F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf
Oilaning chegarasi va hududi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
оила психологияси китоб
Oilaning chegarasi va hududi deyilganda, odatda oilaning boshqa
sotsiomadaniy muhit vakillari bilan aloqasi, ularga bog’liqligi darajasi nazarda tutiladi. Satirning fikricha, shunday oilalar ham bo`ladiki, ular boshqalar bilan deyarli muloqotga kirmaydi, bu oilaga darvozadan ham, devoridan oshib ham kirib bo`lmaydi, u go`yoki o`z qobig’iga o`ralib olganday, o`z navbatida u boshqa oilalarga ham qiziqmaydi, oilaviy tantanalarga yaqin qo`shnilarni ham chaqirmaydi, o`qishi yoki ishxonasini hisobga olmaganda, boshqa ijtimoiy muassasalarga, masalan, teatr, kino, klublarga ham bormaydi. Odatda bunday “yopiq” turdagi oilalar unchalik inoq-ittifoq ham yashamaydi. Bizning sharoitimizda mahalla-kuyning tadbirlari ham ularsiz o`tadi. SHuning uchun ochiq turdagi, keng muloqotlarga asoslangan oila baxtli va mustahkam hisoblanadi. Bu 36 oilalarning dahlsizligiga ham zarar yetkazmaydi. Taniqli amerikalik oilaviy psixoterapevt Salьvador Minuxin ham o`ziga xos kontseptsiyaning asoschisidir. (Minuxin S., Fishman CH., 1998). Uning fikricha, oila – murakkab tuzilishga ega bo`lib, tarkibiga ayrim alohida individlarni, bir qator tizimlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga birlashib, oila doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har qanday oila boshqa o`ziga o`xshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni o`rnatadiki, bu tashqi tizimlar ba’zan oilani qo`llab-quvvatlash vazifasini ham bajaradi. Oila – eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo`lib, unga yoshga oid qonuniyatlar xosdir. CHunki oila a’zolari yillar o`tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, qariydi, shu bois ham oila doimiy o`zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi. Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo`lib, uni eng avvalo alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o`z xohish-istaklari, ehtiyojlari, motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila a’zolari esa oilaga kirishib, qo`shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Oilaning ayrim a’zolari butun vujudi, borlig’i bilan oilaviy hayotga uyg’unlashga ketgan bo`lsa, boshqalari uning tarkibiga boshqa tashqi tuzilmalar hisobidan qo`shiladi. Masalan, uy bekasi oilaning birinchisi bo`lsa, yangi tushgan kelinchak ikkinchi xil oila a’zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila a’zolari uning psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o`z hissasini qo`shadi, faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni o`ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma’lumotlar, “o`ziga xos havo” olib kirish yo`li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling