Mahsulot turlari
|
O`lchov birligi
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
Neft (gazkondensati bilan birga)
|
ming tonna
|
7534
|
7253
|
7241
|
7134
|
6580
|
Tabiiy gaz
|
mlrd m3
|
56,4
|
57,4
|
58,4
|
57,5
|
59,8
|
Ko`mir
|
ming tonna
|
2500
|
2711
|
2737
|
1910
|
2700
|
Elektr energiyasi
|
mlrd kVt
|
46,8
|
47,9
|
49,3
|
48,7
|
49,6
|
Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo`yilgan.
Mamlakat yoqilg`i sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuining belgilovchi tarmog`idir. U barcha turdagi yoqilg`i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan yirik korxonalari Buxoro (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho`rtan, Muborak), Toshkent (Angren), Surxondaryo (Sharg`un, To`da) va Farg`onada joylashgan. Yoqilg`i sanoati tez o`sib bormoqda. Masalan, 1980 yilda mazkur sanoat tarmog`ida respublika sanoat yalpi mahsulotining 8,8 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa endilikda bu ko`rsatkich salkam ikki marta o`sdi. Respublika sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilarning 6 foizi yoqilg`i sanoati tarmoqlarida ishlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |