F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash
UO‘K 615.8(075)
KBK 52.5ya722+53.ya 722 ISBN 978-9943-13-307-5 ISBN 978-9943-13-456-0 ISBN 978-9943-13-620-5 © «IQTISOD-MOLIYA», 2010 © «IQTISOD-MOLIYA», 2013 © «IQTISOD-MOLIYA», 2016 © F.Sh. Bahadirova, 2016
3 KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishgach, tibbiy soha- ga, insonlar salomatligini saqlashga e’tibor yanada oshdi. Bu- ning misolida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 1993-yilda qabul qilingan «Sog‘lom avlod uchun» farmoni, shuningdek, aholi salomatligini saqlash, respublika aholisining jismoniy barkamollikka erishishi, jismoniy va ma’naviy madaniyatining uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan boshqa ko‘plab qo nunlarning qabul qilinishi, «Sog‘lom avlod yili», «Homiylar va shifokorlar yili», «Qariyalarni qadrlash yili», «Ona va bola yili», «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili», «Barkamol avlod» yillarida qator tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining yangidan ta’mirlanishi, tibbiy va ijtimoiy xizmatning yanada takomillashtirilishi, ta’lim tizimida katta islohotlar olib borilishi buning yorqin misolidir. Jismoniy tarbiya va sportning inson organizmiga ijobiy ta’siri tabobatda qadimdan ma’lum. Ulug‘ hakim Abu Ali ibn Sino «Doimo harakatda bo‘lgan tanani davolashga ehtiyoj yo‘q», degan ekanlar. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tar biya va sportning rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunda jamoaning har bir a’zosi jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, bolalarning bunga jalb etilishi, ular ning har tomonlama barkamol, kuchli va sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tar biya va sportning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilyapti. Turli xil to‘garaklar va seksiyalarda, shuningdek, sport mak tablarida respublika uchun haqiqiy professional sportchi lar yetishtirib berilmoqda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling