Fakulteti


Download 1.06 Mb.
Pdf просмотр
bet5/6
Sana08.10.2019
Hajmi1.06 Mb.
1   2   3   4   5   6

Microsoft  PowerPoint  –  taqdimot  tayyorlash  uchun  oldindan  ishlab 

chiqilgan  shablonlardan  iborat.  Ushbu  dasturiy  mahsulot  audio  va  videofayllar, 

animatsiyalarni hosil qilish, har xil diagrammalar yaratish, taqdimotni himoyalash, 

fotoalbomni avtomatik generatsiyalash funksiyalariga ega. 

 

 

 



Opus  Presenter  Pro  –  interfaol  taqdimot  uchun  instrument  bo’lib, 

o’rgatuvchi  materiallar  katalogini  namoyon  etadi.  PowerPoint  bilan  raqobatlasha 

oladigan, interfaolligi jihatidan ustunlikka ega bo’lgan mahsulot. 

 

 



Multimedia Builder – foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan, katta bo’lmagan 

mustaqil exe-ilovalarni yaratadi. Foydalanuvchi uning yordamida murakkab tillarni 

o’rganish  uchun  vaqt  sarflamasdan  multimedia  dasturlarini  tuza  oladi.  Buning 

uchun MMB skriptlari tili yordam beradi.   

 

 

 



 

AutoPlay  Media  Studio  –  taqdimot,  elektron  qo’llanma,  multimedia 

ilovalari  ko’rinishidagi  har  xil  multimedia  elektron  nashrlarini  yaratish  uchun 

mukammal vositadir.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Macromedia  Action  –  taqdimotni  hosil  qilish  elementlarini  yagona 

izchillikda  yoki  ekran  knopkasi  orqali  chiqarish  mumkin  bo’lgan  alohida 

tasvirlardan tashkil topgan interfaol dasturiy mahsulot.   

 

 



53 

 

 



 

 

Astound – faqat taqdimot yaratish vositasi emas, multimedia yaratish uchun 

mo’ljallangan instrumentlar hamdir. Astound Draw moduli chizma obyektlar bilan 

ishlashga,  xususiyatlar  hosil  qilish,  egri  chiziqlar  ustida  ishlashga  mo’ljallangan 

o’ziga  xos  to’plamga  ega.  Astound  Video  moduli  ikkita  videokanal  va  har  xil 

effektlardan foydalanishga mo’ljallangan oltita xususiyat bilan ishlash xarakteriga 

ega.   

 

    Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish 



jarayoni  zamonaviy,  ko’ptarmoqli  o’quv  vositalarini  ishlab  chiqishni  va 

foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi 

bo’yicha bilimlar bazasi, ekspert o’rgatuvchi tizimlar kiradi. Multimedia vositalari 

ta’lim  berish  va  olishning  samarali  va  istiqbolli  quroli  bo’lib,  u  ko’rgazmali 

uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, 

video  va  boshqalardan  foydalanish;  axborot  turlarini  ta’lim  oluvchilarning  qabul 

qilish darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish 

imkoniyatini yaratadi va an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi 

ma’lumotlar massivini taqdim etadi. 

3.3 Masofaviy ta’lim texnologiyasi va uni ta’limda qo’llash  

Hozirgi  zamon  ta’lim  tizimida  masofaviy  o‘qitish  ta’limning  qulay  turi            

sifatida kirib keladi.Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda 

kunduzgi  va  sirtqi  ta’lim  bilan  bir  qatorda  ma‘lumot  jarayonida  ta’limning 

kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va 

innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.   

 

 

Masofaviy ta’limning tarkibiy qisimlari quydagilar: 



 

O‘qituvchi ,  o‘quvchi va kommunikatsiya. 



 

Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual 



jadval asosida mahsus imkoniyatlar,telefon,elektron aloqa va boshqa ta’lim 

vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan 

ta’lim jarayoni tashkil etiladi.   

 

 



 

 

 



54 

 

 



 

 



Masofaviy  ta’limda  ma‘lum  maqsad  asosida ta’lim  sub‘ekti  va  ob‘ektining 

ta’lim vositalari yordamidagi o‘zaro  ta‘siri amalga oshadi. 

 

Ma‘lumot  jarayoni  o‘ziga  hos  pedagogik  tizim  elementlarini  o‘z  ichiga 



oladi,  bular:  ta’lim  maqsadi,ta’lim  mazmuni,ta’lim  metodlari  va  vositalari 

ta’limning  tashkiliy  shakllari,nazorat  qilish,o‘quv-  moddiy,finans-iqtisodiy, 

normativ-huquqiy asoslar,marketing kabilar.  

 



Masofaviy  ta’lim  tizimi  insonparvarlik  printsipiga  asoslanadi.  Ya‘ni  hech 

kim  kambag‘allik,geografik  muammolar  ijtimoiy  himoyalanganlik  va 

boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo‘lmasligi lozim. 

 



Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchi talabaga o‘quv materialini “Internet” tizimi 

orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo‘yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar veb 

saytga  murojaat  qilib,  nazariy  bilimlarni  oladilar,  amaliy  topshiriqlarni 

bajaradilar  va  o‘qituvchiga  javobni  elektron  pochta  (e-mail)  orqali 

jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, 

javoni yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo‘lsa kerakli 

ko‘rsatmalar beradi.. 

 



O‘quv  jarayonida  o‘quvchi  darslikdagi,  elektron  kutubhona  va  elektron 

darsliklardan, vidiokonferentsiyalardan foydalanadi. 

 

Masofada  o‘qitish  bu  mustaqil  o‘qishdir.  Mustaqil  o‘qish  davrida 



o‘quvchida  mustaqil  fikrlash,  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish  va  boshqarish 

qobiliyatlari rivojlanadi. 

Masofadan  o‘qitishda  o‘quvchi  berilgan  dasturni  qanchalik  tez  o‘zlashtirsa, 

shunchalik  tez  o‘qishini  tugatadi  va  o‘qitishni  tugatganligi  to‘g‘risida  sertifikat 

oladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

     


Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: 

A) darslik,  

B) audio va vidiodarsliklar

V) veb-saytlar, 



55 

 

 



 

G) elektron kutubhonalar

D) matnlar, 

E) elektron darsliklar. 

XXI asrda masofaviy ta’lim eng istiqbolli insonparvar ta’lim va ta’limning integral 

shakli  sifatida  ta’lim  tizimiga  kirib  kelmoqda.XXI  asr  ta’lim  jarayoniga  global 

texnologiyaning  kirib  kelishi  bilan  ham  harakterlanadi.  Chunki  bozor  iqtisodiyoti 

talablari 

o‘z-o‘zidan  ta’lim  jarayonini  dunyo  standartlari  darajasida 

takomillashtirishni  taqozo  etadi.      Hozirgi  kunda  masofadan  o‘qitish  dunyoning 

ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta’lim shakli sifatida 

rivojlanmoqda. 

Masalan, 

Finlandiya-ning 

Oulu 

universitetida, 



Buyuk 

Britaniyaning  London  Metropolitan  universitetida,  Gollandiyaning  Fontis 

universitetida,  Janubiy  Koreya  respublikasida  masofaviy  o‘qitish  texnologiyasi 

keng  yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lib,  unda  talabalar  va  boshqa  soha  mutahassislarining 

malakasini  oshirish  sohasida  samarali  qo‘llanilib  kelinmoqda.O‘z-o‘zidan 

ma‘lumki,  dunyoga  yuz  tutayotgan  O‘zbekiston  uchun  ham  bu  ta’lim  turi  uzoq 

kelajak  emas.  Shuning  uchun  ham  O‘zbekiston  o‘quv  yurtlarida  ham  ba‘zi  bir 

islohotlarni amalga oshirish davr  talabi. 

                                                                                                                         

Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim.     

      O‘qitishdagi  axborot  texnologiyalar  bu  o‘qitish  faoliyatida  qo‘llaniladigan 

elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir.Elektron vositalar tarkibiga 

apparatli,dasturli  va  axborotli  komponentlar  kiradi.Ularni  qullash  ko‘rsatmalari 

o‘qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta‘minotida keltiriladi. 

     Masofaviy  ta’lim  bu  o‘qitishning  insonparvar  shakli  bo‘lib,an‘anaviy,yangi 

pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanishga  asoslanadi.Bunda  texnik 

vositalar o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi 

muloqot uchun hizmat qiladi. Shunga ko‘ra masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va 

axborotni  qayta  ishlashning  yangi  texnik  vositalari  va  sirtqi  ta’limning  asosiy 



56 

 

 



 

usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish 

to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta’lim tizimi apparatli,dasturli 

va  uslubiy  vositalarning  murakkab  kompleksi  bo‘lib,o‘z  ichiga  server  va  ishchi 

stansiyalar,shaxsiy  kompyuterlar,  kommunikatsiya  vositalari,  umum  tizimli  va 

tarmoqli dasturlar ta‘minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini 

boshqaruv  tizimlari,o‘rgatuvchi  dasturlari  va  shu  dasturlarni  yaratish  uchun 

instrumental vositalariga ega bo‘lgan audio va video texnikalarni oladi.  



Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari. 

1.Eguluvchanlik. O‘quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir. 

2.Modullik. 

3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda. 

4.O‘zaro ta‘sir etish. 

5.Masofaviy  ta’limning didaktik tizimi. 

Hozirgacha mavjud didaktik tizimda ta’lim jarayoni 7 ta elementni o‘z ichiga olar 

edi: ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni,  o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ta’limning shakli, 

vositasi va metodlari. 

Masofaviy  ta’limning  didaktik  tizim  esa  12  elementni  o‘z  ichiga  oladi.                                                                                                    

3.3.1- chizma  

 

Maqsad 


 

O‘quv-moddiy 

Mazmun  O‘qituvchilar 

Nazorat 


Metodlar   

Normativ-huquqiy 

Vositalar  O‘quvchilar 

Iqtisodiy 

Shakllar   

Marketing 



 

57 

 

 



 

Masofadan o‘qitishning metod va vositalari. 

       Masofadan  o‘qitish  texnologiyasi  (MO‘T)  mahsus  metod,vosita  va 

o‘qitishning  tashkiliy  shakllari  tizimi  bo‘lib,ta’lim  mazmunini  ko‘p  tarmoqli 

ravishda  amalga  oshirishga  qaratilgan.Oliy  o‘quv  yurtlarining  ko‘pgina 

o‘qituvchilari  (pedagogika  va  didaktika  o‘qituvchilaridan  tashqari)  “o‘qitish 

metodi”  tushunchasiga  unchalik  qiziqmaydilar.  Chunki  ko‘pchilik  o‘qituvchilar 

o‘qitish faoliyatini empirik tarzda  o‘rganib oladilar. Ular asoson kafedra mudirilari 

yoki yetakchi professor – o‘qituvchilariga taqlidan o‘qitish usullarini qo‘llaydilar. 

Lekin  shu  usullar  qaysi  ta’lim  metodlari  tizimiga  kirishini  bilmaydilar  yoki 

qiziqmaydilar.  Ta’lim  metodini  bilish  ta’limni  takomillashtirish-ning  muhim  

shartlaridan  biridir.Ta’lim  metodi  har  hil  o‘quv  predmetlarini  o‘qitishni  qanday 

amalga oshirish yo‘larini belgilaydi.Ta’lim metodi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati 

to‘g‘risida  nazariy  tushuncha  beruvchi  didaktik  kategoriyadir.Masofadan  o‘qitish 

har  hil  ta’lim  metodlari  orqali  amalga  oshiriladi  va  unda  bir  qancha  usullardan 

foydalaniladi.Har bir  usul muayyan harakatlardan iborat bo‘lib,o‘qitishning hal hil 

didaktik  vositalari  yordamida  ma‘lum  bir  maqsadga  erishishga  qaratiladi. 

Masofadan  o‘qitish  metodlaridan  foydalanganda  qo‘ydagi  usullarni  qo‘llash 

mumkin:  namoyish  qilish,  illyustratsiya,  tushintirish,  hikoya,  suhbat,  mashq, 

masala yechish, material ni yodlash, yozma ish va takrorlash kabilar. 

      Pedagogik  jihatdan  qayta  ishlangan  o‘quv  mazmuni  o‘z  ichiga  olgan  

masofaviy  o‘qitish  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  qo‘lidagi  o‘quv  vositalari  o‘quv 

mazmunini  taqdim  etish,  o‘quvchilarning  o‘rganish  faoliyatini  tekshirish  va 

boshqarish  vazifasini  bajaradi.  Ma‘lum  bir  o‘quv  materiali  bir  qancha  o‘rgatish 

vositalari  (bosma  materiallar,  audio-video  va  boshqalari)  bilan  berilishi  mumkin. 

Vositalarning  har  biri  o‘z    didaktik  imkoniyatlarga  ega.  O‘qituvchi  bu 

imkoniyatlarni bilishi va o‘quv materialini har hil vositalarga ko‘ra bo‘lib chiqishi, 

didaktik  vazifalarni  amalga  oshirishga  qaratilgan  o‘quv  axborotlarni  tashuvchi 

tizim  sifatida  o‘quv  materiallaridan  o‘quv  vositalari  kompleksini  yarata  olishi 

kerak.  


58 

 

 



 

Masofaviy  o‘qitish  tizimi  vositalari  qo‘ydagilardan  iborat  bo‘lishi  mumkin: 

1.Darsliklar  (an‘anaviy  darsliklar,elektron  darsliklar,qo‘llanmalar,spravochniklar 

va boshqalar). 

 

 

 



 2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar; 

 3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o‘qituv tizimlari; 

  4.Audio va o‘quv axborot materiallari; 

  5.Video o‘quv-axborot materiallari; 

  6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari; 

  7.Masofaviy trenajyorlar; 

  8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi; 

  9.Masofaviy elektron kutubhonalar; 

 10.O‘rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o‘qitish vositalari; 

 11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o‘qitish vositalari; 

 12.Virtual reallikka asoslangan o‘qitish vositalari.       

 

 



 

 

 



 

 

   



59 

 

 



 

MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI 

 Texika xafsizligi 

Zamonaviy  axborot  stenalardan  EHMlardan  foydalanishda  texnika 

havfsizligi qodalariga rioya qilishni ikkita qismiga bo’lish mumkin. 

 



EXM dan foydalanishni o’rganishda 

  EXM dan foydalanilganda 



 

O’rganishning  texnika  xavfsizligining  umumiy  qoidalari  quyidagilardan 



iborat bo’ladi: 

 



O’quv  kompyuter  xonalarida  ishlash  uchun  texnika  xavfsizligi  bo’yicha 

birinchi ixtisoslik guruxiga ega bo’lgan qo’lanmasini bilgandan so’ng ruxsat 

beriladi. 

 



Kompyuter  qurilmalarini  moylash  va  tozalash,  yuvish,  ko’zdan  kechirish, 

tarmoqdan o’chirish holati amalga oshiriladi. 

 

O’quv  kompyuterlar simlarini umumiy  tarmoqqa  ulangan xolda  uzish  yoki 



ulash qat’iyan man etiladi. 

 



O’quv  kompyuterlari  elektr  tarmog`iga  ulangan  xolatda  uning  ustidagi 

qoplamasini  echish  man  etiladi,  chunki  uning  elektron  nurlanish 

moslamalari yuqori elektr kuchlariga ega. 

 



O’quv kompyuteriga nazoratsiz yopiq xolatda qoldirish mutlaqo man etiladi. 

 



O’quv  kompyuter  xonalarida  kompyuterlardan  foydalaniladi,  so’ng  ulash 

sim o’chirish tarmoqdan o’chirish lozim. 

 

O’quv  kompyuter  xonasi  yong’inga  qarshi  kurash  talablariga  ko’ra  to’liq 



ta’minlangan bo’lishi lozim. 

O’rgangandan  keyin  erga  ulangan  xolda  foydalanish  uchun  quyidagi 

texnikaxavfsiziligi qoidalariga rioya qilish kerak: 

   Elektr xavfsizligi 



   Yon’g’in xavfsizligi 



60 

 

 



 

Elektr xavfsizligi 

Darstur  uslubida  ishlash  xonasi  elektr  xavfsizligi  jixatidan  to’liq  javob  berishi 

kerak.  Ular  quruq  doimo  bir  xil  xaroratda  bo’lishi  kerak,  pollari  izolyattsiya 

qilingan bo’lishi kerak, changsiz va xamisha qurilmalar erga ulanga bo’lishi lozim. 

Kompyuter  yerga  ulangan  xolda  220  Volt  quvvatga  ega  bo’lgan  tokdan 

foydalaniladi. 

Foydalanuvchi  kuchi  elektr  tok  ta’sirida  faqat  avariya  paytida  zararlanish 

mumkin.  Foydalanuvchi  kompyuterning  simlarining  joylash  sxemasi  bilan  to’liq 

tanishga  bo’lishi  lozim  va  ularni  ishlatishni  elektrdan  foydalanish  qoidalarini 

buzmasligi lozim. 



Yong‘in xavfsizligi 

Kompyuter  o’rnatilgan  binolar  yong’in  xavfining  D  kotigoriyasini  3 

darajasiga loyiqdir. Xisoblash markazidagi yong’inlar juda xavfli bo’ladi va ko’p 

zarar etkazishi mumkin. Chunki zamonaviy EXM lar elektr toki asosida ishlaydi va 

elektr  qurilmalarining  elektr  moslamalarining  elektr  qismidan  yong’in  chiqsa, 

yong’in  paydo  bo’ishi  mumkin.  Bundan  tashqari  elektr  tok  sxemasining 

ommaviylari  juda  zich  joylashgan  bo’lib,  ularning  islash  paytida  havo  haroratida 

juda  ham  yuqori  bo’ladi.  Shuning  uchun  elektr  tok  ommaviylarining  harorati 

oshmasilgi  uchun  ventilyatsiya  qurilmalari  ishlashini  ta’minlash  lozim.  Yong’in 

paydo  bo’lsa,  ham  uni  suv  yoki  qum  bilan  o’chirish  mumkin  emas  chunki 

EHMning  ko’pchilik  elementlar  kuchlanishi  bilan  ishlatiladi,  shuning  uchun 

yong’inni  o’chirish  uchun  poroshokli  sastavlardan  foydalanish  lozim.  Ular 

sublimatsionar va ko’chma bo’lishi mumkin va avtomattik ravishta ulanishi kerak 

bo’ladi. Hosirgi paytda modul poroshokli ulagichlar OPA-5O, OPA-100, YAPP(9) 

ishlab  chiqarilgan.  Binoda  yomg’rni  o’chirish  uchunYPC  –  500  pomoshlikli 

o’chirg’ich  yaratilgan  bo’lib,  u  pomoshnikni  saqlash  uchun  shinasidan  yuqori 

siqilgan  gaz  balandlaridan  redoktor  va  turboprovodda  iborat  bo’lgan.  Yonilg’ini 

oldini  olish  uchun  IP  –  104  va  IP  212  axborotchilardan  foydalaniladi. 



61 

 

 



 

Foydalaniluvchilarni kompiyuterda ishlashga ruxsat olishdan oldin ularga yong’in 

xavsizligini  qoidalari  va  yong’in  bilan kurashish usullari bilan  tanishtirish lozim, 

bundan  tashqari  kompiyuterlar  joylashgan  xonalardamahsus  yong’indan 

evakuasiya  qilish  ko’rgazma  vositalari  mavjud  bo’lishi  kerak.  Chiqish  joyi  aniq 

ko’rsatilishi lozim.  

Yuqorida  ko’rsatilgan  qoidalariga  to’liq  rioya  qiladigan  abonentni 

kompyuterdan foydalanishga ruxsatsat berish mumkin. 



Sanitariya va gigyena.  

Stol va stullarga talablar. 

Kompyuter  xonasida  stol  va  stullar  talablar  mavjud  bo’lib,  stol  blandligi 

yerdan 68-77 sm bo’lib, stullar esa aylanuvchan bo’lishi kerak. Chunki stol-stullar 

o’z  garbati  biloan  to’g’ri  kelmasa,  foydalanuvchi  tezda  charchab  qoladi.  Stol  va 

stullar  shunday  joylashtirilishi  lozimki,  ular  insonlarga  turib  yurishiga  halaqit 

bermasligi kerak.  



Inson antropomotrik o’lchovlarini hisobga olish: 

Insonni antrpomotirik o’lchovlari quyidagicha: o’rtacha balandilgi 1m 72 sm, 

yelka kengligi 39 sm, qo’llar yoyilmasi 160 sm.  

Agarda  bu  antrpomotirik  o’lchovlari  hisobga  olinmasi,  tinglovchilar  ish 

paytida bir-biriga halaqit berishi mumkin.  

Monitordan insonni ko’zigacha antimal masofa 

Monitor  ko’zdan  ozgina  pastroqda  va  50  sm  kam  bo’lmagan  masofada 

joylashishi  kerak.  Monitor  va  ko’z  orasidagi  masofa  60-70  sm  bo’lishi  tavsiya 

qilinadi,  bu  masofa  kichik  bo’lsa  insionni  ko’zi  tezroq  charchaydi.  Manitorni 

dizayn va rangi o’ziga e’tiborni jalb qilmasilgi lozim. Shuning uchun monitorning 

sirt  tomonida  xar  xil  reklama  yopishtirgichlarni  olib  tashlash  kerak.  Monitorni 



62 

 

 



 

ekrani zangori va ko’k ranglarga bo’yalishi shart. Chunki bu ranglar inson ko’ziga 

eng yaxshi ranglardan hisonlanadi.  

Kompyuterda ishlash vaqtida insonni charchash sabablari. 

Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlarda charchaydi: 

-ekranni yorug’ligi; -kontrakt va fon o’rtasidagi aniqligi; 

-kompyuterda ishlash vaqtida issiqligdan nurlanish; 

-kompyuterda nurlanishning insonga ta’siri; 

-kompyuter buzuqligi; 



Kompyuter xonasiga talablar. 

Kompyuterning  shipi  oq  ko’k  fon  bilan  oqlanishi  devorlarni  yashil  rangda 

oqlanishi  kerak.  Bu  ranglar  va  oftob  nurlanishi  bizga  kerakli  rang  iqlimni  yaratib 

beradi.  



Elektr havfsizligi. 

Kompyuter xonasida hamma jihozlar elektrda ishlaydi, shuning uchun  elektr 

shkastlanishiga uchrash mumkin. 

Kompyuterlarda yerga ulash va yerga ulash himoyasiga talablar. 

Hamma  kompyuterlarda  elektr  tarmog’iga  ulash  uchun  maxsus  sistema 

ishlatiladi va unda “O” ulash himoyasi qo’llanilgan. “O” ga ulash himoyasi bu “O” 

simini  korpuslari  bog’lash  va  har  xil  issiqlikda  ishlaydigan  avtomatlarni  ishga 

tushuruvchi sistemadir.  



Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. 

Shaxsiy  kompyuterni  ishga  tayyorlash  va  o’chirish  tartiblari  mavjud. 

Avvalambor  kompyuterning  tarmoq  kuchlanishiga  mosligini  tekshirish  kerak. 


63 

 

 



 

Shaxsiy  kompyuterlar  220  yoki  110  kuchlanishili  elektr  tarmoqlarida  ishlashi 

mumkin.  

Shaxsiy  kompyuterlar  uchun  kuchlanishning  o’zgarishi,  ayniqsa  keskin 

o’zgarishlar havfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stalbizatorlardan yoki 

elektr  quvvatining  uzluksizligini  ta’minlovchi-UPS  qurilmasidan  foydalanish 

tavsiya  etiladi.  Maxsus  UPS  qurilmasi  elektr  quvvatini  o’zgarmas  holda  ushlab 

turadi  hamda  elektr  mabayi  o’chirilganda  keyin  muayyan  vaqt  davomida 

kompyuter  ishlashini  ta’minlab  turadi.  Bu  vaqt  kompyuterda  bajarilayotgan 

ishlarni  tugatish  uchun  yetarlidir.  Masalan,  kerakli  ma’lumotlarni  diskga  yozib 

qo’yish yoki pragrammalar ishini tugatish uchun va hokazo.  

 Atrof muhit muhofazasi. 

Kishilik jamiyati jadval rivojlanib borayotgan bir davrda tabiiy muvozanatni 

ya’ni  ekologiyani  yaxshilash,  tabiatni  muhofaza  qilish  dunyo  miqyosida  ega 

bo’lgan  muammo  bo’lib  qolmoqda  chunki  ekologiya  barcha  mavjudotlarni 

biologiyasiga  xos  talablarga  javob  berishi,  aks  holda  ularning  yashashini 

qiyinlashishi  va  nihoyat,  nobut  bo’lishi  mumkin.  Inson  tabitani  bir  bo’lagi. 

Shuning  uchun  tabiatni  muhofaza  qilish,  uning  boyliklaridan  rejali  va  samarali 

foydalanish insonlarning muhim vazifasi hisoblanadi. 

Ekologiya  hususida  so’z  yuritib  Prizidentimiz  I.A.  Karimov,  ekologiya 

havfsizligi-milliy  va  mintaqaviy  doiradan  chiqib,  butun  insoniyatni  umumiy 

muammosiga aylanib ketdi, deb ta’kidlangan edi. Haqiqatdan tabiiy  muvozanatni 

saqlash  va  uni  uzluksiz  ravishta  yaxshilash,  mustahkamlab  borish-butun  dunyo 

ahamyatiga  ega  bo’lgan  muammoga  aylanib  bormoqda.  Shuning  uchun  kishilik 

kishilik  jamiyatning  hozirgi  zamon  taraqqiyoti  ekologiya  haqida  bilimlarni 

o’rganish va rivojlantirish va uning tartib qoidalarini amalda to’g’ri qo’llash hamda 

barcha tamoillariga roiya qilishni taqazo etayotir. 



64 

 

 



 

Bu o’z navbatida ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini har taraflama 

puxta  o’rganish  hamda  bu  soxa  bo’yicha  keng  ko’klamda  ilmiy  tadqiqot  ishlari 

olib borish, uning natijalarini amalda mutazam qo’llashga undamoqda.  

Tabiiy 

sharoitning 



mavjudotlari 

talablarga 

mos 

emasligi, 



ya’ni 

muvozanatning  buzilishi  ularning  o’sish,  rivojlanish  va  nasl  berish  hususiyatlari 

yomonlashtiradi.  Bunday  holatda  uzoq  davom  etishi  mavjudotlarini  halok 

bo’lishiga-dunyoda  hayotning  so’nishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  tabiiy 

muvozanatni  saqlash  sayyoramiz  doirasida  muammo  bo‘lib  kelmoqda.  Dunyoda 

hayotning  barqaror  bo’lishligini  ta’minlash  uchun  tabiiy  muvozanatni,  ya’ni 

ekologiyani  o’rganish,  uning  tamoyillariga  rioya  qilish  yo’li  bilan  mavjudotlar 

ichiki muhit talablarini tashqi muhit omillari bilan uzluksiz ta’minlashga erishish 

katta  ahamyatga  ega.  Inson  tabiat  boyliklaridan  o’z  manfaatlari  uchun  keng 

foydalanadi.  Zero  u  tabiatning  ajralmas  qismi.  Tabiatga  barcha  mavjudotlar  va 

borliq jismlar o’ziga xos darajada ta’sir qiladi. Lekin inson o’zining aql-zakovati

jismoniy  mehnati  tufayli  tabiatga  boshqacha  ta’sir  ko’rsatadi.  U  hatto  ayrim 

masalalar bo’yicha tabiatni o’z foydasiga bo’ysundirishga ham erishadi. Natijada, 

tabiat  boyliklari  yo’q  bo’ladi,  (inson)  o’zini  falokat  yoqasida  olib  keladi  va 

butunlay nobud bo’ladi. Bunday nuhush holat ro’y bermasligi uchun ekologiyani 

buzmaslik, aksincha, uni saqlash va tabiatni muhofaza qilish lozim. 

“Ekologiya”  so’zi  grekcha  bo’lib,  oikos-yashash  muhiti,  turar joy  va  logos-

ta’limot  ma’nosini  bildiradi.  Ya’ni,  ekologiya  mavjudotlar  uchun  yashash 

sharoitlari mos kelishligi haqidagi ta’minotdir. 

Inson  va  tabiat  bir-biriga  uzviy  bog’liq.  Tabiat-inson  va  butun  mavjudotlar 

yashash  sharoitining  birdan-bir  asosi.  Uning  boyliklari  jamiyatni  yashashi, 

rivojlanishi  uchun  zarur  bo’lgan  moddiy,  madaniy  ehtiyojlarni  qondiradigan 

bitmas-tuganmas  manba.  Inson  tabiatsiz  yashay  olmaydi,  chunki  u  tabiatning 

ajralmas  kichik  bir  qismi.  U  mavjudot  sifatida  tabiat  ta’sir  ko’rsatadi.  Lekin 

insonning tabiatga o’z aql-zakovati, mehnat faoliyai tufayli ta’sir qilishini hech  


65 

 

 



 

nima bilan taqqoslab bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, mavjudotlar tabiatdan 

qanday bo’lsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz ta’sir etadi. Inson esa tabiatga 

shunchalik kuchili ta’sir ko’rsatishi mumkinmi, hatto tabiatni o’ziga bo’ysindiradi.  

Sanoatning  rivojlanishi  tabiiy  boyliklar  kamayishi  bilan  birgalikda  atrof 

muhit  ifloslanishiga  olib  keladi.  Ishlab  chiqarish  chiqindilar  suv,  atmosfera  va 

tuproqning 

ifloslanishiga 

sabab 

bo’ladi. 



Bunday 

ifloslanish 

tuproq 

unumdorligining  pasayishiga  olib  kelishio  bilan  bir  qatorda  hayvonot  olami  va 



inson salomatligi uchun havfli bo’lib qoldi. 

Atrof-muhitning  ifloslanishi  katta  shaharlarda  yaqqol  ko’zga  tashlanmoqda. 

Hosirgi  vaqtda  rivojlangan  mamlakatlar  yirik  shaharlarida  ichimlik  suvi 

yetishmayotganligi  havo  zaharli  moddalar,  jumladan  qo’rg’oshin  bilan 

zaxarlangaligi  aniqlangan.  Ko’pgina  ko’l  va  daryolar  biologik  nutai  nazardan 

faoliyatisiz hisobalnadigan bo’lib qoladi. Yirik shaharlar axlatlar, chiqindilar to’lib 

ketganligi  tufayli  turli  yuqumli  kasalliklar  kelib  chiqish  havfi  tug’ulmoqda. 

Umuman,  insonning  tabiatga  bo’lgan  ta’siri  shuchalik  kuch  olib,  katta  havf 

tug’dirmoqdaki,  u  biologik  muvozatnatning,  buzilishiga  sabab  bo’lib,  ishlab 

chiqarish kuchlarining kelgusida rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.  

Tabiatni  muhofaza  qilishining  maqsadi.  Tabiatning  muhofaza  qilish  qadim 

zamonlarda  boshlangan  va  uning  maqsadi  asta-sekin  mukammalashib  bormoqda. 

Ilgari  tabiatni  muhofaza  qilish  moddiy  boylik  nuqtai  nazardan  qilingan  bo’lsa, 

hozirgi zamonga kelib, maqsadi keng tus olmoqda. 

Tabiatni  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  ham  zarur.  Uni  muhofaza 

qilishning  asosiy  sharti  himoya  qilishni  foydalanish  bilan  bir  vaqtda  olibborish 

lozimligi.  Bu  tabiatni  himoya  qilish  va  undan  foydalanish  bir  butun  masala 

ekanligi  ekanligi  kelib  chiqadi.  Tarixda  insonning  tabiatga  munosabati 

o’zgaruvchan  bo’lib,  u  jamiyatning  turmush  tarziga  bog’liq.  Tabiat  boyliklaridan 

vahshiyona  emas,  balki  to’g’ri,  oqilona,  insofli,  kelajakni  o’ylagan  holda 

foydalanish kerak. 


66 

 

 



 

YERGA ULASH QURULMALARINI HISOBLASH 

Bu topshiriqning asosiy vazifasi insonni elektor toki urish xavfining 

darajasini aniqlaydigan omillarini o`rganish hisoblanadi. 

 

Talabalik guvohnomasi nomerining oxirgidan oldingi raqami 



1,7 

2,8 


3,9 

4,0 


Grunt turi  Nam qum 



Ho`l qum 

Toshloq  Tuproq 

Qora tuproq 

Torf 


 

 , Ом.м 



500 

300 


80 

60 


50 

25 


 

 

Talabalik guvohnomasi nomerining oxirgi raqami 









n

R , Ом 



10 


20 

10 



20 

10 



20 

n



z

, Ом 


0,8 

1,4 


1,6 

2,4 



3,2 

3,6 


4,5 

6,3 



H

z

, Ом 



0,5 

0,9 


0,9 

1,2 



1,8 

2,1 


2,8 

3,0 


4,0 

,Ом  100 

150 

100 


75 

50 


50 

100 


100 

200 


100 

l , м 


4,0 

6,0 


2,0 

3,0 


2,0 

3,0 


2,0 

3,0 


2,0 

3,0 


d , м 

0,03 


0,05 

0,07 


0,03 

0,05 


0,07 

0,03 


0,05 

0,07 


0,03 

t , м 


2,0 

2,5 


2,0 

2,5 


2,0 

2,5 


2,0 

2,5 


2,0 

2,5 


η

з

 

0,65 



0,67 

0,69 


0,71 

0,73 


0,75 

0,77 


0,79 

0,81 


0,83 

 

Barch variantlr uchun: U




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling