7.2. Ko‘zga ko‘rinuvchi nurlar va ular bilan davolash
Ko‘zga ko‘rinadigan nurlar 760–400 nm to‘lqin uzunligiga ega
bo‘lgan yetti xil rangli (qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang,
ko‘k, binafsha) qismlardan iborat umumiy elektrmagnit spektr sohasi.
Bu nurlarning sochilayotgan yig‘indisi (degeneratordan o‘tkazilgan)
lazer deb ataladi. Hozirgi vaqtda lazer juda keng va muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda. Qon ketishlarda, yallig‘lanishlar, teri kasalliklarida,
mushak va suyak to‘qimasi yallig‘lanishida, yiringli kasalliklarda,
shuningdek, yaralar (oshqozon-ichaklar yara kasalligi)da, artrit,
nevrit, stomatitda, umurtqa degenerativdistrofik o‘zgarishlarda, orqa
chiqaruv teshik (anus) yorilishida va boshqalarda qo‘llaniladi. Bundan
tashqari jarrohlik sohasida «lazerli skalpel» yordamida jarrohlik
operatsiyalari o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |