Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi
Download 60.31 Kb.
|
Kurs ishi
Marketing tadqiqoti
Marketing faoliyatini aniqlashda marketing tadqiqotlari olib boriladi. Izlanish belgilangan ko’rsatkichlar va yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi. Demak, marketing ilmiy tadqiqoti bu- bozorda yuz berayotgan va berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni belgilangan maqsad yo’nalishida olib borish demakdir. Marketing ilmiy tadqiqotning tarkibi quyidagilardan iborat: bozor sharoitini tadqiq etish, talabni o’rganish va tahlil etish, taklifni o’rganish va tahlil qilish; xaridorning mahsulotga qo’ygan shartlarini o’rganish; bozorning rivojlanish istiqboli tahlili; savdo uslub va shakllarini o’rganish; raqobatchi firmalar faoliyatini o’rganish va baholash; mahsulot sotib oluvchi firmalar faoliyatini o’rganish; savdo, siyosat, huquq, transport, tijorat, tajribalar sharoitlarini o’rganish; firma xo’jalik faoliyatining tahlili; mahsulotning raqobatbardoshligining tahlili; firmaning raqobat imkoniyatlarini baholash. Har bir tadbirkor o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maqsadlariga erishish uchun marketing ilmiy tadqiqotlarini olib boradi. Bunda biznes faoliyatining tanlangan strategiyasi va taktik rejalari amalga oshiriladi. Tadbirkor marketing ilmiy tadqiqotlarini olib borish natijasida jamlangan ma’lumotlar faoliyatni boshqarishda qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishi lozim. Aks holda ular biznes faoliyatini rivojlantirishga salbiy ta’sir etadi. Marketing ilmiy tadqiqotlari olib borishi uchun zarur ma’lumotlar ko’lami juda kengaygan hozirgi sharoitda bu ma’lumotlarni tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etiladi. Marketing ilmiy tadqiqoti davomida ilk tasavvurga ko’ra, bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotlarni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanish samarali hisoblanadi. Bunda ko’proq ushbu ma’lumotlarni to’g’ri tartibga sola bilish, yangilab, boyitib borish, ulardan o’z o’rnida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. To’plash mumkin bo’lgan marketing xususidagi ma’lumot manba’alarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga zarur maqsad uchun yangidan olingan ma’lumotlar, ikkilamchi ma’lumotlarga esa boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, gazeta, televedenie va hokazolar) e’lon qilingan ma’lumotlar kiradi. O’zbekiston Respublikasida axborotlar yig’ish manbalari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga ko’ra, marketing bo’yicha ma’lumotlar olish manbalari ushbu sohadagi mutasaddi tashkilotlarning ma’lumotlari bo’lishi mumkin. O’zbekistonda ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi va iste’molchilar o’rtasida keng miqyosda sodir bo’ladigan o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, ularga ko’p qirrali xizmatlar ko’rsatuvchi hamda shu bilan bir qatorda ishchi kuchlarini oqilona joylashtirishga xizmat qiluvchi turli muassasalar 24 majmui bo’lmish bozor infratuzilmalari shakllantirilmoqda. Chunki bozordagi munosabatlarning muvozanati talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan doimo bir-biriga muvofiq kelavermaydi. Demak, bozor iqtisodiyotining infratuzilmalarini shakllanishi o’z muammolariga ega. Ularni ijobiy hal etishni davlat o’z zimmasiga olgan bo’lib, infratuzilma dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday tadqiqotlar qatoriga G’ulomov S.S., Samatov G’.A., Xusanov R. Xotamov Q.X. va boshqalarning ilmiy asarlarini kiritish mumkin. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizda, ayniqsa, qishloq xo’jaligidagi transport infratuzilmasi faoliyatining samaradorligini oshirish yetarlicha ilmiy va amaliy tadqiqot qilinmagan.Ayniqsa, Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi texnikalardan samarali foydalanish uchun, ularni o’z vaqtida sifatli qilib texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, ish jarayonida to’la foydalanish, material xarajatlari maqsadsiz sarflashga yo’l qo’ymaslik natijasida samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini yaratish lozim. Ilmiy-amaliy tadqiqotni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot Vazirligi va Davlat Statistika Qo’mitasi, Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi, viloyatlar mahalliy hokimiyatlari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy faoliyatga, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish infratuzilmalari faoliyatiga oid dasturlardan keng foydalanish mumkin. Marketing ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda tizimli tahlil va sintezli tahlil, ilmiy abstraksiya va monografik bayon usullaridan, hamda boshqaruvning ierarxik tizim nazariyasi, optimal yechimlar qabul qilish nazariyasi, operatsiyaviy tadqiqotlar, mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy modellashtirish usullaridan foydalanishi mumkin. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi, qishloq xo’jalik firmalari, dehqon xo’jaliklari, agrofirmalar, agrotexnik xizmat ko’rsatish markazlari, transport, qishloq xo’jalik texnikasi, savdo, tayyorlov ob’ektlari, moddiy- texnik ta’minoti birgalikdagi faoliyatini boshqaruviniamalga oshirish mexanizm va vositalarini yangi variantlar, ixcham texnik vositalar va usullar bilan to’ldirishda namoyon bo’ladi va ularni takomillashtirishga imkon yaratadi. Marketing ilmiy tadqiqoti asosida ma’lumot olishning quyidagi usullari mavjud: kuzatish; eksperiment; so’rov; kabinet tadqiqoti; dala tadqiqoti; anketa. Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko’p qo’llaniladigan ma’lumot yig’ish uslubi sanaladi. Marketing ilmiy tadqiqotlari olib borishning keyingi usuli eksperiment, ya’ni taqqoslash usuli hisoblanadi. Marketing tadqiqotlarini olib borishning so’rov uslubi biznes faoliyati yo’nalishida, jumladan, iste’molchilarning qiziqishlari, ishtiyoqlaridagi o’zgarishlar, mamnunligi va shunga o’xshash yo’nalishdagi tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. 25 Kabinet tadqiqotlari uslubi ikkilamchi ma’lumotlar to’plash maqsadida rasmiy bosma ma’lumotlar, ya’ni, ommaviy ma’lumotlar vositasida to’plangan manbalar asosida amalga oshiriladi. Dala tadqiqoti uslubini qo’llash jarayonida olingan ma’lumotlar boshlang’ich ma’lumotlar hisoblanib,ular bozorning o’zida o’rganiladi. Anketa uslubi orqali yirik tadbirkorlar va marketing ilmiy tadqiqotlariga moslashgan korxonalar tadqiqotlarni anketa uslubida muammolarni hal qiladilar. Masalan: mahsulotlarni sotib olish shakli, uslubi, xaridorning manzili, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish bilan bog’liq muammolar va ularni hal etish yo’llari; iste’molchilarning yangi mahsulotlarga nisbatan munosabati; iste’molchilarning muayyan mahsulotlarga bo’lgan ishtiyoqi, iste’mol qilish xususiyati, daromadlari va boshqa belgilariga ko’ra segmentlarga ajratish va shu kabilar. Download 60.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling