11.6. Osteoxondroz kasalligida massajni qo‘llash
Osteoxondroz kasalligi o‘rta yoshli va katta yoshli insonlarda ko‘p
uchraydigan kasallik bo‘lib, buning asosida moddalar almashinuvi
buzilishi tufayli, tog‘ay to‘qimasining yumshoqlashib yemirilishi
yotadi. Tog‘ay to‘qimasining eng ko‘p joylashgan joyi – bo‘ginlar
va umurtqa pog‘onasi oraliq disklari. Osteoxondroz kasalligida,
tog‘ay to‘qimasida yalg‘lanish o‘choqlari va parchalanish paydo
bo‘ladi. Umurtqalar orasida joylashgan tog‘ay disklari yupqalashib
qoladi. Natijada umurtqalar oraliq yuzasi yaqinlashib, og‘riqlar paydo
bo‘ladi. Asorati sifatida umurtqalar orasidan chiqib kelayotgan asab
tolalari qisilib qolishi mumkin. Agar bunday holat yuz bersa, bemor
oyoqlarida, qo‘llarida, bo‘yin sohasida va belda og‘riqlar paydo
bo‘lishidan tashqari, ezilib qolgan asab tolasi bo‘ylab, og‘riqlar va
faoliyat buzilishi, harakatning chegaralanishi kuzatiladi.
Osteoxondrozda massajni qo‘llashdan avval, bemor to‘liq
tekshiruvdan o‘tishi va yallig‘lanishga qarshi, moddalar almashinuvini
yaxshilashga qaratilgan davo choralari o‘tkazilishi lozim. Massaj,
avval, alohida tana qismlari uchun, qo‘llar, oyoqlar, yelkalar, keyin
esa umurtqa pog‘onasini bo‘yin bo‘limidan boshlab asta-sekinlik bilan
silab uqalanadi. Bundan keyin, ishqalash usuli bilan kaftlar yordamida
asab tolalari bo‘ylab bosh barmoqlar bilan ohista uqalanadi. Massaj
muolajasi hech vaqt og‘riq yoki noxush sezgilar paydo qilmasligi
kerak. Muolaja 15–20 daqiqadan oshmasligi lozim.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |