Fakulteti “ ” kafedrasi kurs ishi mulk bozorining iqtisodiy modeli Bajardi: Ilmiy rahbar: mundarija


Download 0.67 Mb.
bet3/5
Sana04.05.2020
Hajmi0.67 Mb.
#103280
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI


Bu modelda:
TO – milliy real iqtisodiyot va ko’chmas mulk bozoriga bir vaqtda ta’sir
ko’rsatuvchi tashqi omillar;
QChK- ko’chmas mulk bozori indikatorlari bo’yicha chiqish ko’rsatkichlari;
NChK- real iqtisodiyot sektorlari indikatorlari bo’yicha chiqish
ko’rsatkichlari;
QFO va NFO – makroregulyator (M) tomonidan ishlab chiqariladigan
hamda mos ravishda ko’chmas mulk bozori va makroregulyator tuzilmalariga ta’sir etadigan ichki omillar.
Bu omillarning barchasi bir-biriga uzviy ta’sir qilib turadi.
Ko‘chmas mulk bozorini ajralib turadigan xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi:
- baho shakllanishini individualligi;
- transaksion chiqimlar baland darajasi;
- birinchi va ikkinchi darajali bozorlar o‘zaro faoliyati muhim roli;
-baho, foydalilik va tavakkalchilikni regional iqtisodiyot holatiga bog‘liqligi;
-tavakkalchilikning rang-barangligi
-tovarni bozordagi past likvidligi;
-bozorning o‘zini o‘zi boshqarishni baho mexanizmlarini zaifligi.
Ushbu sabablar foydasiga ko‘chmas mulk,uni iqtisodiy qarorlar qabul
qilishdagi tahlilining muhimligini aniqlovchi tahlil qilishni qiyinlashtiradigan bir
nechta omillar bilan ajralib turadi.
-ishonchli ma’lumotni topish qiyin ekanligi;
-analogik bitimlar sonini cheklanganligi (ba’zida esa ularni umuman yo‘qligi);
-bozor rivojlanish tendensiyasini aniqlovchi omillar har-xilligi.
Ko‘chmas mulk bozorida segmentasiya ko‘plab asoslardan o‘tkazilishi
mumkin: geografik joylashuv, fizik xarakteristikalari, obyektlarni funksional
tayinlashgani yoki hatto asoslar kompleks bo‘yicha ham. Segmentasiya uchun bir
marta va umrbod asos yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas.
KMQBXBning maqsadi – mulk qiymatini baholash bilan bog’liq erkin
raqobatga asoslangan malakali xizmatlar ko’rsatish uchun baholochi va mulkdor
o’rtasidagi ochiq munosabat, obyektiv konyunktura, yetarli, zaruriy va qulay shartsharoitlar yaratish.
KMQBXBning vazifasi- uning ushbu maqsadiga erishishi bilan bog’liq
funksiyalarni amalga oshirishni ta’minlash.

2 REJA . Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolini
o’rganishning metodologik asoslari

Ko’chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (KMQBXB) - bu


ma’lum hajm va narxga ega bo’lgan baholash xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq
tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-informatsioin-huquqiy mexanizm bilan
ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’sirida maqsadli amalga oshirilishini
ta’minlovchi yaxlit murakkab mexanizm sifatida namoyon bo’luvchi baholash
xizmatlari bo’yicha talab va taklif funksiyasi.
Ko’chmas mulk qiymatini baholash bozori institutsional tuzilmasi:


Ushbu modelda: R- Rieltorlik firmalari; O- baholash obyekti va uning egasi;


D- ko’chmas mulkni faoliyatini tartibga solishga vakolatli bo’lgan davlat
regulyativ organlari; N- baholovchining o’zini-o’zi tartibga soluvchi nodavlatr
notijorat tashkilotlari.
Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat, baholovchi tashkilotlar va
mulkdorlar tomonidan birgalikda ularning har birining alohida manfaatli
maqsadlari doirasida harakatga keltiradi. Bu bozorda baholash xizmatlari holis
baholovchi tashkilotlardan mulkdorlarga tomon, moliyaviy resurslar esa teskari
yo’nalishda harakat qiladi.

Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyatini 7-rasmdagi


tuzilmaviy-funksional model yordamida makro-, mezo-, mikro- va nano
pog’onalarida o’rgansa bo’ladi.
Modelda ko’chmas mulk bozori subyektlaridan iborat:
DI va S1 – davlat boshqaruvi institutlari, ularning ko’chmas mulk bozoridagi
regulyativ va mulkiy munosabatlari lokal sikli;
MHI va S2 – mahalliy hokimiyat institutlari, ularning ko’chmas mulk
bozoridagi regulyativ va mulkiy munosabatlari lokal sikli;
JShM va S3 – mulkdor jismoniy shaxslar, ularning ko’chmas mulk bozoridagi
mulkiy munosabatlari lokal sikli;
YuShM va S4 – mulkdor yuridik shaxslar, ularning ko’chmas mulk
bozoridagi mulkiy munosabatlari lokal sikli.
Bunda ko’chmas mulk bozori orqali S1, S2, S3 va S4 lokal sikllar bo’yicha
mulkiy huquqlar subyektlariga tegishli fuqarolik huquqlari obyektlarining (FHO)
maqsadli harakati amalga oshiriladi. Soliqlar va daromadlar alohioda tashqi sikllar
bo’yicha (Ko’chmas mulk bozori) dan tashqari, harakatlanadi. DI va MHI
to’g’ridan-to’g’ri munosabatda alohida TTM kanali bo’yicha amalga oshirilishi
mumkin.
Mulkiy huquqlari subyektlarining FHO bo’yicha mulkiy munosabatlari
Ko’chmas mulk bozori orqali oshirilgani sababli, makroiqtisodiyotda markaziy
o’ringa ega.Vaholanki, iqtisodiyotning Ko’chmas mulk bozori bilan bog’liqlikdagi
faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Bunda Ko’chmas mulk bozori
ko’rsatkichlari (indikatorlari) – bozorda FHOlar iqtisodiy fantoml;arining miqdoriy
o’zgarishi tendensiyalari, bozor savdosining umumiy hajmi ko’chmas mulk
bozorining kapitalizatsiyashuvi darajasi (YaIMga nisbatan, %) – muhim rol
o’ynaydi.
Rieltorlik faoliyati xizmati turlari:
1. Ko’chmas mulk obyеktlariga va ularga bo’lgan huquqlarga doir bitimlarni
tuzish chog’idagi vositachilik;
2. Ko’chmas mulk obyеktlarining va ularga bo’lgan huquqlar savdosini
tashkil etish;
3. Ko’chmas mulk obyеktlarini ishonchli boshqarish;
4. Ko’chmas mulk bozorida axborot va maslaxat xizmatlari.
Axborot va maslaxat xizmatlari (AMX) - ko’chmas mulk bozorida Rieltorlik
tashkilotlari va Rieltorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) tomonidan shartnoma
asosida ko’rsatiladigan Rieltorlik xizmatlarining turi bo’lib, buyurtmachini
ko’chmas mulk obyеktlari va ularga bo’lgan huquqlar to’g’risidagi, ko’chmas
mulk bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda prognoz qilish
haqidagi, mazkur bozorning kon'yunkturasi, ko’chmas mulk bozori sohasidagi
normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi axborot bilan ta'minlashni, shuningdеk
ko’chmas mulk ob'еktlari rеklamasining tarqatilishini tashkil etishni, bitim
taraflarini tanlash bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
Ko‘chmas mulk bozori subyektlariga davlat, Ko’chmas mulk bozori
sotuvchilari va xaridorlari, rieltorlar kabilar kiradi. Ko‘chmas mulk bozori
infratuzilmasining asosiy funksiyalari va uning faoliyatining turlari shartli ravishda
uch guruhga bo‘linadi:
– ko‘chmas mulk bozorini o‘rganish;
– ko‘chmas mulk bilan operatsiyalarni tayyorlash;
– ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar o‘tkazish.
Infratuzilmaning birinchi guruh funksiyalarini bajarishdagi faoliyati marketin
tadqiqotlari,yuridik maslahatlar va axborot xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
Birlamchi bozor - bu ko’chmas mulk tovar sifatida birinchi bor bozorga
tushadigan iqtisodiy vaziyat. Xo’jalik yuritishning ma'muriy-buyruqbozlik
tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish va xususiylashtirishni amalga oshirish
sharoitida ko’chmas mulk bozorida asosiy sotuvchi bo’lib, o’z boshqaruv organlari
orqali davlat ishtirok etadi. Ko’chmas mulk bozori infratuzilmasining asosiy

funknsiyalari va uning faoliyatining turlari shartli ravishda uch guruqga bo’linadi:


birinchi guruh - ko’chmas mulk bozorini o’rganish; ikkinchi guruh - ko’chmas
mulk bilan opеratsiyalarni tayyorlash; uchinchi guruh - ko’chmas mulk bilan
opеratsiyalarni o’tkazish. Infratuzilmaning birinchi guruq funktsiyalarini
bajarishdagi faoliyati markеting tadqiqotlari, yuridik maslaxatlar va axborot
xizmatlarini o’z ichiga oladi.
Ikkilamchi bozor - ko’chmas mulkning ilgari istе'molda bo’lgan va ma'lum bir
mulkdorga - jismoniy yoki yuridik shaxsga tеgishli bo’lgan tovar sifatida bozorga
taqdim etilishi.

Turli tovarlarga bo’lgan talab va taklif xoh u ko’chmas mulk bo’lsin yoki


boshqa tovar bo’lsin, aynan bozorda vujudga kеladi. Taklif ishlab
chiqaruvchilarning imkoniyatlariga qarab, talab esa shu tovar yoki mahsulotga
bo’lgan ehtiyojga, haridorning uni sotib olish imkoniyatiga qarab bеlgilanadi:
tovarga bo’lgan ehtiyoj qanchalik kuchli bo’lmasin, uni pulsiz sotib olish mumkin
emas. Agar pul bo’lmasa, talab ham bo’lmaydi, talab va taklifning nisbatidan esa
narx vujudga kеladi. Ammo talab va taklif ham birinchi navbatda narx-navoga
bog’liqdir. Bozor qandaydir tarzda elеmеntlar o’rtasida muvozanat o’rnatadi,
narxni, talab va taklifni boshqaradi.
Ko‘chmas mulk va uning bozori turlari:
Uch xil ko‘chmas mulk turini ajratish mumkin: yer, turar-joy va noturar-joy
yerlari.
Ko‘chmas mulkning bazaviy obyekti – yer. Ko‘chmas mulkni turga
bo‘linganda, uning bir qancha alomatlariga moslab, sinflarga ajratiladi,bu esa
ko‘chmas mulk bozorini yanada izchil tadqiq etish imkonini beradi va turli
kategoriyadagi ko‘chmas mulklarni baholash metodlarini ishlab chiqish va
qo‘llashni va ularni boshqarishni osonlashtiradi.


Ko‘chmas mulk bozorining quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
- mahalliylik;
-obyektlar o‘zaroalmashuvchanligini pastligi;
-mavsumiy tebranishlar;
-bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish zaruriyati.
-ko‘chmas mulkni moliyalash xarajatlarining uch guruhi mavjud:
-ko‘chmas mulk obyektini funksional holda saqlash xarajatlari;
- ko‘chmas mulkka egalik qilish uchunyillik soliq;
- ko‘chmas mulk bitimlaridagi yuqori transaksion xarajatlar.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling