Fakulteti


Download 0.5 Mb.
Pdf просмотр
bet1/6
Sana08.10.2019
Hajmi0.5 Mb.
  1   2   3   4   5   6

 

 



 

O



ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

FARG'ONA FILIALI  

“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY 

TA’LIM“ FAKULTETI  

“AXBOROT –TA’LIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI  

Boshqaruv faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 

foydalanishni takomillashtirish tizimlarini ishlab chiqish mavzusidagi 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

(Bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan.)



 

 

Bajardi:  5111000  –  Kasb  ta’limi  (informatika  va 



axborot  texnologiyalari)  yo’nalishi  bitiruvchi     

4-kurs talabasi Umurjonov Baxtiyorjon Xamidjon 

o'g'li   

______________________ 

ILMIY 

RAHBAR: 


“ATT”  kafedrasi  kata 

o`qituvchisi  Mo'minov J. M.  

______________________ 

 

 



Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o'tdi.  

__________ sonli bayonnomasi «____»_______________ 2016 yil 



FARG‘ONA – 2016 y 

 

 



 

Boshqaruv faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni 

takomillashtirish tizimlarini ishlab chiqish. 

 

Annotatsiya  

 

Ushbu malakaviy bitiruv ishida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 

mohiyati  va  nazariy  jihatlari  ko‘rib  chiqilgan.  Boshqaruv  faoliyatida  axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanishning  hozirgi  holati  tahlil  qilingan. 

Shuningdek, 

ta’lim 


sohalarida 

zamonaviy 

axborot 

kommunikatsiya 

texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. 

 

 



 

 

 



 

In  the  given  final  qualifying  work  reviewed  the  overall  attributes  and 

features of communication technologies. Analyzed the use of information systems 

and  technologies  from  professional  perspective. Provided  several  suggestions, 

recommendations,  and  references  on  the  ways  of  improving  the  efficiency  and 

effectiveness of business activities in the overall education infrastructure. 



 

 

 

 

 

 

 



 

MUNDARIJA : 

Annotatsiya ………………………………………………………………………... 

Kirish ……………………………………………………………………………...4 

I  BOB.  Axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining  mohiyati  va  nazariy 

jihatlari ..................................................................................................................10 

1.1.  Axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining  mohiyati  va  jamiyatdagi 

o'rni..........................................................................................................................10 



1.2.  O'zbekistonda  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanish 

bosqichlari ..............................................................................................................17 



II  BOB.  Boshqaruv  faoliyatida  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalaridan 

foydalanishning hozirgi holati .............................................................................25 

2.1. O'zbekiston Respublikasida elektron boshqaruv usullari va elektron xokimiyat 

modelining rivojlanish bosqichlari..........................................................................25 



2.2.“O'zbektelekom”  AK  faoliyatida  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalaridan 

foydalanish samaradorligini baholash va tahlil etish.............................................. 41  



III 

BOB. 

Ta’lim  sohalarida  zamonaviy  axborot  kommunikatsiya  

texnologiyalaridan foydalanish ...........................................................................47 

3.1 Ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha  ........................................................47 

3.2 Multmediani ta’limda qo‘llash .........................................................................50 

3.3 Masofaviy ta’lim texnologiyasi va uni ta’limda qo'llash .................................53 

MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 

QOIDALARI..........................................................................................................59 

XULOSA................................................................................................................69 

ADABIYOTLAR RO’YHATI..............................................................................70 

 

 

 

 

 



 

KIRISH. 

Biz  farzandlarimizning  nafaqat      jismoniy  va  ma’naviy 



sog'lom  o'sishi,  balki  ularning  eng  zamonaviy  intelektual 

bilimlarga  ega  bo'lgan,  uyg'un  rivojlangan  insonlar  bo'lib, 

XXI  asr  talablariga  to'liq  javob  beradigan  barkamol  avlod 

bo'lib  voyaga  yetkazish  uchun  barcha  imkoniyat  va 

sharoitlarni  yaratishni  o'z  oldimizga  maqsad  qilib 

qo'yganmiz”   

 

 



 

 

     Islom Abdug'aniyevich Karimov. 



Mavzuni  dolzarbligi:  Mamlakatimiz  ishlab  chiqarish  sohalarini  axborotlashtirish 

jamiyat  rivojlanishining  ob’ektiv  jarayoni  hamda  zarur  bo’lgan  axborotlarni 

yig’ish,  saqlash,  uzatish,  qayta  ishlash  va  takdim  etishning  tabiiy  davomidir. 

Iqtisodiyot,  ishlab  chiqarish,  aloqa,  ilmiy-tadqiqot,  ta’lim,  tibbiyot  va  biznes 

sohalaridagi  mehnat  sifati,  mehnat  unumdorligi  va  samaradorlik  darajasini 

yuksaltirish  ularda  tadbiq  qilinayotgan  eng  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari bilan bog’liq.  

      Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  to’plangan  axborot 

mahsulotlarini  kishilarga  tezkor  sur’atda  etkazib,sermehnatlik  darajasini 

kamaytirgan  holda  mavjud  muammolarni  hal  etish  uchun  keng  imkoniyatlar 

yaratib 

bermoqda. 

Shuning 

uchun 


ham 

axborot-kommunikatsiyalar 

texnologiyalarini  jamiyatning  barcha  tarmoqlarida  samarali  qo’llash  mamlakatni 

texnologik  va  iqtisodiy  jihatdan  rivojlantirishni  ifodalovchi  ko’rsatkich  bo’lib 

xizmat qilmoqda. 

        Davlatimiz  rahbarining  2015  yil  4  fevraldagi  Farmoniga  muvofiq,  hukumat 

tarkibida  yangi  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  tashkil  etilishi  davlat  boshqaruvi 

tizimini  yanada  takomillashtirish,  jamiyatning  turli  sohalarida  bosqichma-bosqich 

amalga  oshirilayotgan  islohotlar samaradorligini  yuksaltirish  yo‘lidagi  navbatdagi 



 

 



 

muhim  qadam  bo‘ldi.Mamlakatda  axborotlashtirishga  mas’ul  va  yuqori 

vakolatlarga  ega  davlat  boshqaruvi  organining  shakllantirilishi  axborot 

texnologiyalari  hamda  kommunikatsiya  jabhasida  yagona  davlat  siyosati 

yuritilishini ta’minlashda yangi tashkiliy-huquqiy imkoniyatlarni yaratib beradi.    

Global  taraqqiyot  sharoitida  axborot  texnologiyalari  mohiyatini  oshirishning 

yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga 

har tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining 

muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Zero, axborotlashtirish tizimida davlat 

siyosatini  olib  borish  masalasi  strategik  ahamiyatga  ega  vazifadir.  Shubhasiz, 

davlat  va  jamiyat  -boshqaruvi,  biznes,  fuqarolik  jamiyati  kommunikatsiyalari 

samaradorligi,axborotlashtirish,  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  ushbu 

sohalarga kirib borishi darajasi bilan uzviy bog‘liq. 

  

       Mamlakatimiz  istiqlolni  qo‘lga  kiritgan  davr  fan-texnika  inqilobining  muhim 



bosqichiga  to‘g‘ri  keldi.  O‘shanda  kompyuterlarni  keng  miqyosda  ishlab 

chiqarishning global to‘lqini kuzatilgandi. Shunga hamohang ravishda yurtimiz o‘z 

mustaqilligi  salohiyatidan  foydalangan  holda,  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni 

amalga  oshirishning  “o‘zbek  modeli”  tamoyillariga  asoslanib,  davrning 

innovatsion  talablariga  har  tomonlama  mos  javob  bera  oldi.  O‘z  navbatida, 

barqaror  taraqqiyotning  mustahkam  asosi  sanalgan  milliy  axborot  makoni 

yaratildi.  

        Prezidentimizning  2002  yil  may  oyidagi  “Kompyuterlashtirishni  yanada 

rivojlantirish 

va 


axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini 

joriy 

etish 


to‘g‘risida”gi  Farmoni  yurtimizda  axborotlashtirish  sohasini  jadal  rivojlantirishda 

muhim dasturilamal bo‘ldi. 

 

Unda nafaqat  mamlakatni  axborotlashtirishni  yanada  ravnaq  toptirishning ustuvor 



yo‘nalishlari  belgilab  berildi,  balki  mazkur  sohada  maxsus  tuzilgan  davlat 

boshqaruvining  vakolatli  organi  —  O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish 

agentligi-vakolatlari hamda faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari aniq ko‘rsatib 

o‘tildi.  Binobarin,  ko‘plab  olimlar,  tahlilchilar  tomonidan  mazkur  me’yoriy-

huquqiy  hujjatning  qabul  qilinishi  davlatning  axborotlashtirish  siyosati,  uning 


 

 



 

asosida  olib  borilgan  izchil  chora-tadbirlar  samaradorligining  yana  bir  tasdig‘i 

sifatida e’tirof etildi. 

 

         Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  davlat  hokimiyati 



tizimida  axborotlashtirish  taraqqiyotiga  mas’ul  alohida  organ  tuzilishi  va  unga 

tegishli vakolatlarning berilishi keng tarqalgan hamda muvaffaqiyatli amaliyotdir. 

Bunday  tuzilmalar  AQSh,  Janubiy  Koreya,  Avstraliya  va  boshqa  ko‘plab 

davlatlarda  mavjud  bo‘lib,  samarali  faoliyat  yuritmoqda.  Boisi,  axborotlashtirish 

kompleks  hamda  ko‘p  tarmoqli  jarayondir.  Shunday  ekan,  davlat  sektori,  biznes 

tuzilmalari  va  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  axborotlashtirish  darajasini 

oshirish,  jamiyat  hamda  davlat  qurilishining  barcha  sohasiga  ilg‘or  axborot 

texnologiyalarini  keng  joriy  qilish  bo‘yicha  sa’y-harakatlarni  muvofiqlashtirishga 

qaratilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  yuqoridagi  kabi  davlat  organlari 

faoliyatining eng asosiy vazifalari hisoblanadi. 

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov axborot sohasini taraqqiy 

toptirish,  so‘z  va  axborot  erkinligini  ta’minlashni  mamlakatimizda  demokratik 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishning  eng 

muhim  yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  belgilab  bergan.  Davlatimiz  rahbari 

tomonidan  parlamentga,  hukumatga,  jamoatchilikka  qilingan  murojaatlarda 

axborotlashtirishni rivojlantirish muhimligi va ustuvorligi bir necha marta ko‘rsatib 

o‘tilgan. Yurtboshimiz xorijiy mamlakatlarga amalga oshiradigan tashriflarida ham 

mazkur  sohadagi  xalqaro  hamkorlikni  yanada  ravnaq  toptirish,  axborot  jabhasiga 

yangi  investitsiyalar  hamda  ilg‘or  texnologiyalarni  keng  jalb  etish  masalalariga 

katta  e’tibor  qaratadi.  Buni  ana  shu  tashriflar  davomida  imzolangan  ko‘p  sonli 

hujjatlar  ham  tasdiqlaydi.Ayni  chog‘da  yurtimizda  “elektron  hukumat”  tizimini 

shakllantirish  yo‘nalishida  hayotga  tatbiq  qilinayotgan  chora-tadbirlar  doirasida 

ham  axborotlashtirishni  rivojlantirish  masalalari  alohida  o‘rin  tutadi.  Fuqarolarga 

davlat  interaktiv  xizmatlarini  keng  taqdim  etishni  nazarda  tutuvchi  davlat 

boshqaruvining  ushbu  konsepsiyasini  ro‘yobga  chiqarish  davlatning  turli 

organlariga  tegishli  axborot  tizimlari  va  resurslaridan  birgalikda  foydalanishga 



 

 



 

asoslanadi,  hokimiyat  vakolatlari  va  tashkiliy  salohiyatini  yagona,  yaxlit,  sohada 

amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  muvaffaqiyatiga  mas’ul  bo‘lgan  organda 

jamlashni  talab  etadi. Shuning  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  aloqa, 

axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligining  tashkil  etilishi  davlat  boshqaruvi  tizimini  yanada 

takomillashtirish,  mamlakat  iqtisodiyoti  tarmoqlari  hamda  sohalarida  zamonaviy 

axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini,  “elektron  hukumat”  tizimi 

hamda  axborot  tizimlarini  jadal  tatbiq  etish,  telekommunikatsiya  infratuzilmasini 

modernizatsiya qilish uchun sharoit yaratadi. Prezident Farmonida ko‘zda tutilgan 

chora-tadbirlarning  ro‘yobga  chiqarilishi  axborot  sohasidagi  davlat  siyosati 

samaradorligini  oshiradi,  fuqarolarimizning  davlat  axborot  tizimlari  va 

resurslaridan  foydalanish  sharoitlarini  yaxshilash  uchun  yangi  tashkiliy-texnik 

imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.  

 

Muxtasar 



aytganda, 

Axborot 


texnologiyalari 

va 


kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  tashkil  qilinishi  O‘zbekistonning  chuqur  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirish  yo‘liga  sodiqligini,  jamiyatning  barcha  sohasini 

ravnaq toptirishda zamonaviy axborot texnologiyalari salohiyatidan foydalanishga 

intilishini namoyon qilib, muhim siyosiy mazmun-mohiyat kasb etadi. 

Tadqiqotning  o’rganilganlik  darajasi:    Boshqaruv  faoliyatida  axborot 

kommunikatsiya    texnologiyalaridan  foydalanishni  takomillashtirish  tizimlarini 

ishlab chiqishni o’rganishda AQSH,Yaponiya,Janubiy Korea,Hindiston va yevropa 

mamlakatlari  ko‘p  yillik  izlanish  va  malakaga  ega  olimlari  o‘rgangan. 

Mamlakatimizda  axborot  kommunikatsiya    texnologiyalarini  rivojlantirish  va 

jamiyatning  turli  japhalariga  tadbiq  etish  bo’yicha  “Toshkent  axborot 

texnologiyalari universiteti”ning qator professor o’qtuvchilari va shu soha vakillari 

faoliyat yuritib kelmoqdalar.  

 


 

 



 

Tadqiqot 

maqsadi: 

Boshqaruv 

faoliyatida 

axborot 


kommunikatsiya  

texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish  tizimlarini ishlab chiqish. 



Tadqiqotning obyekti:  Bugungi  kunda  jamiyatimizni  boshaqaruv  faoliyatida 

axborot kommunikatsiya  texnologiyalaridan foydalanish jarayoni. 



Tadqiqotning  predmeti:  Bugungi  kunda  rivojlanib  borayotgan  axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalarini  jamiyat  taraqqiyotida  qo‘llash  tamoyillari  va 

shart-sharoitlari  

Tadqiqotning  vazifalari: 

1.Bitiruv  malakaviy 

ishning 

mavzusiga  oid 

texnik,pedagogik-psixologik  ilmiy-uslubiy  adabiyotlarni  va  meyoriy  xujjatlarni 

o’rganish,taxlil qilish hamda umumlashtirish. 

 

 

 



       

2.Mazkur muammoning nazariy va amaliy asoslarini tadqiq qilish yo’li bilan uning 

dolzarb muammo ekanligini aniqlash.  

 

 



 

 

 



          

3.  Boshqaruv  faoliyatida  va  ta’lim-tarbiya  jarayonlarida  axborot  kommunikatsiya  

texnologiyalarining qay darajada o’rin tutishini aniqlash.  

Tadqiqot metodlari:  

1.  O‘quv yurtlarini davlat va me’yoriy xujjatlarini o‘rganish. 

2.  Pedagogik kuzatuv 

3.  So‘rovnoma 

4.  Kompyuter metodi 

5.  Trening 

6.  Monitoring 

7.  Intervyu 

8.  Pedagogik tajriba 

9.  Matematik-statistika 



 

 

 

 



 

Tadqiqotning ilmiyligi: 

1.Boshqaruv  faoliyatida  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini  davlat 

taraqqiyotining muhim bir bo‘g‘ini sifatida ilmiy jihatdan asoslanadi. 

2.Axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini  amaliyotda  to‘g‘ri  qo‘llash  xalqning 

madaniy va ma’rifiy hayotini yaxshilashda muhim omil ekanligi aniqlanadi. 

3.O‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  intelektual  salohiyatini  oshirishda  asos  bo‘lib 

kasb etishini nazariy jihatdan pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlanadi. 

4.Ta’lim  mazmuni,  o‘quv  dasturlari  va  darsliklarni  takomillashtirish  yo‘llarini 

ko‘rsatib berildi. 

Tadqiqotning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati:  Tadqiqot  natijasida”Axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalar”  davlat  boshqaruv  tizimida,aholining  turmush 

tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishda shu bilan birga yosh avlodni bilim olishida va  

jahon hamjamiyatida yuqori o’rinlarni egallashida qanot bo‘lishi isbotlandi.  Ilmiy 

ish yakuni bo‘yicha aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab-chiqilgan tavsiyalardan 

pedagogik  kurslardagi  ma’ruzalar  yaratishda  o‘quv  rejalarni  yangi  avlodini 

yaratishda,  pedagog  xodimlarni  bilimlarini  boyitishda  foydalanish  mumkin.  BMI  

taraqqiy tuzilishi: Kirish, 3 bob, 7 paragrf, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 

 

 



 

I  BOB  .  Anolitik  qismi.  Axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining 

mohiyati va nazariy jihatlari 

1.1 

Axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining  mohiyati  va  jamiyatdagi 

o'rni. 

Jahon  bozorida  barcha  mamlakatlar  XXI  asrda  bevosita  “industrial  jamiyatdan” 

“axborotlashgan  jamiyatga”  o’tishni  boshladi.  Muqarrarki,  jahon  iqtisodiyotining 

kelajagini,  tabiiy  boyliklar  bilan  bir  qatorda  (neft,  gaz,  ko’mir,  metallar  va  h.k.), 

axborot  omillari  belgilaydi,  axborot  sohasini  rivojlanish  birinchiligida  esa  jahon 

doirasida kuchlarni joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Axborotlashgan 

jamiyatda  axborot  borgan  sari  strategik  manbaaga  aylanmoqda.  Axborot 

texnologiyalarining  takomillashtirilishi  jamiyatni  axborotlashtirishda  muhim  omil 

hisoblnadi.  Ma’lumki,  axborot  texnologiyalari  informatika  qonun  –  qoidalari 

asosida takomillashtiriladi.  

Axborot  texnologiyalariga  qisqacha  to’xtaladigan  bo’lsak  quyidagi  fikrlar  kelib 

chiqadi. 

           Texnologiya  so'zi  grekchadan  tarjima  qilinganda  san'at,  ustalik,  malaka 

ma'nosini  anglatadi.  Texnikada  texnologiya  deganda  ma'lum  kerakli  material 

mahsulotni  hosil  qilish  uchun  usullar,  metodlar  va  vositalar  yig'indisidan 

foydalanadigan 

jarayon 

tushuniladi. 

Texnologiya 

ob'ektining 

dastlabki, 

boshlang'ich  holatini  o'zgartirib,  yangi,  oldindan  belgilangan  talabga  javob 

beradigan  holatga  keltiradi.  Misol  uchun  sutdan  turli  texnologiyalar  orqali  qatiq, 

tvorog,  smetana,  yog'  va  boshqa  sut  mahsulotlarini  olish  mumkin.  Agar 

boshlang'ich  xom  ashyo  sifatida  axborot  olinsa,  ushbu  axborotga  ishlov  berish 

natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" 

tushunchasining  ma'nosi  saqlanib  qolinadi.  Faqat  unga  "axborot"  so'zini  qo'shish 

mumkin.  Bu  narsa  axborotni  qayta  ishlash  natijasida  moddiy  mahsulotni  emas, 

balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. 

       Texnologiyani  quyidagicha  ta'riflash  mumkin.  Texnologiya  -  bu  sun'iy 

ob'ektlarni 

yaratishga 

yo'naltirilgan 

jarayonlarni 

boshqarishdir. 

Kerakli 


jarayonlarni  kerakli  yo'nalishda  borishini  ta'minlash  uchun  yaratilgan  shart-

11 

 

 



 

sharoitlar  qanchalik  yaxshi  tashkil  etilganligi  texnologiyaning  samaradorligini 

bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini 

o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish 

maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha 

ta'riflash mumkin.  

      Axborot texnologiyasi  - bu axboriy  ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat 

jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning 

usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.  

     Moddiy  ishlab  chiqarish  texnologiyasining  maqsadi  insonning  talabini 

qondiradigan 

yangi 


mahsulot 

ishlab 


chiqarishdan 

iborat. 


Axborot 

texnologiyasining  maqsadi  esa  insonning  biror-bir  ishni  bajarishi  uchun  zarur 

bo'lgan,  uni  tahlil  etish  va  u  asosida  qaror  qabul  qilishi  kerak  bo'lgan  yangi 

axborotni  ishlab  chiqarishdan  iborat.  Turli  texnologiyalarni  qo'llab,  bitta  moddiy 

resurslardan  turli  mahsulotlar  olish  mumkin.  Xuddi  shu  narsani  axborot 

texnologiyalariga  nisbatan  ham  aytish  mumkin.  Misol:  matematikadan  nazorat 

ishini  bajarganda  har  bir  o'quvchi  boshlang'ich  axborotni  qayta  ishlash  uchun 

o'zining  bilimini  qo'llaydi.  Masalaning  echimi  bo'lgan  yangi  axborot  mahsuloti, 

o'quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog'liq. 

Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar 

ishlatiladi.  Axborot  texnologiyalari  uchun  ham  o'zining  "uskunalari",  vositalari 

mavjud.  Bular  kseroks,  telefaks,  faks,  skaner  va  boshka  vositalardir.  Bu  vositalar 

orkali  axborotga  ishlov  berilib,  o'zgartiriladi.  Hozirgi  paytda  axborotga  ishlov 

berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. Axborot 

texnologiyasida  kompyuterlar  va  kompyuter  tarmoqlarining  qo'llanishiga  urg'u 

berish  maqsadida  ko'pincha  kompyuter  va  kommunikatsion  texnologiya  haqida 

gapirishadi. 

         Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan 

bevosita  bog'liqdir.  Chunki  axborot  texnologiyasi  axborot  tizimlarida  mavjud 

bo'lgan  ma'lumotlar  ustida  bajariladigan  turli  xil  murakkablikdagi  operatsiyalar, 

amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 


12 

 

 



 

       Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki 

va tashqi omillar mavjud. 

          Ichki  omillar  –  bu  axborotning  paydo  bo’lishi  (yaratilishi),  turlari,  xossalari, 

axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k. 

          Tashqi  omillar  -  bu  axborot  texnologiyasining  texnik  –  uskunaviy  vositalar 

orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. 

          Axborot  texnologiyasining  mazmunini  quyidagi  oddiy  bir  misol  bilan 

tushuntirishga  harakat  qilamiz.  Siz  biror  ma’lumot  haqida  boshqa  bir  viloyat, 

(respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fakir almashmoqchsiz. Buni turli 

yo’llar orqali etkazishingiz mumkin:  1) aloqa bo’limi orqali (yozma); 

2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki); 

3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.  

O’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab 

olasiz.  

Bu misoldagi ichki omil qaysi??? 

Tashqi omilchi??? 

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng 

muhim  usullaridan  biri  bo'lib,  hozirgi  vaqtga  qadar  bir  necha  evolyutsion 

bosqichlarni bosib o'tdi.  

Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o'tamiz.   

1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bo' bosqichda "Qo'llik" 

axborot  texnologiya  taraqqiy  etgan.  Uning  vositasi:  pero,  siyohdon,  kitob. 

Kommunikatsiya,  ya'ni  aloqa  odamdan  odamga  yoki  pochta  orqali  xat  vositasida 

amalga oshirilgan. 

2-bosqich.  XIX  asrning  oxiri,  unda  "Mexanik"  texnologiya  rivoj  topgan. Uning 

asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 

3-bosqich.  XX  asr  boshlariga  mansub  bo'lib,  "Elektromexanik"  texnologiyalar 

bilan  farq  qiladi  Uning  asosiy  vositalari  sifatida  telegraf  va  telefonlardan 

foydalanilgan.  Bu  bosqichda  axborot  texnologiyasining  maqsadi  ham  o'zgardi. 



13 

 

 



 

Unda 


asosiy 

urg'u 


axborotni 

tasvirlash 

shaklidan, 

uning 


mazmunini 

shaqllantirishga ko'chirildi. 

4-bosqich.  XX  asr  o'rtalariga  to'g'ri  qelib,  "Elektron"  texnologiyalar  qo'llanilishi 

bilan  belgilanadi.  Bu  texnologiyalarning  asosiy  vositasi  EHMlar  va  ular  asosida 

tashkil  etiladigan  avtomatlashtirilgan  boshqarish  tizimlari  va  axborot  izlash 

tizimlaridir. 

5-bosqich.  XX  asr  oxiriga  to'g'ri  keladi.  Bu  bosqichda  "Kompyuter" 

texnologiyalari  taraqqiy  etdi.  Ularning  asosiy  vositasi  turli  maqsadlarga 

mo'ljallangan  dasturiy  vositalarga  ega  bo'lgan  shaxsiy  kompyuterlardir. 

Bu bosqichda  kundalik  turmush,  madaniyat  va  boshqa  sohalarga  mo'ljallangan 

texnik  vositalarning  o'zgarishi  ro'y  berdi.  Lokal  va  global  kompyuter  tarmoqlari 

ishlatila boshlandi. 

Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo'linadi: 

1.  Ma'lumotlarga  ishlov  beruvchi  axborot  texnologiyalari.  Ular  ma'lum 

algoritmlar  bo'yicha  boshlang'ich  ma'lumotlarga  ishlov  beruvchi  masalalarni 

echishga  mo'ljallangan.  Masalan,  har  bir  firmada  o'zining  xodimlari  haqidagi 

axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo'lishi kerak. 

 2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati 

qaror  qabul  qilish  bilan  bog'liq  bo'lgan  insonlarning  axborotga  bo'lgan  talabini 

qondirishdan  iborat.  Boshqarishning  axborot  tizimlari  tashkilotning  o'tmishi, 

hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o'z ichiga oladi. 

3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. 

       Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot 

ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari 

va  axborotlar  bilan  ishlovchi  boshqa  zamonaviy  vositalar  asosida  tashkil  etish  va 

qo'llab-quvvatlashdan  iborat.  Buning  uchun  maxsus  dasturiy  vositalar  ham  ishlab 

chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word 

matn  muharriri,  Excel  elektron  jadvali,  Power  point  taqdimot  uchun  grafikani 

tayyorlash  dasturi,  Microsoft  Access  ma'lumotlar  omborini  boshqarish  tizimlari 

kiradi. 


14 

 

 



 

      Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko'plab dasturiy vositalar mavjudki, ular 

barcha  turdagi  axborot  texnologiyalarini  ta'minlay  oladi.  Ularning  ayrimlari  bilan 

qisqacha tanishib chiqamiz.  

      Ma'lumotlar  ombori.  Har  qanday  axborot  texnologiyasining  majburiy 

komponenti  ma'lumotlar  omboridir  (MO).  Avtomatlashtirilgan  ofisda  MO 

firmaning  ishlab  chiqarish  tizimi  haqidagi  barcha  ma'lumotlarni  o'zida  saqlaydi. 

MO, uni tashkil kilish va boshqarish haqida batafsil 10- bobda tanishib chiqamiz. 

        Matn  protsessori.  Bu  matnli  hujjatlarni  tashkil  etish  va  ularga  ishlov  berishga 

mo'ljallangan  dasturiy  vosita  turidir.  Masalan,  matn  muharririda  tayyorlangan  xat 

va  hujjatlarni  doimiy  ravishda  qabul  qilish  menedjerga  firmadagi  holatni  doimo 

nazorati ostida tutishga yordam beradi. 

     Elektron  pochta  (E-mail)  -  kompyuterlardan  tarmoqda  foydalanishga 

asoslangan  bo'lib,  hamkor  (partnyor)larga  ma'lumotlar  jo'natish  yoki  ulardan 

ma'lumot olish imkoniyatini yaratadi. 

    Audiopochta - bu ma'lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orkali 

uzatuvchi pochtadir. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling