Fakulteti yo`nalishi bosqich guruh talabasi


Mavzuning maqsad va vazifalari


Download 41.17 Kb.
bet2/6
Sana07.05.2023
Hajmi41.17 Kb.
#1440966
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ish

Mavzuning maqsad va vazifalari: Kurs ishning asosiy maqsadi bog’lovchi va uning turlarini tahlil qilish hamda o`zbek tilshunosligida bog’lovchilar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ahamiyatli o`rnini belgilashdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, ushbu kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi:

  • Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar;

  • Zidlov bog’lovchilaritutgan o`rnini belgilash;

  • Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap doir ma’lumotlarni o`rganish va tahlil etish.

Kurs ishining metodologik asosi va metodlari: Dialektik falsafaning keng tarqalgan tavsiflash, tahlil etish, umumiylik – xususiylik, butun – bo`lak kabi usullardan hamda o`zbek tilshunosligida qo`lga kiritilgan nazariy fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Ushbu kurs ishi umumiy tavsifni o`zida aks ettirgan kirish, uchta asosiy reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


Kurs ishining umumiy tavsifi.
Hozirgi o‘zbek tili o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr hozirgi o‘zbek tilining shakllanish tarixi, shevalarga munosabati, lisoniy sathlari, lisoniy paradigmalari, lisoniy birliklarining substansial imkoniyatlari, lisoniy munosabatlar, lisoniy tasnif asoslari, lisoniy birliklari substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, imlo qoidalari va talaffuz me’yorlari, fonetikasi, leksikasi, morfemikasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tili sathlari va ularning birliklarini farqlash tamoyillarini, lisoniy munosabat hamda uning turlarining ilmiy asoslarini, lisoniy birliklar substansial imkoniyatlarini aniqlash usullarini, fonetik, leksik, grammatik imkoniyatlarini aniqlash asoslarini, substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida lisoniy, shaxsiy va pragmatik omillar roli va hamkorligining ilmiy asoslarini, imlo, talaffuz va punktuatsiyasi me’yorlarining ilmiy mezonlarini bilishi va ulardan foydalana olishi malakasini egallashlari ta’limning hal qiluvchi vazifalaridir. Pirovardida hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq hamda ular birliklarini farqlash asoslarini sharhlay olish, lisoniy va nutqiy birliklarini ajratish mezonlarini tushuntira olish, birliklar orasidagi lisoniy munosabatlarni tavsiflay olish, lisoniy imkoniyatlarini nutqiy vaziyat va sharoitga bog‘liq ravishda samarali ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 41.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling