuvchanligi yo‘qolgan
bemorlar bilan ishlashda alohida ehtiyotkorlik lozim bo‘ladi. Suvli
isitgichlar o‘rniga elektr isitgich qo‘llash mumkin. Uning issiqlik
darajasi reostat bilan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: