F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan


Ultrabinafsha nurlar bilan davolash


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#238157
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Bog'liq
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

7.3. Ultrabinafsha nurlar bilan davolash

Ultrabinafsha nurlar – eng kam to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan 

nurlar. Umumiy elektrmagnitli maydoni bo‘lganligi uchun ham, 

uning kvantlari o‘zida eng yuqori energiyani saqlaydi. Bu energiya 

to‘qimalarda, kimyoviy va boshqa turdagi energiyalarga aylanadi. 

Buning ta’sirida biologik jarayonlar junbushga keladi.

Ultrabinafsha nurlanish organizmning himoya reaksiyasini 

kuchaytiradi, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nafas a’zolari 

faoliyati, to‘qimalarda moddalar almashinuvi, buyrak usti bezi 

faoliyati, qon tomirlar bo‘ylab qon oqishi, miokardning qisqarish 

faoliyatini kuchaytiradi va yaxshilaydi.



35

Yorug‘lik bilan davolashning yoki nurlantirishning quyidagi bir 

necha xil usullari mavjud:

Mahalliy nurlantirish.Buning uchun alohida xastalangan a’zo yoki 

teri yuzasiga nur 50 sm masofadan beriladi va bu maydon yana 2–3 

kundan keyin takror nurlantiriladi. Davolash muolajalari 4–5 martaga-

cha o‘tkaziladi.



Umumiy nurlantirish. Umumiy nur berish usullari bemor yoki 

bir necha bemorlar tana yuzasiga to‘liq ravishda 1metr masofadan 

bajariladi. Bemorning ko‘zlariga ko‘zoynak taqiladi, nur avval old 

tomon, keyin tananing orqa tomonini nurlantiradi. Muolaja l–4 

minutgacha davom etadi.

Jarohatlangan o‘choqni nurlantirish. Terining mahalliy, patologik 

jarayonlarida o‘choqli nurlantirish qo‘llaniladi. Yara yoki jarohat 

atrofidagi 4–8 sm maydon ham nurlantiriladi. Muolaja 2–6 martagacha 

har 2–3 kunda takror o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, maydonlarga bo‘lib nurlantirish, refleksogen 

zonalarini nurlantirish, fraksionlashtirilgan nurlantirishlar mavjud. 

Bu nurlantirishning umumiy turlari organizmning kasalliklarga qarshi 

kuchini – immunitetni oshiradi.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling