Faktor halqalar


Ishlab chiqarish usulida tizim bikirligini tekshirish


Download 277 Kb.
bet6/8
Sana15.06.2023
Hajmi277 Kb.
#1485857
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FAKTOR HALQALAR

3. Ishlab chiqarish usulida tizim bikirligini tekshirish

Bu uslub bevosita ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi va eng sodda usul hisoblanadi. Tizim bikirligini bu usulda tekshirish uchun, val shaklidagi tanavor tokarlik dastgohi patroniga o’rnatiladi. Dastgohni ishlatib keskich asbobni ma’lum kesish chuqurligiga sozlab val yon yuzasidan boshlab kalta masofaga ishlov beriladi, keskichni support bilan o’ngga surib keskichni yana juda ham kichik miqdorli kesish chuqurligiga (ishlovda tizimni deformasiyalamaydigan kesish chuqurligida) sozlab uzunroq masofaga ishlov beriladi, so’ngra valning ishlov berilgan kalta va uzun uchastkalaridagi diametrlari mikrometr yordamida o’lchanadi. O’lchab olingan diametrlar ayrimasining yarmi bizga tizim deformasiyasi miqdorini beradi.


Xuddi shunga o’xshash pog’onali vallarga ishlov berib ham bikirlik miqdori aniqlanishi mumkin
P.A.Кoroblyov texnologik tizimning bikirligini aniqlashning yangi boshqa usulini taklif etdi. Ushbu usulning mazmuni, kesish asbobini to’g’ri hamda teskari surish yo’li bilan ishlov berishda olingan detalь o’lchamlari farqini o’lchashdan iborat. To’g’ri surishda tizim elastik siljishi natijasida kesish asbobi ishlov beriluvchi yuzadan qochadi. Teskari surishda esa asbobdagi yuklanish butunlay yo’qolib, sozlangan holatga qaytayotganda uncha katta bo’lmagan qirindi oladi. Ushbu qirindining qalinligi ishlov berishga mo’ljallangan qo’shimga, tizim bikirligiga, surish, ishlov beriluvchi material qattiqligiga va shu kabilarga bog’liq.
Agar n miqdoridagi detallar keskich asbobini to’g’ri surish va shuncha miqdordagi detallar to’g’ri hamda teskari surish bilan ishlangan bo’lsa, u holda bir xil shart-sharoitda olingan detallar o’lchamlarining farqi tizim bikirligi mezoni deb qabul etiladi. Ushbu miqdor (u) tizimning normal ishlov berilgan yuzaga qarab hisoblangan elastik siljishi hisoblanadi. Bu usul ishlab chiqarishda partiya detallarga ishlov berishda tajriba o’tkazib kerakli natija olish imkonini beradi.
Teskari surishda mikron bilan hisoblanuvchi qirindi chiqqanligi uchun detal oxirgi o’lchamlari ancha yuqori aniqlikda o’lchanadi. Bunda asbobsozlik mikroskoplardan ham foydalanish mumkin.
Stanok bikirligini aniqlashda detalga ishlov berish aniqligiga ko’proq ta’sir etuvchi birikmalar bikirligini hisobga olish zarur. Agar detal patronda ishlanayotgan bo’lsa, oldingi babka, patron va support bikirligi, markazda ishlanayotgan bo’lsa oldingi, ketingi babkalar, markazlar va support bikirligi hisobga olinadi va h.k.
Yuqoridagi mulohazalardan xulosa shuki, yuqori aniqlikka erishish uchun texnologik tizim ham yuqori bikirlikka ega bo’lishi zarur, albatta.
Har bir stanok pasportida uning bikirlik tavsifnomasi bo’lishi texnologga unumli kesish rejimi tayinlashda katta yordam beradi.

Dastgohlarning uzluksiz ishlashidan, uning ba’zi-bir elementlari asta-sekin qizib borishi, tanavorlarga ishlov berishning sistematik o’zgaruvchan xatoliklari paydo bo’lishiga olib keladi.


Dastgohlar va ularning alohida qismlari (shpindel-babkasi, stollari, staninasi, ketingi babkasi va boshq.) isishining asosiy sabablaridan, dastgohning harakatlanuvchi mexanizmlarida (podshipniklarida, tishli uzatmalarida) ishqalanishga kuch sarflash, suyuqlik uzatmalarida, elektr qurilmalarida, ichiga o’rnatilgan elektr motorida hamda sovutgich suyuqlikning kesish zonasidan tashib chiquvchi issiqlikka va tashqi manbalardan (yaqin joylashtirilgan batareyalardan), tashqi quyosh nuridan o’z o’rnida yotib qizishlar hisoblanadi.
Aniqlikka jiddiy ta’sir qiluvchi sababga shpindel babkasining qizishi kiradi. Ishlash jarayonida dastgoh shpindel babkasining asta-sekin isib borishi va uning vertikal hamda gorizontal (ishchiga qarab) yo’nalishlarida siljishi kuzatiladi.
Bunda oldingi babka qutisining har xil nuqtalarida 10 dan 50o S - gacha haroratda issiqlik o’zgarib boradi. Eng yuqori darajadagi issiqlik shpindel podshipniklari va tezyurar vallar podshipniklari o’rnashgan joylarda bo’lib, korpusli detallar o’rtacha haroratidan 30-40 foizga ortiqroq bo’ladi.
7.5-rasmda tokarlik dastgohi oldingi babkasining shpindeli o’qining gorizontal yo’nalishidagi siljishi ko’rsatilgan. Dastgoh yurgizilgandan so’ng boshlang’ich davridagi isishi, shpindelni ishchiga qarab siljishiga olib keladi.
Bu esa ishlanuvchi tanavor (yirik vallarni ishlashda) o’lchamlarini, shaklini uzluksiz ravishda o’zgartirib borib, sistematik o’zgaruvchan xatolik paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Кo’rinib turibdiki, sistematik o’zgaruvchan xatolik oldingi babka shpindeli o’qini gorizontal surilishining ikkilangan miqdoriga teng.



7. 5-rasm. Tokarlik stanogi old babkasi o’qining markazlarda ishlov berganda haroratdan qizishida gorizontal siljishi. (A.P. Sokolovskiy)



7.6-rasm. Кeskich tanaffus bilan ishlashini uning issiqlik deformasiyasiga ta’siri: 1-keskichning sovushi; 2- keskichning uzluksiz ishlashidan qizishi; 3 – tanaffus bilan ishlash sharoitida.


Lmash - keskichning mashina vaqtidagi uzayishi;
Ltan - keskichni tanaffusda qisqarishi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, tanavorlarni patronda ishlashdagi gorizontal surilish, markazlarda ishlashdagiga qaraganda ko’proq bo’lib, 17 mkm gacha etadi.


Shpindel aylanish chastotasi n-ni orttirilganda uning siljishi proporsional ravishda taxminan Vn ga ortadi.
Shpindel o’qining siljishi kuzatiluvchi oldingi babkaning harorati 3-5 soatni tashkil qiladi (bundan keyin esa harorat va shpindel o’qi holati muvozanatlashadi). Dastgoh to’xtatilganida, u asta-sekin soviy boshlaydi va shpindel o’qi o’z holatiga siljib qaytadi.
Bundan shunday hulosa kelib chiqadi, ya’ni, dastgohning deformasiyasi bilan bog’liq bo’lgan ishlov berish xatoligini yo’qotish uchun, dastgohni 2-3 soatlar ichida salt yurishida boshlang’ich qizdirilishi zarur bo’ladi. Navbatdagi tanavorga ishlov berishni esa dasttgohga dam bermay bajarishga to’g’ri keladi.



Download 277 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling