Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan biri hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.
|
Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi , Haydar as-Samarqandiy (XII asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi
|
O’zbek
|
Wikipedia
|
6
|
Xorazm
|
Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi, 1938-yil 15-yanvarda viloyat maqomiga oʻtkazilgan. Umumiy maydoni — 6 300 kvadrat kilometr.
|
Xorazm viloyatidagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva shahrida joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa UNESCOning Jahon merosi qoʻmitasi hisobiga kiritilgan.
|
o’zbek
|
wikipedia
|
7
|
Sirdaryo
|
Sirdaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4.28 ming km. Aholisi 900 migga yaqin kishi (2022). Tarkibida 8tuman (Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.
|
Qadimgi Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning „Iskandarning harbiy yurishlari“ asaridir. Bu asarda Sirdaryo „Tanais“, „Yaksart“ nomi bilan yuritiladi.
Mil. av. 3—2-asrlarda Oʻrta Osiyoning shimoliy rayonnlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qangʻyuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hozirgi Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koʻchmanchi aholining viloyat hududiga kelib oʻrnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hozirgi Xovos tumanining gʻarbiy qismlari ham aholi tomonidan oʻzlashtiriladi. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida Eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koʻtaradi
|
o’zbek
|
wikipedia
|
8
|
Qoqon
|
Qoʻqon — Fargʻona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi) ning quyi oqimida joylashgan. Aholisi — 254 700 nafar (2020-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Bu shahar Fargʻona viloyatining yirik shaharlaridan biridir
|
Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ziyod degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida „Havokand“ (Hoʻkand) shaklida, yaʼni „goʻzal“, „yoqimli“ yoki „shamol shahri“ maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda „Hoʻqandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari „balandlikdagi shahar“, „hular shahri“ [yaʼni, „hu (ku) qabilasi — elati shahri“] versiyalari ham bor. Qadimiy Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi „Guyshan“, „Xoʻxan“ tarzida ifodalangan
|
O’zbek
|
Wikipedia
|
9
|
Xiva
|
Xiva — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shimoliy gʻarbida, Xorazm viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimiy Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². 2022-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman doimiy aholisining soni 149 698 kishi, Xiva shahri — 95 246 kishini tashkil qilgan
|
Xiva — Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi „Xiauv“ — qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar
|
O’zbek
|
Wikipedia
|
10
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |