Факультетда мавжуд таълим йыналишлари ва мутахассисликлар
Energotexnologiya fanining axamyati
Download 68.67 Kb.
|
ENERGOTEXNOLOGIYA 1-ma\'ruza (1)
Energotexnologiya fanining axamyatiShu kungacha energotexnologiyada maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlovchi sharoitlar vujudga keltirish optimal hisoblanadi. «Qanday qiymat bilan» bu masalaga erishishiga e'tibor berilmaydi. Bunday optimal kriteriyni tanlash mahsulotni «xar qancha qiymatga tushsa xam» ishlab chiqarishni kupaytirish (qushimcha sarfni hisobga olmasdan), yoki metall sarfini kamaytirish (umuman kapital mablag’larni kamaytirish), boshqa kursatkichlar ortishini hisobga olmasdan (masalan energetik sarfiyatlarni) muljallangan mikdordagi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil kilish bu yechimni to’la oqlaydi. Biroq bu o‘sish tashkaridan energiya istimolini ko‘paytirib, shuningdek kimyoviy reaksiya energiyasidan foydalanishni yomonlashtiradi (ya'ni tashkariga beriladigan energiya mikdorining kamayishi yeki sifatini yemonlashuvi sodir buladi). Demak, umumiy sarfiytlarda energiya sarfi ulushi ko‘pincha katta bo‘lganligi uchun umuman shunga o‘xshash optimizatsiyalash salbiy iqtisodiy samara berishi xam mumkin. Ko‘pchilik xollarda energetika jarayoni taxlili texnologiya ishlanmasi dasturiga kirmaydi. Kimyogar texnologlar kimyoviy va fazoviy muvozanat, jarayon kinetikasini o‘rganib, «Mahsulotni maksimal chiqishini», «mahsulotni maksimal ajratib olish»ni, «xom ashyodan maksimal darajada foydalanish»ni ta'minlovchi shartlarni ta'riflaydilar va ko‘pincha shu bilan chegaralanadilar. Energetika jarayoni masalasiga kelganda odatda tadqiqot sifatida urganmaydilar, yoki bu masala energetika mutaxassislariga tegishli masala deb xisoblaydilar. Biroq, asosan energetik yuqotmalar kupincha bevosita texnologik jarayonlar bilan bog’lik buladi (garchi, shubhasiz, energetik jixozlarning takomillashganligiga ham bog’lik). Bu hollarda asosiy energetik sarfiyotlarni kamaytirish rezervi texnologiya takomillashuvida yashirinib yetadi, kimyoviy mahsulot va energiya ishlab chiqarishidan kompleks foydalanishni hisobga olib texnologiyani optimallashtirish zarurati aniqlanadi. Bunday masalani fakat mutahassis kimyogar-texnologlar hal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun ular bu masalalarni yechish uchun mos keladigan usullar bilan qurollangan bulishlari kerak. Download 68.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling