F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


 Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko`rikdan o`tkazish va nikohning


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

5.3. Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko`rikdan o`tkazish va nikohning 
mustahkamligi 
ila Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha ixtiyoriy 
tarzda tibbiy ko`rikdan o`tishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlangan. 
Bu modda kiritilishining mohiyati shundaki, imonli, insofli va yaxshi niyatli inson 
uchun oila qurish, uning mustahkam poydevorda bo`lishiga qayg’urish qanchalik 
muhim va majburiy bo`lsa, yoki ota-ona bo`lish mas’uliyati kuchli bo`lsa, o`zidan 
sog’lom zurriyot qoldirish, uni sog’-salomat katta qilib voyaga yetkazish, to`g’ri 
tarbiya berish shunchalik mas’uliyatli va majburiy ishdir. SHuning uchun ham har 
bir yigit va qiz, yoki ularning ota-onalari yangi oila qurish ishini savob va 
mas’uliyatli deb anglasalar, nikohga kiruvchilarning pushti va nasli nuqtai 
nazaridan sog’-salomatligiga ishonch hosil qilish shunchalik zururdir. Tibbiy 
ko`rikdan o`tgan har ikki yosh eng avvalo o`z vijdoni oldida toza bo`lishi 
masalaning bir tomoni bo`lsa, hali oilani qurmay turib, uning salomatligi haqida 



91 
qayg’urayotganligi ulardagi ana shu nikohday muqaddas narsaga bo`lgan jiddiy va 
mas’uliyatli munosabatining namoyon bo`lishidir. Ayniqsa, bugungi bozor 
munosabatlari sharoitida oila har bir a’zosining sog’lom bo`lishi, yangi tug’ilgan 
farzandning sog’ va salomat katta bo`lishi qanchalik muhim iqtisodiy hamda 
ma’naviy masala ekanligini bugun hamma tushunib qoldi.
Jamiyatda sog’lom oilalar sonini oshirish maqsadida qabul qilingan 
qarorlardan biri bu – “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish 
to`g’risida”gi Nizomdir. Bu hujjat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 25 avgustda qabul qilgan 365 sonli qarori bilan 
tasdiqlangan. Ushbu Nizomga ko`ra, barcha barcha fuqarolar nikohdan oldin tibbiy 
ko`rikdan o`tishlari zarur. Bunda bo`lajak kelin-kuyovlar beshta asosiy xastalik – 
sil, teri-tanosil, giyohvandlik, OITS, ruhiy kasalliklar bo`yicha tekshiriladi. Sababi, 
bu beshta kasallik bevosita naslga ta’sir qiladi. 
Kuzatishlar va amaliyot shuni tasdiqlamoqdaki, nikoholdi tibbiy ko`rikdan 
ongli ravishda o`tish, salomatlikni asrashning aynan o`zimizga, oilamizga bog’liq 
jihatlarini bilish, bolalar sporti, oilaviy, ommaviy sportni rivojlantirish, oilada 
sog’lom yashash tarzi ko`nikmalarini shakllantirish millatni jisplashtiruvchi, naslni 
poklovchi, davlatni kuchli qiluvchi omil sifatida baholanmoqda. O`tkazilgan 
tadqiqotlar yurtdoshlarimizda “salomatlik” qadriyatiga munosabatlari ijobiy 
tomonga o`zgarayotganligini isbotlamoqda. Xususan, Respublika “Oila” ilmiy-
amaliy hamda jamoatchilik fikrini o`rganish “Ijtimoiy fikr” Markazlarining 
tadqiqot natijalariga e’tibor beradigan bo`lsak, agar 2003 yilda aholining faqat 42,7 
foizigina nikoholdi tibbiy ko`rikdan o`tishga ongli munosabatni ifoda etgan bo`lsa, 
2005 yilda bunday ijobiy ko`rsatgich 84,4 foizni tashkil etdi. Oxirgi yillarda bu 
borada yanada sezilarli ijobiy o`zgarishlarning sababi ham eng avvalo yosh 
onaning, kelinchakning salomatligini muhofaza qilish istagi yetakchi omil 
bo`layotganligidir.
Olimlarning kuzatishlari va tadqiqotlar yurtdoshlarimizda, ayniqsa, yosh 
kelin-kuyovlarda xastaliklarni oldini olish yoki bemor bo`lib qolganda dori-
darmonlarni iste’mol qilishga munosabati keskin o`zgarib borayotganligini 


92 
ko`rsatmoqda. Yurtdoshlarimiz bunda eng avvalo profilaktik tibbiyot, ya’ni 
xastalikni oldini olish uchun sog’lom turmush tarzi qonun-qoidalariga rioya etish, 
bunda sog’lom fikr va ruhiy quvvatdan foydalanish, bo`lgan-bo`lmagan dorilarni 
iste’mol qilavermaslik ko`nikmalarini egallab borayotganligi tasdiqladi. Bu ham 
ma’lum ma’noda mamlkatimizda “Sog’lom ona – sog’lom bola” ijtimoiy 
harakatining, samarali targ’ibot-tashviqot ishlarining natijasidir. Qishloq 
xududlarida aholining toza ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiena shart-
sharoitlarini yaratish, xususan, ota-bobolarimizdan qolgan har bir mahallada 
sharqona yuvinish maskanlari bo`lmish hammomlar qurilishiga e’tiborning 
ortayotganligi ham yurtdoshlarimiz psixologiyasining muhim o`zgarishlaridandir. 
Oxirgi yillarda ommaviy sportga, oilaviy hamda bolalar, ayollar sportiga 
e’tibor yanada kuchaydi. “Barkamol avlod” sport o`yinlari, “Universiada”, “Umid 
nihollari” musobaqalari, Respublika ayollar spartakiadasi, badiiy gimnastika 
bo`yicha xalqaro bellashuvlar va boshqalar o`z ko`lami va xalqchilligi bilan xalq 
e’tirofini qozondi. Ushbu sa’yi harakatlar davlatimizning bu boradagi strategik 
rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq bilan hamjihat ekanligini 
isbotlamoqda. Yurtimiz ayollari va bolalar sport bilan faqat o`zining jismoniy 
quvvatini tiklash va bo`sh vaqtini maroqli o`tkazish uchun emas, balki u orqali 
sog’lom turmush tarzi keng targ’ibot qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, 
turli salbiy ta’sirlar va zararli odatlardan halos bo`lish, kuchli xarakterni 
shakllantirish uchun shug’ullanayotganliklari har qanday taxsinga loyiqdir. 
Bularning barchasi strategik maqsadimiz – milliy genofondni yaxshilash
barkamol va sog’lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarni yanada 
takomillashtirish orqali yosh oilalarning barqarorligiga erishishdan iboratdir.


93 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling