Фалсафа 2021 №3. p65
Download 315.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4550-Текст статьи-9109-1-10-20220509
MATERIALLAR VA METODLAR
Bu tushunchalar, aslini olganda, falsafa tarixida ancha ilgari ham shunga oxshagan qarashlar ilgari surilgan bolsada, aynan tasavvuf falsafada bu nazariya Ibn al-Àrabiyga nisbatan beriladigan vahdatul vujud talimotiga borib taqaladi. Lekin, ibn Àrabiyning ozi ushbu atamani, aynan vahdatul vujud tarzida qollamagan. Àmmo izdoshlari uning talimotini organib, uni shu atama bilan mashhur etganlar. Ibn al-Àrabiy Àbu Bakr Muhammad (taxallusi; Shayx al-Àkbar «Buyuk Shayx») (1165.7.8, Mursiya, Ispaniya - 1240.16.11, Damashq) - arab mutafakkiri va shoiri, sufiylikning kozga koringan namoyandasi. Falsafiy dunyoqarashiga vahdat ul-vujud talimoti xos bolib, hamma narsaning yagona asosi ilohiy substantsiya (ruh, ideya) dir, deb hisoblaydi. Sufiy sifatida Àllohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga kongilni poklash orqali erishishni tan olgan. Uning al-Futuhot al-Makkiyya (Makka galabalari), Fusus alhikam (Hikmatlar durdonasi), 50 Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021 Kitob as-saba (Etti hikmat kitobi), Mafotih al-gayb (Gayb kalitlari), Kitob alhaq (Haqiqat kitobi) kabi 400 ga yaqin asari bor. 1 MUHOKAMA VA NATIJALAR Àlisher Navoiy Nasiyim ul-muhabbatning Shayx Muhyiddin Muhammad b. Àli b. Àrabiy h. s. maqolasida ibn al-Àrabiyni quyidagicha tariflaydi: Vahdati vujud qoyillarining qudvasidur (etakchi, boshliq). Zohir fuqaho va ulamosidin kop anga tan qilibdurlar. Fuqahodin oz va sofiydin jamoate ani buzurg tutubturlar. Uni yuksak ehtirom bilan ulugladilar, sozlarini maqtab, madh etdilar, baland martabasini sifatladilar, behisob karomotlaridan xabar berdilar, deb yozgan. Uning asarlari xususida: ...Va anda kelturubdurki, alarning musainafoti (asarlari) besh yuzdin ortiqroqdur va Hazrat Shayxning bazi ashobining iltimosi bila oz musannafoti fihrastida risola bitibdurlar. Ànda ikki yuz ellikdin ortiqning otin mazkur qilibdurlar, kopraki tasavvufda [À.Navoiy, 2001: b. 394-396]. Yani, manbalarda uning asarlari soni besh yuztadan ziyod deyiladi lekin, ozi asarlarining royxati bitilgan bir risolasida 250 dan ortiq asarini keltirgan deydi [À.Navoiy, 2001: b. 394-396]. Tasavvufshunos olim H. Beruniy oz tadqiqotlarida, ibn al Àrabiyni va uning izdoshlarini vahdat ul-vujud talimoti uchun bir qator ulamolar tomonidan kofir deb fatvo berilgani, lekin, boshqa bir guruh olimlar qollaganligi va unga ergashib asarlar yaratganligini aytib otgan. Shu bilan birga, bu talimot islom olamida juda kop tortishuvlar, bir-birovni takfir deb, yani kufrda ayblashlar, va qatl kabi ayanchli holatlarni musulmonlar boshiga solishi bilan harakterli bolib qoldi deyiladi. 2 Ibn al-Àrabiyning vahdat ul vujud talimotning irfoniy talqini, uning Naqshbandiya tariqati shayxlariga tasiri xususida J.Xolmominovning doktorlik ishida toxtab otilgan. Jumladan, À. Jomiy va Navoiyning vahdatul vujudga oid qarashlari misol keltirilgan [Xolmuminov J., 2020: b. 64]. Vahdat-ul vujud mavzusi, hozirgi kunimizda ham sof ilohiyot namoyondalari tarafidan ehtiyotkorlik, hatto raddiya bilan qabul qilinadi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning, Tasavvuf haqida tasavvur kitobida: ...vahdatul vujud masalasining qayta maydonga chiqishini istamas edik. Men ozim bu masalaning birovning esiga tushib qolishini aslo istamas edim. Bu masaladan xabardor birodarlarga ham uni qozgamaslik kerakligini aytib yurar edim. Àmmo biz istaymizmi, yoqmi, asta-sekin vahdatul vujud masalasi maydonga kirib kela boshladi. 3 Bu yerda ham tasavvufning sunniy talqini, falsafiy va ayniqsa ilmiy-marifiy talqini kelisha olmasligini anglash mumkin. Shayx hazrat ozlari vahdatul vujudni qisqacha quyidagicha tariflagan: «Àlloh taolodan boshqa barcha narsalar shuun va tayinotlar olami (aniq va aniq bolmagan narsalar olami) dir. Barcha shuun va tayinotlar U zotning korinishlaridir. U zot ularda zohir va aralashib yuruvchi bolgandir. Bu aralashib yurish hulul (doxillik, kirish) va ittihod (birlashish, birlik) nazariyasi sohiblari aytgani kabi emasdir. Balki bu aralashib yurish bir sonning boshqa sonlar ichida yurgani kabidir. Hamma sonlar birliklardan iboratdir. Àmmo olamda faqatgina bir muayyan narsa yoki bittagina zot zohir boladi, xolos. Àna osha zot Àllohning muqaddas zoti shaklida zohir bolgandir. Àllohning zoti esa kop adadlarda zohir boladi. Bas, Àlloh avval va oxir, zohir va botin, sheriklar va tengdoshlardan ustindir. 1 https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/ibn-al-arabiy-uz 2 https://ahlisunna.uz/ibn-arabiy-haqida 3 https://islom.uz/maqola 1186 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling