F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf
Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko`rikdan o`tkazish va nikohning
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
оила психологияси китоб
5.3. Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko`rikdan o`tkazish va nikohning
mustahkamligi ila Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha ixtiyoriy tarzda tibbiy ko`rikdan o`tishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlangan. Bu modda kiritilishining mohiyati shundaki, imonli, insofli va yaxshi niyatli inson uchun oila qurish, uning mustahkam poydevorda bo`lishiga qayg’urish qanchalik muhim va majburiy bo`lsa, yoki ota-ona bo`lish mas’uliyati kuchli bo`lsa, o`zidan sog’lom zurriyot qoldirish, uni sog’-salomat katta qilib voyaga yetkazish, to`g’ri tarbiya berish shunchalik mas’uliyatli va majburiy ishdir. SHuning uchun ham har bir yigit va qiz, yoki ularning ota-onalari yangi oila qurish ishini savob va mas’uliyatli deb anglasalar, nikohga kiruvchilarning pushti va nasli nuqtai nazaridan sog’-salomatligiga ishonch hosil qilish shunchalik zururdir. Tibbiy ko`rikdan o`tgan har ikki yosh eng avvalo o`z vijdoni oldida toza bo`lishi masalaning bir tomoni bo`lsa, hali oilani qurmay turib, uning salomatligi haqida O 91 qayg’urayotganligi ulardagi ana shu nikohday muqaddas narsaga bo`lgan jiddiy va mas’uliyatli munosabatining namoyon bo`lishidir. Ayniqsa, bugungi bozor munosabatlari sharoitida oila har bir a’zosining sog’lom bo`lishi, yangi tug’ilgan farzandning sog’ va salomat katta bo`lishi qanchalik muhim iqtisodiy hamda ma’naviy masala ekanligini bugun hamma tushunib qoldi. Jamiyatda sog’lom oilalar sonini oshirish maqsadida qabul qilingan qarorlardan biri bu – “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish to`g’risida”gi Nizomdir. Bu hujjat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustda qabul qilgan 365 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu Nizomga ko`ra, barcha barcha fuqarolar nikohdan oldin tibbiy ko`rikdan o`tishlari zarur. Bunda bo`lajak kelin-kuyovlar beshta asosiy xastalik – sil, teri-tanosil, giyohvandlik, OITS, ruhiy kasalliklar bo`yicha tekshiriladi. Sababi, bu beshta kasallik bevosita naslga ta’sir qiladi. Kuzatishlar va amaliyot shuni tasdiqlamoqdaki, nikoholdi tibbiy ko`rikdan ongli ravishda o`tish, salomatlikni asrashning aynan o`zimizga, oilamizga bog’liq jihatlarini bilish, bolalar sporti, oilaviy, ommaviy sportni rivojlantirish, oilada sog’lom yashash tarzi ko`nikmalarini shakllantirish millatni jisplashtiruvchi, naslni poklovchi, davlatni kuchli qiluvchi omil sifatida baholanmoqda. O`tkazilgan tadqiqotlar yurtdoshlarimizda “salomatlik” qadriyatiga munosabatlari ijobiy tomonga o`zgarayotganligini isbotlamoqda. Xususan, Respublika “Oila” ilmiy- amaliy hamda jamoatchilik fikrini o`rganish “Ijtimoiy fikr” Markazlarining tadqiqot natijalariga e’tibor beradigan bo`lsak, agar 2003 yilda aholining faqat 42,7 foizigina nikoholdi tibbiy ko`rikdan o`tishga ongli munosabatni ifoda etgan bo`lsa, 2005 yilda bunday ijobiy ko`rsatgich 84,4 foizni tashkil etdi. Oxirgi yillarda bu borada yanada sezilarli ijobiy o`zgarishlarning sababi ham eng avvalo yosh onaning, kelinchakning salomatligini muhofaza qilish istagi yetakchi omil bo`layotganligidir. Olimlarning kuzatishlari va tadqiqotlar yurtdoshlarimizda, ayniqsa, yosh kelin-kuyovlarda xastaliklarni oldini olish yoki bemor bo`lib qolganda dori- darmonlarni iste’mol qilishga munosabati keskin o`zgarib borayotganligini 92 ko`rsatmoqda. Yurtdoshlarimiz bunda eng avvalo profilaktik tibbiyot, ya’ni xastalikni oldini olish uchun sog’lom turmush tarzi qonun-qoidalariga rioya etish, bunda sog’lom fikr va ruhiy quvvatdan foydalanish, bo`lgan-bo`lmagan dorilarni iste’mol qilavermaslik ko`nikmalarini egallab borayotganligi tasdiqladi. Bu ham ma’lum ma’noda mamlkatimizda “Sog’lom ona – sog’lom bola” ijtimoiy harakatining, samarali targ’ibot-tashviqot ishlarining natijasidir. Qishloq xududlarida aholining toza ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiena shart- sharoitlarini yaratish, xususan, ota-bobolarimizdan qolgan har bir mahallada sharqona yuvinish maskanlari bo`lmish hammomlar qurilishiga e’tiborning ortayotganligi ham yurtdoshlarimiz psixologiyasining muhim o`zgarishlaridandir. Oxirgi yillarda ommaviy sportga, oilaviy hamda bolalar, ayollar sportiga e’tibor yanada kuchaydi. “Barkamol avlod” sport o`yinlari, “Universiada”, “Umid nihollari” musobaqalari, Respublika ayollar spartakiadasi, badiiy gimnastika bo`yicha xalqaro bellashuvlar va boshqalar o`z ko`lami va xalqchilligi bilan xalq e’tirofini qozondi. Ushbu sa’yi harakatlar davlatimizning bu boradagi strategik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq bilan hamjihat ekanligini isbotlamoqda. Yurtimiz ayollari va bolalar sport bilan faqat o`zining jismoniy quvvatini tiklash va bo`sh vaqtini maroqli o`tkazish uchun emas, balki u orqali sog’lom turmush tarzi keng targ’ibot qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zararli odatlardan halos bo`lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug’ullanayotganliklari har qanday taxsinga loyiqdir. Bularning barchasi strategik maqsadimiz – milliy genofondni yaxshilash, barkamol va sog’lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarni yanada takomillashtirish orqali yosh oilalarning barqarorligiga erishishdan iboratdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling