1.3. Mehnat tushunchasi va mehnat bilan davolash
Mehnat – inson oldiga qo‘ygan biror vazifani bajarishda
qo‘llaydigan jismoniy harakati: yer chopish, gullar ekish, rasm
chizish, gilam to‘qish, duradgorlik anjomlarini, sopol buyumlarni
yasash va h.k. Bu oddiy harakatlardan iborat bo‘lib,uning jismoniy
tarbiya mashqlaridan farqi shuki, bunda inson mehnati bilan nafaqat
harakatlanadi, balki to‘liq faoliyat yuritadi.
Mehnat bilan davolash metodikasi XIX asr oxiri – XX asr
boshida Yevropa ruhshunoslari va ruhshunos-shifokorlari tomonidan
kiritilgan. U yerda «ko‘ngli xasta bemorlar» uchun maxsus klini-
kalarda bemorlarga gul va ko‘chatlar ekish, ularni parvarishlab
o‘stirish, hovli supurish, og‘ir yotgan bemorlar uchun ovqat kel-
tirish, kitob va gazeta tarqatish, klinika parrandalariga don be rish,
itlarni ovqatlantirish va boshqa shunday oddiy vazifalar yuklatiladi.
Bu usul bemor ruhiyatiga, umumiy ahvoliga, o‘z-o‘zini baholashga
va o‘zining kerakligini his etishiga kuchli ta’sir etadi. Mehnat bilan
davolash usullari nafaqat ruhiy kasalliklarda, balki boshqa somatik
(tana) kasalliklar davosida ham qo‘llani lishi mumkin.
Hozirgi kunda tabobat sohasidagi barcha oliygoh va kollejlar
oldida turgan maqsad – zamonaviy texnologiyalarni, tabobat
yangiliklarini o‘rgangan holda, chuqur bilim berish, bo‘lg‘usi
shifokor va hamshiralarga, ayniqsa, tibbiy-ijtimoiy xodimlarga
g‘amxo‘rlik, insonparvarlik, hamdardlik, mas’uliyat va fidoyilik
hislarini singdirishdir.
6
Bemor insonning davolanishi, kasallikdan so‘ng o‘zini ham
jismoniy, ham ruhiy tiklay olishi, ko‘proq, tibbiy-ijtimoiy xodim ning
ko‘rsatgan g‘amxo‘rligiga, diqqat-e’tiboriga, xushmuoma laligiga va
jonkuyarligiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |