Ko‘chmas mulk bozori – bu ko‘chmas mulk obyektlari bilan operasiyalar:
ko‘chmas mulk sotib olish sotuvi, ipotekasi, ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga
berish va boshqalar atrofidagi munosabatlar yig‘indisi.
Ko‘chmas mulk bozorining asosiy segmentlari: yer bozori, turar - joy va
noturar-joy bozori. Daromadli ko‘chmas mulk bozorini obyektlarni funksional
maqsadlari bo‘yicha ajratiladi:
-idora maqsadlaridagi obyektlar bozori;
-savdo maqsadlaridagi obyektlar bozori;
-ishlab chiqarish – ombor maqsadlaridagi obyektlar bozori;
-mehmonxona xizmatlari bozori;
-tugallanmagan qurilish obyektlari bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |