Tolali o’simliklar o’rtasida- paxta aloxida o’rin tutadi. Paxtachilik
to’qimachilik sanoati ishlatadigan tolalarning 50-60% ini beradi. Paxta
yetishtiruvchi rayonlarda paxta moyi olish xam muxim axamiyatga molikdir.
Paxtani dastlabki qayta ishlamay (tola va chigitini ajratmay) uzoqqa olib borish
o’zini iqtisodiy jixatdan oqlamaydi. SHuning uchun xam paxta tozalash zavodlari
paxtakor rayonlarda joylashgan. Xar bir tonna paxtadan 350-400 kg tola olinadi.
Paxta tolasini uzoqqa tashib borish qulayligi uchun to’qimachilik fabrikalari
paxtakor rayonlardan minglab.km. uzoqlikda, iste’mol rayonlarda joylashgandir.
Paxta asosan 20 va 40 SHimoliy kenglik orasida quruq subtropik mintaqalarda
yetishtiriladi. Paxta sug’orib (O’zbekiston, qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston,
Ozarbayjon, qozog’iston, Misr) xamda sug’ormay (AQSH) yetishtiriladi. Yiliga
dunyo bo’yicha 19-20 mln.t. paxta tolasi yetishtiriladi.
Eng yirik paxta tolasi yetishtiruvchi mamlakatlar AQSH - 2,5 mln.t.
O’zbekiston va Xitoy 1,5-2,5 mln.t., Xindiston - 1,5 mln.t. bo’lib, shuningdek
Turkiya, Pokiston, Braziliya, Meksika, Perudir. (xar ikkala mamlakat qimmatbaxo,
ingichka tolali paxta yetishtiradi.), Xalqaro bozorga 4,5-5 mln.t. paxta tolasi
chiqariladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda yetishtirilgan paxtaning 50-
75% chiqariladi. (Xindiston eksportga chiqarilgan paxta tolasiga nisbatan ko’proq
import qiladi). Yevropadagi mamlakatlar 2 mln.t. ortiq paxta tolasini, Yaponiya -
800-900 ming tonna paxta tolasini import qiladi. Xitoy-yirik paxta yetishtiruvchi
mamlakat bo’lishiga qaramay zo’rg’a o’z extiyojlarini qondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |