Фалсафа 2021 №3. p65
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021
Download 315.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4550-Текст статьи-9109-1-10-20220509
51
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021 Bu yerda, aqliy va naqliy ilm tarafdorlari ortasida katta ziddiyat maydonga kelganini korish mumkin va ixtilof hozirgacha davom etib kelmoqda. Vahdatul vujud - bu dunyodagi jami yaralgan mavjudod Àllohning zotini bildiradigan falsafiy tasavvufiy tushunchadir. Unda ikki arabiy soz, - vahdat, yani, birlik, butunlikni, vujud sozi, tana, moddiylik, yani moddiy borliqni anglatgani uchun koproq bu orinda tana, tiynat ashyolarning moddiy qismi vujud deb tushuniladi. Bu tushuncha garb falsafasida materiya tarzida, rus tilida telo sozlari ashyolarning moddiy jihatini anglataldi. Butun olam, koinot, borliq Ollohning vujudidir, borliqning substantsiyasi, mohiyati Ollohdir degan talimot hisoblanadi. Barcha ashyolar, butun olam, koinot bu Ollohdir, uning vujudidir, uning ozidir degan talqin. Lekin, bu masalada bir-biridan farq qiluvchi ikki yondashuv bor. Àyrim tasavvuf faylasuflari hamma narsa Uning Ozi yoki hamma narsa Udir deyishgan bolsa, boshqa bir faylasuflar, hamma narsa Undan deyishgan. Yani, olamdagi hamma ashyolar, butun borliq uning Ozi, uning vujudi, tabiat borliq Uning vujudi, olam vahdat Olloh bilan bitta butunlikni, yagonalikni, butun vujudan iborat degan bolsa, ikkinchi guruh mutasavvufchilar hamma narsa undan, yoki hamma narsa uning hukmi, irodasiga bogliq, u hech narsani jismi, vujudida yoq, balki hamma narsa uning hukmi, amri bilan bor yoki yoq boladi, U yani, Olloh alohida bir Halloqi, mojiza manbai degan ilohiy qarashni ilgari surishgan. Olamni Olloh yaratgan yagona xoliq, mohiyat, sabab ekanligi Lisonut-tayrning debochasida quyidagicha ifodalanadi: Ulki maxluqot xalloqidur ul, Ondin ozga foniyu boqiydur ul. Soniikim chekti chun suni qalam, Ofarinish tarhini qildi raqam. Àylagach doyir toquz aflokni, Qosir etti fahmidin idrokni [À.Navoiy, 2011: b.3] Bu majoziy-falsafiy tasvirda Navoiy: U (Olloh) butun maxluqotni yaratgandir, boshqa ashyolar foniydir, faqat Ugina boqiydir, Olloh mujizali qalami bilan, butun borliqni, undagi ashyolarni yaratdi, xususan toqqiz falakni yaratdi, lekin uning sir-asrorini idrok doirasidan tashqari qildi. Nazmu nasridin tahrir aylabon, Vahdat asrorini tafsir aylabon Sendadur ham birliku ham borlig, Hayligu qodirligu gafforlig [À.Navoiy, 2011: b.3]. Shuningdek, vahdat ahli deb, xudoni yolgiz, yagona deb taniganlar, oriflar tarzida talqin qilingan. Ollohning yagona mohiyat sifatida esa: Vahdati zotiga quyoshdek tanuq, Zarradin afzunu quyoshdin yoruq [À.Navoiy, 1991. b. 9] degan, misollari keltirilgan. Bu satrlarning mazmuni, - Ollohning olamni, borliqni yaratuvchi yagona mohiyat ekanligi, uning vujudi mavjud bolgan olam ashyolari zarradan kopligi esa qoyoshdek ravshandir. Navoiy ozigacha bolgan mutafakkirlardan Muhammad Gazzoliy talimotida olamning yaralishi ibtidosi, mavjudligi va intihosiga oid qarashlarini oz qarashlarida davom ettiradi. Garchi uning davrida muammo vahdatul vujud tarzida aytilmagan bolsada, aynan, moddiy va nomoddiy borliq, ularning vahdoniyat yani birlik, umumiylik tarzida talqini bor edi. Nasoyim ul-muhabbatning Hujjat ul-islom Muhammad b. Muhammad Gazzoliy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling