Muolaja algoritmi:
1. Muzli xaltachaning butunligi tekshiriladi.
2. Muzlatkichda oldindan tayyorlab qo‘yilgan muz parchalari
xaltachaga solinadi, so‘ng ustiga 12–14°C ga ega bo‘lgan suv soli-
nadi.
3. Xaltacha og‘zi burab mahkamlanadi.
4. Muzlar (xaltachada) bir tekisda joylanishi uchun xaltacha
ikkala qo‘l bilan bir necha marotaba qo‘zg‘atiladi.
5. Xaltachadagi muzlar erib xaltacha ho‘l bo‘lib qolsa, u artib
turiladi.
6. Muzli xaltachani uzoq vaqt qo‘llash mumkin, lekin har 10–15
daqiqadan so‘ng tanaffus qilish, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Muz
soladigan xaltacha quruq holda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |