F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan


Asab tizimi kasalliklarida massajni qo‘llash


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#238157
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Bog'liq
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

11.5. Asab tizimi kasalliklarida massajni qo‘llash

Asab tizimi kasalliklarida, avvalo, bemorning ruhiy holatiga, 

tashxisiga, kasallik davri va bosqichiga, bemorning yoshiga, mavjud 

bo‘lgan boshqa yo‘ldosh kasalliklariga e’tibor beriladi. Asab 

tizimining funksional buzilishlarida, massaj muolajalari buyurgan 

shifokor­mutaxassis va fizioterapevt shifokor tomonidan nazorat 

qilinadi. Nevrit va polinevritlarda massaj asta-sekinlik bilan asab 

tarmog‘i va asab tolasi atrofi bo‘ylab silashdan va ishqalashdan 

boshlab, keyin asab tolasi ustidan asta silab uqalanadi. Bunda bosh 

barmoqlar asab ustidan bosib turadi, boshqa barmoqlar esa uqalaydi. 

Biroq bosh barmoq bilan uqalash ham qulay, ham chuqurroq ta’sir 

ko‘rsatadi.

Umurtqa pog‘onasining deyarli hamma bo‘limlari, yelka 

bo‘g‘inlari, yelka va yelka kamari asablari, yuz asablari 

yallig‘langanda uqalash mayin, yumshoq bo‘lishi kerak. Bunday 

uqalashda kaftlar va barmoqlar yostiqchalari ishtirok etadi. Yuz 

sohasi nervlari yallig‘lanishida ikkala qo‘l barmoqlar yordamida 

yuz sohasi, peshona, yuzning chakkalari keyin esa boshning soch 

bilan qoplangan qismi uqalanadi. Bunday uqalashni gipertoniya, 

migren, ateroskleroz kasalliklarida qo‘llash mumkin. Qovurg‘alar 

tagidan alohida yo‘nalishda asab tolasi va ikkita (qon olib keluvchi 

– olib ketuvchi) qon tomirlar o‘tadi. Aynan shu asab tolalarining 




69

yallg‘lanishi – qovurg‘alararo nevralgiya yoki nevrit deb ataladi. 

Bunday hollarda, ko‘krak qafasini massaj qilayotganda, juda ehtiyotlik 

bilan ishlash zarur. Nevralgiyalarda og‘riq kuchli bo‘lishi mumkin. 

Davolashni og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi kurashishdan 

boshlash lozim. O‘tkir davri o‘tganda esa massajni qo‘llasa bo‘ladi. 

Ko‘krak qafasini massaj qilishda, bosh barmoqlar umurtqa pog‘onasi 

ustidan, qolgan barmoqlar esa chetga qarab yozilgan holda uqalanadi. 

Bundan tashqari ko‘krak qafasini kaftlar yordamida, qo‘lni musht 

qilib uqalash va panjalar qirrasi bilan uqalashni qo‘llash mumkin.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling