Файл (File) menyusi


Download 479.78 Kb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1220899
1   2
Bog'liq
corel drawdarasmlarni import va exsportqilish

Экспорт (Export) Hujjat yoki belgilangan ob‘yektlarni boshqa formatlarda saqlash imkoniyatini beradi. Сохранить как (Save As) buyrug‗idan saqlash formatlari to‗plami bilan farqlanadi.
Экспорт для Office (Export For Office) Microsoft Office dasturlarida qo‗llash uchun qulay formatlarda hujjat va ob‘yektlarni saqlash.
Отправить (Send To) Hujjatni elektron pochta orqali jo‗natish, biror papkada saqlash yoki u uchun Ish stolida (Рабочий стол) yorliq yaratish imkoniyatini beruvchi buyruqlardan tashkil topgan.
Bosmaga chiqarish buyruqlari Hujjatni bosmaga chiqarish uchun tayyorlash va uni bosmaga chiqarish buyruqlari:
Печать (Print), Слияние при печати (Print Merge), Предварительный просмотр (Print Preview), Параметры печати (Print Setup) va boshqalar. Опубликовать в PDF (Publish To PDF) Hujjatni PDF(Portable
Document Format) formatda saqlash imkoniyatini beradi.
Публикация страницы в ConceptShare (Publish Page To
ConceptShare) Birinchi bo‗lib CorelDRAW X4 dasturida paydo bo‗lgan buyruq bo‗lib, qo‗shimcha ochiladigan ConceptShape oynasi yordamida Internet tarmog‗i orqali hujjatlarni almashish imkoniyatini beradi.
Публикация в Интернете (Publish To The Web) Hujjatni internetda joylashtirish uchun quyidagi formatlarda saqlash imkoniyatini beradi:
HTML. CorelDRAW hujjatiga mos tushuvchi, HTML-fayl sozlamalarini o‗rnatish imkoniyatini beruvchi muloqot oynasini ochadi.
Flash, встроенный в HTML (Flash embedded in HTML). Avval tasvirlar Flash formatiga saqlanadi. Keyin yaratilgan Flash-faylga havola (silka) kiritilgan HTML-hujjat yaratiladi.
Оптимизатор веб изображений (Web Image Optimizer). Muloqot oynasini ochib, unda tasvirlarni Internetda joylashtirish uchun qulay parametrlarini tanlash imkoniyatini beradi.
Свойства документа (Document Properties) Bu buyruq yordamida ochiladigan oynada joriy hujjat haqida batafsil ma‘lumotlar ko‗rinadi. Ko‗pincha hujjatni bosmaga chiqmasligi va xotirada va tezkor xotirada ko‗p joy olishi sabablarini bilib olish imkoniyatini beradi.
Oynada quyidagi ma‘lumotlar mavjud:

  • Файл (File) — fayl haqida umumiy ma’lumot (joylashgan joyi, xajmi, yaratilgan sana va hokazo).

  • Документ (Document) — hujjatdagi sahifalar soni, ularning o‘lchamlari va joylashishi, qatlamlar soni va boshqa ma’lumotlar.

  • Графические объекты (Graphic Objects) — hujjatning vektorli ob’yektlari haqida umumiy ma’lumotlar.

  • Статистика текста (Text Statistics) — matnli ob’yektlar soni va ularning xarakteristikalari haqida ma’lumotlar.

  • Объекты точечной графики (Bitmap Objects) — hujjatning rastrli ob’yektlari haqida umumiy ma’lumotlar.

  • Стили (Styles) — qo‘llanilgan stillar nomi va soni haqidagi ma’lumotlar. Эффекты (Effects) — qo‘llanilgan effektlar nomi va soni haqidagi ma’lumotlar. Заливки (Fills) — qo‘llanilgan bo‘yashlar xarakteristikalari.

  • Обводки (Outlines) — qo‘llanilgan tashqi chiziq bo‘yashlari xarakteristikalari.

Открыть последние (Open Recent) Menyuning bu qismi bilan dasturda ochilgan oxirgi hujjatlar haqidagi ma‘lumotlarni ko‗rish mumkin. Odatda menyuning bu qismida oxirgi beshta ochilgan hujjat to‗g‗risida ma‘lumotlar ko‗rinadi.
Выход (Exit) Dasturda ochilgan barcha hujjatlarni yopib, undan chiqish uchun ishlatiladi. Bu buyruqni bajarishda biror hujjatda saqlanmagan o‗zgarishlar bo‗lsa, dastur ularni saqlashni taklif qiluvchi so‗rov oynasini ochadi.
Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling