Falasafa fanidan mustaqil ish mavzu: Zamonaviy garb falsafasining asosiy muammolari


Download 0.73 Mb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1124638
  1   2   3
Bog'liq
Referat



Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

“Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi




Falasafa fanidan

MUSTAQIL ISH


Mavzu: Zamonaviy garb falsafasining asosiy muammolari

Bajardi: Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, jurnalistika:xalqaro jurnalistika yo'nalishi xitoy-ingliz guruhi 2-kurs talabasi Razzoqova E’zoza


Tekshirdi: f.f.n..., dotsent Saydaliyeva N.Z

Toshkent 2022


R e j a:
1. Yangi zamon falsafasida ma`rifatli inson siymosi.
a) XVI-XIX asrlar musulmon falsafasida barkamol inson g`oyalari.
b) XVII-XVIII asrlar Yevropa falsafasida ma`rifat-parvarlik g`oyalari.
v) XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo ma`rifatparvarlarining jamiyat hayotini insonparvarlashtirish borasidagi sa`y-harakatlari.
g) Klassik va noklassik falsafada inson intellektual imkoniyatlarining ulug`lanishi.
d) Antiklassik falsafa va inson borlig`i.
2. Hozirgi zamon falsafasi taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari.

a) XVI-XIX asrlar musulmon falsafasida barkamol inson g`oyalari. XVI-XIX asrlar musulmon falsafasida barkamol inson g`oyalarini targ`ib etishda shoir va yozuvchilar, tarixchi va faylasuflar bu davr talablari asosida yangi g`oyalarni ilgari surdilar. XVI-XIX asrlarda mazmunan boy, ahloqiy, ta`lim-tarbiyaviy jihatdan g`oyat ahamiyatli, nafisligi bilan hayratga soladigan, kishini o`ylashga da`vat etadigan g`azallar, ruboyilar, hikoyalar, tarixiy va falsafiy asarlar yuzaga keldi. Falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxo`ja, Mirzajon ash-SHeroziy al-Bog`naviy ibn Muhammadjon Yusuf al-Qorabog`iy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko`rsatish mumkin.


Masalan: Poshoxo`ja barkamol ig`oyasi asosida bir qator hikoyalar to`pla-mini yaratgan bulib, “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti” va Gulzor) ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, rostgo`ylik, ruhiy komillik, halollik, mehr-oqibat, kamtarlik va boshqa ma`naviy-axloqiy fazilatlarni tahlil qiladi, salbiy illatlar, insoniylikka zid xatti-harakatlarni qoralaydi.
Yusuf al-Qorabog`iy (1563-1647). U yoshligidan fiqx, falsafa, tasavvuf bilan shug`ullanadi. Uning asosiy risolalarida “Risolayi botiniya”, “risolayi xilvatiya”, “Fi ta`rifi ilm” va boshqalarida barkamol inson g`oyasi haqida muhim fikrlar bildirgan. Shu bilan birga falsafaning eng muhim muammolari haqidagi fikrlari ifoda etadi. Uningcha, olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning a`zolaridir. Olamdagi butun narsalarni Xudo yaratgan, u birinchi sababdir. Borliqdagi hamma narsalar sabab-oqibat orqali bir-biri bilan bog`langan. Shuningdek, olim harakat va uning turlari, to`rt unsur haqida ham o`z fikrlarini bildiradi.
Marshab ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlikni ko`rib fig`oni oshadi, uning poetik qahramonlari adolatsizlikdan azob chekadi. Boshqa ijodkorlardan farqli o`laroq Mashrab hayotining qachonlardir oddiy odamlar uchun ham kulib boqishiga umid qiladi. Mashrab falsafasidan bahra olib yaratilgan she`rlar o`zining mazmundolligi, o`ynoqiligi, sho`xligi va chinakam dunyoviyligi uchun xalq qalbidan chuqur o`rin oldi.
Mirza Abdulqodir Bedil (1644-1721). Mirza Bedil ilmning ko`p sohalari, xususan falsafa, adabiyot, san`atshunoslik bo`yicha ijod qildi. Bedilning “Irfon” (Bilim), “CHor unsur”, “Nuqot” (Xikmat) asarlarida barkamol inson g`oyasi haqidagi fikrlarni ifoda etgan. Bedil o`z falsafiy qarashlarini ijtimoiy hayotga tadbiq etib, jamiyat hayotidagi yomonlikni bartaraf qilish va yaxshilikni o`rnatish niyatida haqiqatni izlaydi va boshqalarni ham shunga da`vat etadi. U o`z zamonasidagi diniy va milliy fanatizm g`oyalaridan g`azablanadi. Sharbiy zadagonlarning g`arazgo`y va rahmsiz amaldorlarning jaholatparastligi va fribgarlilaridan nafratlanadi. Uning nazarida inson mo``jizakor, ayni chog`da u fitnalar manbai hamdir. Odamdagi bu ikki xil tabiatni hisobga olish kerakligiga e`tibor qaratadi. Inson haqida, uning fazilat va nuqsonlari haqida gapirishdan maqsadi, unga (insonga) yaxshilini o`rgatish, yomonlikni yo`qotishdan iborat.
Xullas, Mirza Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sug`orilgan ijtimoiy va falsafiy g`oyalari o`sha davrda muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
b) XVII-XVIII asrlar Yevropa falsafasida ma`rifatparvarlik g`oyalari. XVII-XVIII asrlar /arbiy Yevropada O`yg`onish davri hisoblanadi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji tabiatni, undagi predmet, hodisalarning sifat va xususiyatlarini o`rganishga, bu esa o`z navbatida, falsafaning rivojiga olib keldi. Ushbu davrda astronomiya, matematika, mexanika, fizika, jug`rofiya, fiziologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar yanada kuchaydi. Tabiat bilimning yagona manbai va bilim taraqqiyotining asosi bo`lib qoldi. Ilg`or olimlar va mutafakkirlar sxolastikaga va cherkovning g`oyaviy hukmronligiga qarshi birgalikda is`yon ko`tardilar. Natijada fan bilan din o`rtasidagi kurash keskinlashadi. O`yg`anish davrida dinga qarshi fanni olg`a surgan olimlardan biri ilmiy astronomiyaning asoschisi Nikolay Kopernikdir (1473-1543 yillar). U o`zining 1543 yilda nashr etilgan «osmon jismlarining gir aylanishi» nomli itobida Arastu va Batlomusning (Ptolomey) cherkov rasmiy qabul qilingan geotsentrik nazariyasini rad etdi, unga o`zining geliotsentrik sistemasini qarshi qo`ydi. Geotsentrik nazariya bo`yicha olamning markazi Yer bo`lib, u doim harakatsiz turadi, uning atrofida Quyosh, oy va boshqa sayyorlar aylanib turadi. Kopernik o`z geliotsentirik sistemasida Yer olamning markazida emasligini, uning harakatsizligi noto`g`ri ekanligini ta`kidlaydi. Uning ta`limoticha, Yer bir tomondan o`z o`qi atrofida harakat qiladi, bu harakat kun bilan tunning almashinib turishining sababidir, ikkinchidan, olamning markazi Quyosh bo`lib, uning atrofida boshqa sayyorlar bilan bir qatorda Yer ham aylanib turadi.
Kopernikning geliotsentrik nazariyasining ahamiyati shundaki, butun dinga, sxolastik falsafa sistemasiga qaqshatqich zarba bo`lib tushdi. U tabiat fanlari rivoji uchun yo`l ko`rsatib berdi. Shu bilan birga, bu kashfiyot dunyoqarashning umumiy rivojiga tabiiy-ilmiy zamin bo`ldi.
O`rta asr diniy falsafasiga qarshi kurashda o`yg`onish davrida panteistik falsafa vujudga keldi. Panteistik falsafa shunday falsafaki, (grekcha-rap-barisi va theos-xudo)-barisi xudo deydigan falsafiy ta`limotdir. Panteizm-bu tabiatdan tashqari ilohiy kuchni inkor etib, xudo-tabiatning o`zi, deb biluvchi oqimdir. Bu ta`limotga ko`ra, xudo shaxssiz ibtidodir, u tabiatdan tashqarida turmaydi, balki u bilan aynan birdaydir. Panteizm xudoni tabiat ichida qorishtirib, g`ayritabiiy ibtidoni rad etadi.
Panteizm oqimining yg`onish davridagi vakili Jordono Bruno (1542-1600 yillar). Bruno o`z davrida bir nechada falsafiy asarlar qoldirgan. Chunonchi «Sabab, ibtido va yakka-yagona haqida», «Benihoyalik, koinot va olamlar haqida» falsafiy dialoglar. Bruno ta`limoticha, moddiy olam birlamchi bo`lib, ong ikkilamchidir va moddiy olam mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas, bordan yo`q, yqdan bor bo`lmaydi, u so`ngsiz va cheksiz, moddiy olam cheksiz predmet va hodisalar bir-biri bilan o`zaro aloqadadir. Bruno ta`limoticha, Quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, sayyoralar mavjud, dunyo bepoyon moddiy olamning kichik bir qismidir. Yer esa-bepoyon olamning zarrachasidir. Kopernik o`z geliotsentrik nazariyasi olamning moddiy birligini ta`kidlagan bo`lsa, Bruno har bir dunyo chekli, lekin sanoqsiz dunyolardan iborat olam esa bepoyondir, degan xulosaga keladi. Uningcha, cheksiz moddiy dunyolar o`rtasida bog`lanish va o`zaro taqozolanish, birlik va qarama-qarshilik munosabati davom etadi. Bu borada Bruno O`yg`onish davrining boshqa mutafakkiri Nikolay Kuzanskiy qarama-qarshiliklar haqidagi dialektik fikrlarini rivojlantirdi.
O`rta asr sxolosti falsafasiga qarshi kurashda N.Koperni va J Brunoni izdoshi buyuk olim-mexanik, astronom, fizik Galeleo Galiley (1564-1642 yillar) ham muhim rol o`ynaydi. Galiley asarlari: «Olamning eng asosiy ikki sistemasi-Ptolomey sistemasi va Kopernik sistemasi haqida dialog» (1632 yil). N.Kopernik, J.Bruno va Galiley feodal reakkunyasiga, uning mafkurasi-sxolastik falsafa va dinga qarshi kurashda qamoq, quvg`in va o`limdan qo`rqmay, mardlik va qahromonlik krsatdilar. Ular idealizmni shafqatsiz fosh etib, fan tarixida inqilob qildilar.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O`yg`onish davri tabiatni bilishga qiziqishning o`sishi, fanning dinga qarshi kurashi bilan belgilanadi. Bu yo`nalish yangi davrda yanada kuchaydi.
XVII va XVIII asrlar /arbiy Yevropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Ana shu davrda N.Kopernikning geliotsentri nazariyasining ta`siri tobora kuchaya bordi. Kepler sayyorlar harakat qonunini yaratganligi, Galeliyning mexanika nazariyasi vujudga keldi. Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini kashf qildi. Tabiiyot fanlarining bu ashfiyotlari diniy mafkuraga zarba berdi va yangi dunyoqarash uchun ilmiy asos tayyorladi. Lekin shunga qaramay, yangi ilmiy dunyoqarashning asosi mexanik va metafizik tabiatga ega edi. Ilg`or burjua mamlakatlarida tabiiyot fanlari bilan uzviy aloqada, cherkov dogmalariga qarshi keskin kurash jarayonida yangi metafizik va mexanistika vujudga keldi. Bu ilg`or dunyoqarash bo`lib, falsafa tarixida ikkinchi shaklidir.
Yangi davr metafizik tabiati bu davr tarixiy sharoiti va tabiiyot fanlari taraqqiyoti darajasiga bog`liqdir. Chunki qadimgi dardan boshlab yig`ilgan tabiat to`g`risidagi bilimlar umumiy xarakterga ega bo`lib, u yangi davrning tajribasi va fan talabiga javob bera olmaydi. Shuning uchun yangi davr tabiatshunoslari tabiatdagi hodisalar, dalillarni yig`ish va o`rgansh, chuqurroq bilish maqsadida ularni bir-biridan ajratib o`rgandilar. Predmet va hodisalarni bunday o`rganish bora-bora odatga aylandi. Buning natijasida tabiatshunoslar tabiatdagi predmet va hodisalarda, o`zaro bog`lanish, bir-birini taqozolash, rivojlanish yo`q, degan xulosaga keldilar. Ular uchun olam qotib qolgan tasodifiy hodisalar yig`indisidan iborat bo`lib ko`rindi. Tabiiyot ilmida xukmron bo`lgan bu metafizik metod falsafa sohasiga F.Bekon va J.Lokk tomonidan kiritilgan edi.
Yangi davr mexanik tabiati qo`yidagilar bilan belgilanadi. XVI-XVIII asrlarda tabiiyot fanlar ichida mexanika va matematika fanlari katta yutuqlarga ega bo`lib, kimyo va biologiya esa bu davrda hali u qadar rivojlanmagan edi. Shuning uchun ham bu davr olimlari mexanika va matematikani tabiatdagi barcha hodisalarga tatbiq etish mumkin bo`lgan umumiy fan, tabiatdagi barcha sirlarini ochib beruvchi kalit, deb e`lon qildilar. I.N.Nyutonning fizik tadqiqotidagi mexanik sababiyat matematika tomonidan asoslangandan keyin mexanitsizm yana mustahkamlandi. Mexanitsizm ta`limoticha, olamda har bir jismning holati boshqa jismning holatiga, shuningdek har jismning tengligi yoki harakat sababi boshqa jismning harakati yoki tengligiga bog`liq. Predmet yoki hodisalarning o`zi harakat manbai emas, u o`z-o`zidan harakat qilish qobiliyatiga ega emas. Materiya harakatning sababi uning o`zidan tashqarida bo`lib, harakat esa sifat jihatidan bir xil bo`lgan predmetlarning makonda oddiy o`rin almashuvidan iboratdir. Mexanitsizm materiya harakatining mexanik shaklinigina e`tirof etib, uning boshqa shakllarini inkor etdi. Natijada mexanistlar tabiatdagi sifat o`zgarishlarini, taraqqiyotni butunlay inkor etdilar. Shuning uchun mexanitsizmning bilish metodi amalda metafizik metoddir.
Metofizik va mexanistik ingliz faylasuflari F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs, frantsuz faylasuflari R.Dekart, Lametri, Gelvetsiy kabilarning qarashlarida o`zining yorqin ifodasini topdi. Bu davr ingliz vakillaridan biri Frensis Bekon (1561-1626 yillar) dir. Uningcha, haqiqiy falsafa amaliyot bilan mustahkam aloqada bo`lishi, kishilar mehnati bilan chambarchas bog`liq bo`lishi lozim. U “yangi organon”, “yangi atlantida” asarlarida sxolastikani tanqid etdi va tabiatni ilmiy tushunishni asosladi. U bilishning induktiv usulini asosladi. Induktiv usulning mohiyati: 1. Dalillarni kuzata borishdan; 2. Ularni sistemalashtirishdan va turlarga bo`lishdan; 3. Ularni keraksiz dalillardan tozalashdan; 4. Voqealarni


tarkibiy qismlarga bo`lishdan; 5. Dalillarni tajribada tekshirib chiqishdan; 6. Dalillarni umumlashtirishdan iborat. Beon materiyani to`xtovsiz harakatda bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turadi, deydi. Uning kamchiligi, harakatni mexanik harakat bilan cheklab qo`ydi.
Tomas Gobbs (1588-1679 yillar). U mexanistik usulga asoslanuvchi mutafakkirdir. U empirik edi. Tomas Gobbs materiya olamning asossini tashkil etishini e`tirof etib, ong uning hosilasi ekanligini isbotlashga harakat qiladi. U davlatning kelib chiqishi haqida gapirib, davlatdan oldin xususiy mulkchilik bo`lmagan deydi.
XVIII asrning eng yirik mutafakkirlaridan biri Frantsiyalik Rene Dekart (1596-1650 yillar) edi. Dekart ikki xil substantsiya: (mohiyat degani) materiya va ruh yonma-yon ravishda mavjud bo`lib, ular xudoga bo`ysunadilar, tushuntirgani holda dualistik nuqtai nazarda turdi. U bilishning deduktiv usulini ishlab chiqishga harakat qildi. U ratsionalizmning asoschisi hisoblanadi. « Men fikr qilayapman, demak mavjudman№ deb xulosa chiqaradi. Dekart tomonidan yaratilgan deduktiv usulning talablari qo`yidagilardan iborat: 1. Bilish, aniq shubhaga o`rin qoldirmaydigan darajada bo`lish kera; 2. Tekshirilayotgan muammolarni imkoni qadar mayda qismlarga bo`lib o`rganish lozim; 3. Fikr yuritganda oldin oddiydan murakkabga o`tish lozim. 4. Bilish jarayonida tadqiqotni to`la olib borish kerak, hech narsani qoldirish mumkin emas. Uning qarashlari muhim rol o`ynaydi.
Gollandiyalik Benedikt Spinoza (1631-1677 yillar) XVII asr ko`zga ko`ringan vakilidir. Uning dunyoqarashida substantsiya haqidagi ta`limot asosiy o`rin egallaydi. Substantsiya, tabiat bitta bo`lib, u o`zining atributlari, ya`ni ajralmas xususiyatlari orqali namoyon bo`ladi.
Substantsiya moduslar (o`tkinchi narsalar)ga ega bo`lib, moduslar tabiatning, substantsiyasining holatini tasviflaydigan, paydo bo`lib va yo`q bo`lib ketadigan narsalarning xossa va xususiyatlaridan iborat.
XVIII asr frantsuz filosoflarining xizmatlaridan biri shuki, ular Dekart va Nyutonning harakat materiyaga xudo yoki birinchi turtki tomonidan berilgan, degan qarashlarni rad etib, harakat materiyaning ajralmas xususiyati, harakatsiz materiya bo`lishi mumkin emas, deb ta`kidladilar.
Lekin shuni ham aytish joizki, frantsuz filosoflari materiya va harakat birligini harakat materiyaning yashash qobiliyati, deb tushungan bo`lishiga qaramay, ular harakatni tushunishda mexanistik darajadan yuqoriga ko`tarila olmadilar. Sharakat, ularcha, predmet yoki hodisalarning fazodagi oddiy o`rin almashuvidan iborat edi.
Frantsuz faylasuflar ijtimoiy hodisalarni tushunishda ham bir qator muhim fikrlarni o`rtaga tashladilar. Jumladan, kishi ijtimoiy muhitining mahsuli, ijtimoiy muhit qanday bo`lsa, kishi ham shunday bo`ladi, deydilar. Frantsuz ma`rifatparvarlari inson, uning manfaatini, baxti, erki haqida muhim fikrlarni o`rtaga tashlaydilar. Ularcha, hamma baxtga, ozodlikka, adolatga bab-barobar huquqlidir. Bu juda ham qimmatli fikrdir, albatta.
Xulosa shuki, frantsuz ma`rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarifalsafiy fikr taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
v) XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo ma`rifatparvarlarining jamiyat hayotini insonpar-varlashtirish borasidagi say`-harakatlari. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ijtimoiy fikrda ma`rifatparvarlik g`oyalari keng tarqaldi.
O`rta Osiyo ma`rifatparvarligi ham feodal tartiblariga qarshi, mamlakatni feodal qoloqligidan chiqarish uchun kurashuvchi ilg`or kuchlarning manfaatlarini ifodalovchi g`oyaviy harakat edi. Biroq, O`rta Osiyo ma`rifatparvarlarining faoliyati XIX asr oxiri va XX asr boshlari Yevropada kapitalizmning to`la tantana qilganligi, o`lkaning Rossiyaning mustamlakasi sifatida keskin siyosiy kurash doirasiga tortilganligi davriga to`g`ri keladi. Bu hol rta Osiyo ma`rifatparvarligida iz qoldirmay iloji yo`q edi.
Ikkinchi bosqichda ma`rifatparvarlikning yuqori bosqichi bo`lgan jadidizm oqimining vujudga kelishi edi. Jadidizm ta`limotining asosiy maqsadi: yangicha ta`lim-tarbiya, yangi usul maktablarini yo`lga qo`yish, dunyoviy ilmlarni har tomonlama egallash, maorif-madaniyatda yangi tartiblarni o`rnatish, yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni rivojlantirishga qaratilgandir. Jadidli harakati turkiy millatlarning ma`naviy-madaniy rivojlanishiga asosiy sabablardan biri bo`ldi. Turkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma`rifatparvar, ilg`or pedagoglar bu maktablar uchun turli qo`llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Irbat, Shamza kabilar bu sohada jonbozlik ko`rsatdilar va bu ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar boshqa o`lkalardagi ma`rifatparvarlik harakati bilan ham aloqa o`rnata boshladilar. Bu darda Turkistonda ma`rifatchilik va jadidchilikning turli, yangi ta`lim-tarbiya, o`quv-o`qituv masalalari o`zida aks ettiruvchi juda ko`p jurnallar chop etildi. “Taraqqiyot”, “Oyna”, “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand” kabi jurnallar shular jumlasidandir.
Ahmad Donish o`z xalqini zulm va nochorlikdan qutqazish choralarini izlaydi. Uningcha, Buxoro davlat tuzumi isloh qilinsa, davlat xukmdori odil va donishmand bo`lsa, xalqni qashshoqlikdan qutqarish mumkin bo`ladi. Mamlakatning boshqarish tartiblarini isloh qilish zarurligini uqtirish maqsadida Donish isloh loyihasi bilan amirga murojaat qiladi.



Ahmad Donish davlat bir guruh kishilarga emas, balki xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan g`oyani asoslaydi. Buning uchun xukmdor bilimdon, odil va donishmand bo`lmog`i shart.
Donish yer yuzidagi barcha boyliklar odamlar va xalqlar o`rtasida teng taqsimlanadi. Odamlar qadim zamonlarda teng bo`lishgan, keyinchalik kuchlilar kuchsizlarning mulklarini tortib olish natijasida tengsizlik kelib chiqqan.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida ma`rifatparvarlik ta`limotini yanada riojlantirish uchun Qaraqalpoq xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Berdimurod Berdak (1827-1900), o`zbek ma`rifatparvarlari Sattorxon (1843-1902), Furqat (1858-1909) asarlarida ham ifodasini topgan.
Sattorxon fikricha, jamiyat taraqqiyotining asosini ilm-fan, ma`rifat tashkil qiladi, bu jamiyatning farovon yashash garovidir. Uningcha, ilm-fanga, taraqqiyotga erishish vositalaridan biri-boshqa xalqlar bilan do`stona aloqada bo`lish, undan ibrat olish va o`rganishdir. Sattorxonning ma`rifatparvarlik faoliyati o`z xalqiga chuqur muhabbat, xalq ommasini ma`rifatli qilish ishiga sadoqat tuyg`ulari bilan sug`orilgandi. Furqat ilm-fan jamiyat taraqqiyotining asosiy kuch deb tushunadi. Furqat xon va beklarning o`zaro urush va nizolarini qattiq qoralaydi, bu urushlar xalqqa og`ir kulfat ekanini, mamlakatni vayronlikka olib kelganligini ta`kidlaydi.
2. Ma`rifatparvarlik harakatining demokratik namoyon-dalari. Muqimiy (1850-1903), Zavqiy (1853-1921), anbar Otin (1870-1914), Shamza Shakimzoda (1889-1929) asarlarida ma`rifatparvarlik harakatining demokratik g`oyalari bilan sog`orilgandir. Ular ham ijtimoiy taraqqiyot jamiyat a`zolarining ilm-fanga, bilimga ega bulishiga bog`liq, deb tushunganlar. Mamlakat qoloqligiga ilm-fanning rivojlanmasligini sabab deb bildilar.
3. Jadidizm. Shu vaqtga qadar jadidizmni o`rganishda unga aqidaparastlik bilan yondashish, jadidlar harakatini millatchilik harakatidir deb bir tomonlama buzib ko`rsatishga olib keldi. Aslida esa jadidizm ma`rifatparvarlik harakatining yuqori bosqichi bo`lib, uning namoyandalari mamlakatni feodal qoloqlikdan chaqarish, milliy mustaqillikka erishish uchun kurashda jonbozlik ko`rsatdilar. Ular asosan madrasa talabalari, yangi usul maktab o`qituvchilari, mayda savdogarlardan iborat edi. Keyinchalik yirik savdogarlar, endigina paydo bo`la boshlagan sanoat korxonalari egalari ham ular safiga qo`shilib, jadidlar harakatini asosan moddiy jihatdan qulladilar.
Jadidlar harakatining yirik namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri Mahmudxo`ja Behbudiydir (1879-1919). Behbudiy o`z o`yida kambag`al oilalar bolalari uchun yangi usul maktabini ochdi va shu maktabda tarix, geografiya, adabiyotdan dars berdi, o`zbek va fors tillarida bir necha darsliklar yozdi.
Behbudiy jadidchilik harakatining boshqa bir qancha rahbarlari Munavvar qori, Fitrat, Fayzulla Xo`jaevlar bilan birgalikda umrining oxirigacha o`z xalqining ma`naviy va siyosiy ozodligi uchun kurash olib bordi.
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi maorif tizimini isloq qilishdan iborat edi. Jadidlar milliy mustaqillik manfaatlarini himoya qila oladigan, iqtisodiy va siyosiy qaramlik va qoloqlikdan chiqish muammolarini biladigan zamonaviy bilimga ega savodli kadrlar bo`lishi zarurligini yaxshi anglashardi. Shuning uchun ham dunyoviy bilimlarni o`rganish ishlari, maorif tizimini isloh qilish masalasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ahamiyatga ega bo`lgan eng muhim masalalaridan biri bo`lib qoldi.
g) Klassik va noklassik falsafada inson intellektual imkoniyatlarining ulug`lanishi. XVIII asrning ma`rifatparvarlik falsafasi klassik falsafani shakllantirishda sezilarli ta`sir o`tkardi. Klassik falsafa deganda – eng avvalo XVIII-XIX asr nemis klassik falsafasi tushuniladi, chunki nemis klassik falsafasida o`yg`onish davridan boshlab XIX-asrgacha bo`lgan vaqtda inson ma`naviyatida qilingan to`ntarish falsafiy fikrlash madaniyati blgan barcha o`zgarish o`z ifodasini topgan edi. Nemis klassik falsafasi butun Yevropa falsafiy tafakkur taraqqiyotini barcha yutuqlarini o`zida mujassamlashtirdi.
Nemis klassik falsafasi shakllantirgan asosiy vakillari: I.Kant, I.T.Fixte, F.R.SHelling, G.F.V.Gegel va L.Feyerbaxlarning xizmatlari katta bo`ldi. Shulardan biz I.Kant, G.F.V.Gegel va L.Feyerbax falsafasi haqida batafsilroq fikr yuritamiz. I.Kant (1724-1804 yillar) nemis klassik falsafasi yirik vakillaridan biri edi. Uning falsafiy ta`limoti ikki muhim davr bo`linadi - tanqidiy falsafagacha bo`lgan (XVIII asrning 70-yillarigacha) davr va tanqidiy falsafa davrigacha bo`lish mumkin. Birinchi davrida tabiatshunoslikning falsafiy masalalari bilan shug`ullandi. 1785 yilda yozgan eng yirik asari «Osmon umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi»da Quyosh sistemasi koinotdagi boshlang`ich katta tumanlikning aylanma harakat qilishi natijasida kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Bu o`zaro tortilish va itarilish sayyoralar, jumladan Yer ham, I.Kant ta`limotiga ko`ra, uzoq davom etgan tabiiy - tarixiy taraqqiyotning mahsulidir.
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab I.Kant faoliyati-ning ikkinchi davri boshlandi. Bu davrda u o`z e`tiborini insonning bilish qobiliyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratib, ob`ektiv reallikning mavjudligini e`tirof etadi va uni «narsalar o`zida» deb ataydi. Lekin uningcha «narsalar o`zida»ni bilish mumkin emas. U dunyo qonunlarining ob`ektiv xarakterga egaligini mutlaqo tan olmaydi. Uning fikriga ko`ra, kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato etadi. Shuning uchun ham inson aqli tabiatga moslashishi kerak emas, balki tabiat inson aqliga moslashishi kerak. Kantning xizmatlari shu bo`ldiki, Transtsendental (lotincha - chegaradan chiqmoq). Bu termin Kant falsafasida muhim ahamiyatga egadir, chunki Kant, insonning bilishi transtsendent olamga, «narsalar o`zida» olamiga kirishga qodir emas, deb hisoblar edi. Inson bilimlarini ichki strukturasining o`rganib bilimlar ikki darajada: Emperik va Trantsendental darajada mavjud bo`ladi deb tushuntiradi. Uning fikricha, Emperik bilim insonning individual xususiyatlarga bog`liq bo`lsa, Trantsendental bilim insonning umumiy holatiga, uning kelib chiqishiga u yashayotgan muhitga bog`liq bo`ladi deb tushuntiradi.
Nemis klassik falsafasining yana bir vakili -L.Feyerbax (1804-1872 yillar). U tabiat kishi va uning ongidan tashqarida va undan mustaqil ravishda mavjud ob`ektiv reallikdir. Feyerbax fikricha, olam tabiatdangina iborat, tabiat hech qanday mistik, ilohiy narsa emas, balki yorug`lik, elektr, magnetizm, havo, suv, o`t, hayvonot, o`simliklar va insondan iborat. Bilish nazariyasida esa Feyerbax ob`ektiv reallikni bilish mumkinligini shubhasiz e`tirof etadi. U bilish nazariyasida agnostitsizmga qarshi kurashib, tabiatning inson ongidan mustaqilligini, bilimlarimiz tabiatning inson miyasidagi in`ikosidan iborat ekanligini ta`kidlaydi. U moddiy olamni bilish mumkinligini inkor etuvchi Kant agnostitsizmini ham qattiq tanqid qiladi va rad etadi. Biroq Feyerbax antropologik materializm edi. (antropologizm-grekcha. Inson to`g`risidagi ta`limot). Feyerbax ta`limoticha, faqat inson orqali tabiat o`zini payqaydi, sezadi va o`zi to`g`risida fikrlaydi. Shuning uchun falsafa antropologiya (inson to`g`risidagi ta`limot) bo`lishi lozim. Feyerbax o`zining antropologik materializmida borliq va tafakkur, ob`ektiv va sub`ektiv, fizik va ruhiy jarayonlarning birligini asoslab, din va dualizmni qat`iy rad etadi.
Xulosa shuki, nemis klassik faylasuflari o`z o`tmishdoshlariga nisbatan dialektik, bir necha yangi falsafiy g`oyalarni ishlab chiqib, bu fanni yanada yuksak bosqichga ko`tardilar.
XVIII asr oxiri - XIX asrning boshlarida vujudga kelgan Noklassik falsafiy qarashlar Marksizm falsafasida o`z ifodasini topdi. Karl Marks (1818-1883), Fredrix Engels (1820-1895) tomonidan Marksizm falsafasining yaratilishi ijtimoiy fan taraqqiyotining muhim yutuqlaridan biri bo`ldi. Karl Marks va Fredrix Engelsning falsafiy ta`limoti Nemis klassik falsafasining, ya`ni buyuk namoyondalari Kant, Gegel va Feyerbaxning ta`siri katta bo`ldi. Marksizm falsafasining eng muhim xususiyatlari qo`yidagilardan iborat:
1. Marks va Engelsning falsafiy ta`limotining eng muhim xususiyati, undagi falsafiy dunyoqarash siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, sotsial g`oyalar bilan chirmashib ketganligida edi.
2. Marks va Engels ijtimoiy fan taraqqiyotida qo`shgan eng muhim hissalaridan biri sinfiy kurash va ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariyasining ishlab chiqanligidadir.
3. Marks va Engels qoldirgan falsafiy merosning eng muhim durdonalaridan biri materialistik dialektik kontsepsiyasining yaratganligidadir. Marks va Engels ushbu kontsepsiyaning nemis klassik falsafasining buyuk namoyondalari Gegel va Feyerbax falsafasining tanqidiy o`rganish natijasida yaratdilar.
4. Insonning jamiyatdan begonalashuvining asosiy sababi xususiy mulk deb tushuntirdi.
5. Marks va Engelsning tushuntirishicha insonning ma`naviy qiyofasining belgilashda praktika hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi, chunki insonni moddiy va ma`naviy sferadagi faoliyati asosida praktika yotadi. Xuddi o`sha faoliyat olamni o`zgartirishga qodir ekanligining tushuntirib berdi. Bunday fikrlarning olg`a surish bilan Marksistik falsafaning eng muhim qoidasi inson borlig`ining ayniqsa uning amaliy faoliyati olamshumul tarixiy voqea ekanligi yana bir bor isbotlandi.
6. Marksistik falsafaning asoschisi Karl Marks insonning ongi borliq bilan bevosita bog`liq ekanligini, ong ob`ektiv borliqning inson miyasidagi in`ikosi ekanligining isbotlab berdi. Shar qanday dunyoqarash ijtimoiy turmushning mahsuli ekanligini tushuntirib ideologik kontsepsiyaning ishlab chiqdi.
d) Antiklassik falsafa. XX asr oxirlarida bir gruppa faylasuflar Nemis klassik falsafasida olg`a so`rilgan, yuqorida biz eslatib o`tgan printsiplarning tanqidiy rivojlantirgan bo`lsa (jumladan: Noklassik falsafa) bir gruppa faylasuflar esa Nemis klassik falsafasiga qarshi chiqdilar.
Xuddi shuning uchun ham XX asr falsafasining eng muhim xususiyatlari Noklassik va Antiklassik falsafaning vujudga kelganligidir. Boshqacha aytganimizda bir tomonda nemis klassik falsafa maktabini tanqidchilari vujudga kelgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Nemis klassik falsafa maktabining himoyachilari vujudga keldi, ya`ni Noklassik va Antiklassik falsafa vujudga keldi.
Antiklassik falsafaga qarshi bo`lgan Noklassik falsafa Neokantchilik, Neogegelchilik, Neotomizm falsafiy oqimlarda o`z ifodasini topdi.
Antiklassik falsafaga XIX asrning ikkinchi yarmida asos solindi. Antiklasizm printsiplari nemis faylasufi F.Nitsshe (1844-1900), daniyalik faylasuf S.Kerkegor (1813-1855), O.SHpengler (1880-1936), Berdyaev, Solovev asarlarida o`z ifodasini topdi. Germaniyada «Radikal nigilizm», Rossiyada «Simfolizm», «kosmizm» taraftorlari. Klassik falsafa printsiplarining qattiq tanqid qildilar. Klassik falsafiy fikrlash madaniyatining markazida «ratsionalizm» yotgan bo`lsa, XX asrga xos Antiklassik falsafiy fikrlash madaniyatining markazida “irratsionalizm” yotadi. Xuddi shuning uchun ham XX asr falsafasining o`ziga xos eng muhim xususiyatlaridan yana biri «ratsionalizm» bilan “irratsionalizm” orasidagi o`zaro kurashini avj olishidir.
Xullas XX asrning birinchi o`n yilligida g`arbiy Yevropa, jumladan rus falsafasida klassik rattsionalizmning tanqid qilish tententsiyasi kuchli edi. Olamni bilishda noratsional norma va metodlardan foydalanishga ham e`tibor asta-sekin ortib bordi.
XIX asr va XX asrlarda Antiklassik falsafa uchun xarakterliy yo`nalish ijtimoiy-tarixiy praktikani o`rganishga e`tiborning ortib borganligidadir. Shuning uchun ham “xudo aql”li, “absolyut ideya”, boshqacha aytganimizda Klassik rattsionalizm tanqid qilina boshlandi. Bunday tententsiyaning biz yuqorida eslatib o`tganimizdik F.Nitsshe, O.SHpengler, Shopengaur asarlarida ko`rishimiz mumkin. Shopengaur olamning bilishda “erk”ni rolida katta e`tibor bergan bo`lsa, Nitsshe olamni bilish uchun “insonni bilmoq” zarur deb ta`kidlaydi. Boshqacha aytganimizda olam borlig`ini bilish inson borlig`ini bilish zarur degan fikrning ilgari so`rdi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling