Fаlesli birikmаlаrni biriktirish usullаri
Download 18.4 Kb.
|
Фалесли бирикмаларни бириктириш усуллари
FАLESLI BIRIKMАLАRNI BIRIKTIRISH USULLАRI Reja
1. Falesli birikmalar.
Toʼqmoq va zarur opravkalar yordamida yupqa listl imetalni «qulf» shaklida bukiladigan chilangarlik operatsiyasin falsovkali biriktirish deyiladi. Falsovka choki ikkita listning buklangan chetlarini birlashtirish va bir-biriga qattiq siqib qoʼyishdir. Falsovka choklari konstruktsiyasiga koʼra yakka qavat, qoʼsh qavat va kombinattsiyalangan choklar,koʼrinishi boʼyicha esa tik va yotiq choklarga boʼlinadi (97-rasm). Yakka qavat falsovkachoklari listli metallarni juda zich va mustahkam biriktirish shart boʼlmagan hollarda qoʼllanadi. Metall listlarini nihoyatda zich va mustahkam biriktirish lozim boʼlsa, qoʼshqavat falsovkachoklaridan foydalaniladi. Tunukani tomga yopishda uning listlarini tikchok bilan biriktiriladi. Tayyorgarlik mashqi uchun oʼlchami 100X50 mm yupqa tunuka listini olish, tozalash va tekislash zarur. 1. Bukiladigan tomonining chetidan 6 mm belgilash (97-rasm, a) 2. Tiskiga oʼrnatilgan opravka va toʼqmoq yordamida zagotovka chetini 90° liburchak ostida bukish . 3. Zagotovkani bukilgan tomonini yuqoriga qilib aylantirish va bukilgan joyidan 5 mm chiqarib opravkaga qoʼyish, toʼkmoq bilan urib mustahkam biriktirish uchun tirqish hosil qilish (98-rasm, v). 4. Listlarni qulfga biriktirish, chok boʼylab toʼqmoq bilan listlar bir-biriga zich yopishgunicha urish. 5. Chokning sifatini tekshirish va uning ajralib ketmasligini sinab koʼrish. Mazkur operatsiyani bajarish boʼyicha tayyorgarlik mashqini oʼtkazish sizlarga falsovkachoki bilan turli ish obʼektlarini muvaffaqiyatli bajarishda yordam beradi. Sizlarga misol tariqasida pechenie pishiriladigan qolipning yasalishi tavsiya etiladi. Mana shunday qoliplardan biri 99-rasmda koʼrsatilgan. Lekin pechenie faqat dumaloq qilib pishirilmaydi. Balkiyarimoy, yurak va kvadrat shakllardagi pechenielarham boʼladi. Sizlarga dumalok shakldagi qoliplarni yasab, shu asosda yuqoridagi shakllarga egaboʼlgan qoliplarniham tayyorlash tavsiya etiladi. Pechenie qoliplarini yasash tartibini oʼzlaringiz mustaqil holda ishlab chiqishingiz lozim. Sizlar tayyorlagan har bir buyum amalda (xizmat koʼrsatish darslarida) sinab koʼrilishi kerak. Kasbkorlikka doir maʼlumotlar:oʼrash va falsovka choki bilan bogʼliq ishlarni tunukasozlar va tom yopuvchilar bajaradilar. Hozirgi kunda bular ancha kamyob kasblardir. Lekin ishlab chiqarishda mazkur ishlar maxsus dastgohlarda amalga oshiriladi, bunday dastgohlarni yuqori malakali dastgohchi va operatorlar boshqaradi. Ularning vazifasiga mazkur uskunalarni sozlash, rostlash va tuzatish ham kiradi. Bu kasbni hunar-texnika bilim yurtlarida, oʼrtamaxsus oʼquvyurtlarida, korxonalarda, qurilish industriyasi va xizmat koʼrsatish muassasalarida egallash mumkin.Oʼrash va falsovka choki bilan biriktirishdagi mehnat xavfsizligi qoidalari ham listli metalni rejalash, tekislash, bukish va qirqishdagi qoidalarning oʼzidir. Download 18.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling