11.8. Bolalar kasalliklarida massaj
Bolalarda uchraydigan kasalliklar. Mamlakatimizda bola
tug‘ilgandan, to 14 yoshga to‘lgunga qadar bola hisoblanadi. 14–16
yoshgacha o‘smir, 16 yoshdan keyin kattalar safiga kiradi. Bola
tug‘ilganda, uning organizmi hali to‘la-to‘kis rivojlanmagan, qator
tizimlar faoliyati hali sust, mukammal bo‘lmaydi (anatomik-
fiziologik jihatdan). Rivojlanish jarayoni ketayotgan bir paytda
ba’zi omillar ta’siri, ko‘p kasal bo‘lishi, noto‘g‘ri ovqatlanishi,
infeksiyali kasalliklar, uy-joy, yashash sharoiti og‘irligi, oziq-ovqat
ratsionida oqsillar (go‘sht, tuxum, tvorog, pishloq, jigar va baliq
mahsulotlari) yetishmovchiligi, sanitariya normalarining buzilishi, irsiy
moyilliklar rivojlanishing buzilishiga yoki orqada qolishiga olib
keladi. Bunday patologik holatlar jumlasiga gipotrofiya, raxit
kasalligi, psixofizik rivojlanishning buzilishi (orqada qolishi) va
hokazolar kiradi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |