bunday tebranishlar turli energiyaga ega bo‘lib, alohida kvantlar
yoki alohida orotonlar sifatida qo‘llaniladi. Yerdagi barcha hayotiy
jarayonlar yorug‘lik muhitida ro‘y beradi. Quyosh yorug‘likning
asosiy manbayi bo‘lib, planetamizdagi jarayonlarga ta’siri juda katta.
Yorug‘lik kuchlarining biologik xossasi, uning to‘qimalariga kirib
borish darajasiga bog‘liq. To‘lqin uzunligi qancha yuqori bo‘lsa,
infraqizil nur to‘qimaga 2–4 sm chuqurlikda, ko‘zga ko‘rinadigan
nurlar 1sm, ultrabinafsha nurlar esa 0,5–1 sm chuqurlikda kirib
boradi.
Infraqizil nur bilan davolash – umumiy elektrmagnit spektori
sohasini issiqlik yoki nurlanish bilan davolash. Bu nurlar teri
yuzasidan 2–3sm chuqurlikda kirib borib, terini va teri osti qavatini
ta’sirlantiradi. Natjada tomirlar reaksiyasi yuzaga keladi, ya’ni
nurlanish sohasidagi kapillar hamda mayda limfatik va qon tomirlar
keskin kengayib ketadi va ular orqali qon oqimi tezlashadi, to‘qimalar
ichida periferik qon aylanish kuchayadi.
Nurlantirish vaqtida nurlantiruvchi sohada qizarish paydo bo‘ladi
– bu giperemiya fazasi deyiladi. Nurlantirish zonasida eritema –
teri qoplami qizarib qolishi kuzatiladi, muolaja tugaganidan so‘ng,
eritema asta-sekin yo‘qoladi. Bu usul ta’sirida to‘qimalarda modda
almashinuvi kuchayadi, regeneratsiya (qayta tiklanishi) jarayonlari
34
tezlashadi, so‘rilish jarayoni ham faollashadi. Shuning uchun teri va
teri osti yallig‘lanish kasalliklarida, ichki a’zolar yallig‘lanishida,
sovuq urushida, chandiqlar davosida, suyak-mushak apparati xas-
taligi va shikastlarida o‘tkir va surunkali yiringli kasalliklarda keng
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |