Fakulteti yo’nalishi kurs guruh talabasi


Download 26.08 Kb.
bet5/5
Sana11.11.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1767377
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqatning taqsimlanishi va obrazli xotira reja Diqqatning taqs

Xotira jarayonlari. Xotira turlaridan tashqari ularning jarayonlari ham harakaterlanadi. Bular esda olib qolish (mustahkamlash), esga tushirish (aktuallashtirish, qayta tiklash), esda saqlash va unitish jarayonlaridir.
Esda olib qolish natijasida yangi materialni oldin o‘zlashtirilganlari bilan bog‘lash orqali mustahkamlanadi. Esda olib qolish individ tajribasini yangi bilimlar bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib qolish tanlovchanlik harakateriga ega. Esda olib qolish quyidagilarga bog‘liq:
inson faoliyatida aktiv qo‘llangan, harakat qilgan narsalarni yaxshi eslab qoladi.
Materialni eslab qolish shaxsning motivlari, maqsadlari va faoliyat usullari bilan belgilanadi.
Esda olib qolish ham qisqa muddatli va uzoq muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish tarzida bo‘ladi.
Shulardan ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolishga to‘xtalib o‘tamiz.
Ixtiyorsiz esda olib qolishda material guyoki «o‘z-o‘zidan» esda saqlanib qoladi. Bu nimaga bog‘liq? O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, ixtiyorsiz esda olib qolish quyidagi omillarga bog‘liq:
- material faoliyatning asosiy maqsadining mazmuniga kiradi, agar material faoliyat amalga oshirishning sharoitlariga, usullariga kirsa esda saqlab qolinmaydi;
aktiv aqliy ishni yuzaga keltirgan material ixtiyorsiz ravishda yaxshi esda olib qoladi;
muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, bizda qiziqish va hissiyot tug‘dirgan material.
Ixtiyoriy esda olib qolish maxsus mnemik harakatlar mahsulidir. Bunda nimani va qanday qilib eslab qolishni aniqlash katta ahamiyatga ega. Bunan tashqari quyidagi omillarni ko‘rsatish mumkin:
esda olib qolishning motivi;
esda olib qolishning ratsional (oqilona) usullaridan foydalanish;
tushunish, mantiqiy anglab esda olib qolish;
o‘rganilayotgan materialning rejasini tuzish;
taqqoslash;
sistemalashtirish va klassifikatsiya qilish;
obrazli bog‘lanishlarga keng suyanish;
qayta esga tushirish;
qismlarga bo‘lib va yaxlit takrorlash kabilar.
Qayta esga tushirish – ilgari esda olib qolingan materialni aktuallashtirish. Qayta esga tushirishning tanish, qayta esga tushirish va xotirlash kabi turlari farqlanadi.
Tanish – qandaydir ob’ektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirish.
Qayta esga tushirish tanishdan shunisi bilan farq qiladiki, u qayta esga tushirilayotgan ob’ektni qayta idrok kilmay turib amalga oshiriladi.
Xotirlash-o‘tmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan holda qayta esga tushirishdan iborat.
Unutish – esda olib qolingan materialni vaqtinchalik yoki butunlay qayta tiklay olmaslik.
Unutish turlari: butunlay unutish, qisman unutish, vaqtinchalik unutish.
Xotiraning ustunlik kiluvchi tiplariga ko‘ra individual farqlar mavjud. Ko‘rgazmali obrazli, so‘z-abstrakt va oraliq tipdagi xotira tiplari farqlanadi.
Xulosa
O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta`sirli bo`ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko`proq qarashi, uni og`ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi. Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo`la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o`yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog`cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo`lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo`lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya`ni darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, o`qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalar o`z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o`yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo`ladi. O`quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi. Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi sinf o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o`qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko`rgazmalar, xilma - xil bo`lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg`ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o`ylab ko`rishi lozim. O`quv faoliyatini to`g`ri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o`smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O`smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko`p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo`shqin g`ayrat, istak uyg`onadi. Bu bir tomondan, diqqatning to`planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg`ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o`smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo`naltirish va unda tutib turish imkonini beradi. O`qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o`rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to`g`ri tarbiyalashni ta`minlaydi. Bunday sharoitda o`smirning o`zi ham o`zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog`liq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta`limga oliy ma`suliyatli bo`lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so`nggi ixtiyoriy diqqatning, ya`ni irodaviy diqqatning paydo bo`lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Ko`p yillik o`qish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo`ladi, uning natijasi yuqori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo`lgan ish ustida o`z diqqatini nisbatan engil to`play oladigan bo`ladi. Bunday yigit - qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan o`rganish qobiliyatiga ega bo`ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto o`smir ham ko`rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo`ladi. YUqori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o`qitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o`ynaydi.

Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:



  1. А.V.Pеtrоvskiy. "YOsh psiхоlоgiya vа pеdаgоgik psiхоlоgiya". M.1979 yil.

  2. "Umumiy psiхоlоgiya, yosh psiхоlоgiya vа pеdаgоgik psiхоlоgiya" kursi. 1982 yil.

  3. V.А.Krutеskiy. "Pеdаgоgik psiхоlоgiya аsоslаri"

T. "Ukituvchi".

  1. V.А.Krutеskiy. "Ukuvchilаrning tаъlim vа tаrbiyasi psiхоlоgiyasi. 1976 yil.

  2. E.Gоziеv. "Psiхоlоgiya" T. 1994 yil.

  3. M.V.Vохidоv. "Psiхоlоgiya" T. 1981 yil.

  4. M.G.Dаvlеtshin tахriri оstidа "YOsh psiхоlоgiyasi vа pеdаgоgik psiхоlоgiya" T. 1974 yil.

  5. SH.Bаrаtоv. "Ukuvchi shахsini urgаnish usullаri". T. "Ukituvchi". 1995 yil.

  6. Turахоnоvа R. "6 yoshli bоlаlаrning psiхоlоgik хususiyatlаri". T. "Ukituvchi" 1990 yil.

10.А.I.SHchеrbаkоv tахriri оstidа. "YOsh psiхоlоgiyasi vа
pеdаgоgik-psiхоlоgiyadаn prаktikum". T. "Ukituvchi"
1991 yil.
11.M.G.Dаvlеtshin. "Zаmоnаviy mаktаb ukituvchisining
psiхоlоgiyasi". T. 1999 yil.
Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling